# Kun tarixi
2008- yil- 7 yanvarda” Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan. Qonunga asosan:
Oila kodeksining XIII bobi “Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari” deb nomlanib, 90-moddada oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlariga oid normalar o’z ifodasini topgan.
Unga ko’ra:
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.
Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o’rtasidagi umumiy mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Ota –ona bilan bolalar o’rtasida mulkiy huquqiy munosabat deganda, birinchidan, ota-ona va bolalarning oila egaligidagi mulkka nisbatan bo’lgan munosabat, ikkinchidan, ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi o’zaro moddiy ta’minot berib turish majburiyatlari xususidagi huquqiy munosabat tushuniladi. Uy xo’jaligidagi oila egaligida bo’lgan mulkning huquqiy tomondan tartibga solinishi ko’p qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Oilada uning hamma a’zolarining, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ham mehnati va xizmati bilan nafaqat ularning, umuman, kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun mablag’ to’planadi va harakat qilinadi, shu bilan birga, umumiy daromad hisobidan uzoq muddatga foydalanish uchun mo’ljallangan uy jihozlari, avtomashina, dala hovli va boshqa qimmatbaho mulklar ham sotib olinadi.
O
Ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari o’rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
ta-ona hayotligida voyaga yetmagan bolalar oiladagi ota-onasining mulkiga nisbatan mulkdor bo’lish huquqiga ega bo’lmaydilar. Oiladagi ota-ona va bolalarning umumiy birgalikdagi mol-mulki va unga bo’lgan mulk huquqini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 217, 223, 225, 226-moddalari bilan tartibga solinadi. Jumladan, FKning 223-moddasida shunday deyilgan:
Ota-onalar hayotligida ularning mulklariga bolalarning huquqi yo’qligining qonun bilan tan olinishi, bolalarning manfaatlariga putur etkazmaydi. Chunki er-xotin o’rtasidagi umumiy mol-mulkdan foydalanishda voyaga yetmagan bolalarning manfaatlari hamma vaqt hisobga olinadi.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf qilish Fuqarolik kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. 14 yoshga to’lmagan kichik yoshdagi voyaga yetmagan bolalar nomidan bitimlarni ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoki vasiylari tomonidan (FKning 29-moddasi), 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan bolalar bitimlarni o’z ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki homiylarining yozma roziliklari bilan tuzadilar (FKning 27-moddasi). Fuqarolik kodeksining 29-moddasida shunday deyiladi:
Voyaga yetmagan bolalar o’z ish haqqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish, fan, adabiyot, san’at bobidagi asarlari, ixtirolar yoxud o’z intellectual faoliyati samaralarini, shuningdek, qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa mualliflik huquqini amalga oshirish, qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo’yish va ularni tasarruf etish hamda qonunda belgilangan mayda maishiy bitimlarni tuzishni mustaqil amalga oshirishlari mumkin.
Oila kodeksining 93-moddasida “Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo’lish huquqiga egadirlar”, deb mustahkamlab qo’yilgan.
Voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirilgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga asosan, har bir shaxs mulkdor bo’lish huquqiga ega deb mustahkamlab qo’yilgan. Mulkdor bo’lish uchun ma’lum bir yosh belgilanmagan. Demak, voyaga yetmagan bolalar ham xususiy mulk egasi bo’lishlari mumkin. Shu bilan birga ota-onalar bilan bolalar o’rtasida hayotda ko’pincha hadya shartnomasi tuzilishini ham kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |