Ijtimoiy terrorizm - davlatning iqgisodiyotini va siyosatini norozilik xolatlari, uni o'zgartirishga qaratilgan harakatlar;
Milliy-etnik terrorizm - mintatsadagi turli millat vakillari o'rtasidagi majarolar, milliy agressivlik xarakatlari, millatni, irqi, tili va urf-odatlarining kamsitilishi va b.;
Diniy terrorizm - boshqa-boshqa dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar o'rtasidagi yoki bir din doirasida turli yo'nalish va oqimlar o'rtasidagi ziddiyatli xolatlar;
Jinoiy terrorizm - ma'lum maqsad yo’lida uyushgan guruxlar (qaroqchilik, mafiya, reket) tomonidan amalga oshiriladigan zo’rlik, talonchilik, inson hayotiga suiqasd qilish va b. qilmishlar.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari asarlarida "Terrorizm kabi muammolar allaqachon mintavaiy doiradan chiqib umumbashariy muammoga aylangan" deb ta'kidlaganlaridek terrorizmga qarshi butun dunyo xamjamiyati xamkorlikda kurashgan taqdirda uni oldini olish mumkinligi bayon etilgan.
Butun dunyo hamjamiyati BMT ning 2005 yildagi sammit yakuniy xulosasiga ko'ra "Terrorizm qanday ko'rinishga va shaklda bo'lishidan qat’iy nasar, qaerda va qanday maqsadlarda amalga oshirilishidan qat'iy nazar xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy xavf tug’dirgani uchun, u doim xal qiluvchi darajada taxlil qilinadi" BMT ning 8 sentyabrdagi assambleyasida 192 a'zo davlatlar o'rtasida Umumbashariy kontrterroristik strategiyasi ishlab chiqilgan bo’lib, terroristik xurujlarni keltirib chiqaruvchi har bir siyosiy, ijtimoiy va boshqa muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish maqsadida o’zaro kelishuvlar imzolanadi.
Ushbu strategiya 5 ta tamoyildan iborat bo’lib,
Terroristik guruhlarni zo’rlik va xurujlarni sodir etmaslikka chaqirish;
Terroristlarni qurol vositalardan foydalanishlarini cheklash;
Terroristik xarakatlarni moliyalashtirish va qo’llab-quvvatlashni cheklash;
Mamlakatning terrorizmni yo’q qilish imkoniyatlarini rivojlantirish;
Kontrterroristik kurash asnosida inson huquqlarini himoya qilish.
Jumladan 1979 yildagi “Shaxsni garovga olishga qarshi kurashish to’g’risidagi”halqaro konvensiyasi, 1999 yildagi “Terrorizmni moliyalashtirish bilan kurashish to’g’risidagi” halqaro konvensiyasi, 2001 yildagi “Havo kemalaridagi jinoyatlar va boshqa xurujlar to’g’risidagi” va “Yadroviy terrorizm xurujlariga qarshi kurashish to’g’risidagi” halqaro konvensiya qabul qilinganligi terrorizm xurujlarining oldini olish masalalarining yaqqol namunasidir.
Ommaviy qirg’in qurollarini terroristik xarakatlarda qo’llanishidan himoya qilish maqsadida Halqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) tomonidan 38 ta yuqori aktivlikka ega bo’lgan radioaktivlik manbalari aniqlanib, ishonchli darajada himoyaga olindi. Kimyoviy qurollarni taqiqlash uyushmasi tomonidan esa 71000 m3 kimyoviy moddalar zararsizlantirib, tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun yo’naltirildi.
“Al-Kaida” uyushmasi, “Tolibonlar” xarakati, Islom guruhi, Hezbola, El-jihad, Nurli yo’l
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik erishgandan so’ng o’tgan davr mobaynida bir necha terroristik xurujlarni boshidan kechirdi. 1999 yil 16 fevral voqealari, 2005 yil Andijon voqealari va b. Eng achinarli tomoni ushbu xarakatlarni shu yurt farzandlari tomonidan amalga oshirilganligidir, bu esa ularning ma’naviy qashshoqligidan darak beradi. 2000 yil 15 dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida” gi qonuni qabul qilingan bo’lib, u bilan bog’liq munosabatlar qonun doirasida tartibga solindi. Ushbu qonun 31-moddadan iborat bo’lib asosiy tushunchalar va terrorizmga javobgarlik belgilangan.
1-modda. Qonuning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va xududiy yahlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
2-modda. Garovga ushlab turilgan shaxs, terrorizm, terrorchi, terrorchilik guruxi tushunchalari yoritib berilgan.
3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to'g’risidagi qonun xujjatlari.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga O'zbekiston
Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to'g’risidagi qonun xujjatlarida
nazarda tutilganidek boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa xalqaro shartnoma
qoidalari qo'llaniladi.
4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari keltirilgan.
Ular quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- shaxs xuquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
- terrorrizmning oldini olish choralarining ustuvorligi;
- jazoning muqarrarligi;
- terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg’unligi;
- jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchililikka qarshi o’tkaziladigan operasiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshlik.
5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish.
Terorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy va boshqa profilaktik choralar o’kazish orqali amalga oshiriladi
6-modda. Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko'maklashish. Davlat boshqaruv organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari,
fuqarolarining o'zini- o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, qarshi kurashish amalga oshiruvchi davlat organlariga ko'maklashadilar va zarur yordam beradilar.
14-modda.O’z.R. FVV ning terrorizmga qarshi kurash sohasida vakolatlari.
O’z.R. FVV: - favqulotda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar xarakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muxim, kategoriyalangan va boshqa obektlar barqaror ishlashini, shuningdek, terrorchilik xarakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va maxalliy davlat xokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi xamda tadbirlar o’tkazadi;
-qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi
15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qo'yish. Terrorchilik faoliyatiga chek qo'yish uchun qonun xujjatlariga muvofiq zarur choralar qo'llaniladi shu jumladan terrorchilikka qarshi operatsiyalar o'tkaziladi.
18-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkaziladigan zonaning chegaralari.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazish raxbarlari tomonidan joyning xususiyati va sharoitlarini, shuningdek terrorchilik harakatining ko'lamlari xamda ijtimoiy xavflilik darajasini qisobga olgan qolda belgilanadi.
28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi. Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o’z ixtiyori bilan qaytgan, bu xaqida tegishli davlat organlariga xabar bergan xamda og’ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko’maklashish taqdirida, qonun xujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |