Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o’rinlarda Tizim deb ataladi) — tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishni, shuningdek, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ va vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini ta’minlovchi tizim.
Nizomning qoidalari:
banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalarini;
shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, ularning yuridik shaxslari hisoblanadigan alohida bo’linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bo’lgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qo’llanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |