5-Mavzu. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI
Reja:
1. Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
2. Narx shakllanish uslublarini tanlash
3. Narx strategiyalar
Tayanch so’zlar:
Narx, narxlashtirish siyosati, shartnomalarni tuzish siyosati,
korxonaning narx siyosati, bozor talablarini hisobga olish, sof raqobatchilik bozori,
oligopolistik bozor, xarajatlarni aniqlash, narxlarning «Sehrli uchburchagi»,
talabga yo‟naltirilganlik, raqobatchilarga yo‟naltirilganlik, natijaviy narxni
aniqlash, narxlarning vertikal differentsiatsiyasi, narx chiziqlari, bonus
chegirmalari, funktsional chegirmalar, demping narxlar, geografik narxlashtirish
1.Marketing tizimida narx tushunchasi va narxning shakllanishi
Har bir tovar o„z narxiga ega, ammo hamma firmalar ham o„z tovarini
sotmoqchi bo„lgan narxni mustaqil belgilashga qodir bo„lavermaydi. Agar tovarlar
differensiyalanmagan bo„lib, raqo-batchilari‟soni ko„p bo„lsa, firma bozorda
salohiyatga ega boi-maydi va bozor belgilagan narxni qabul qilishga majbur
bo„ladi. Agar firma strategik marketingni rivojlantirib, shu tufayli bozorda ma‟lum
bir salohiyatga erishgan bo„lsa, narxni belgilash tanlan-gan strategiyaning
muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boiadi. Yaqin paytlargacha ham
narx to„g„risidagi qarorlar faqat moliyaviy yondashuv doirasida qabul qilinib
kelinar edi, ya‟ni narxlar, asosan, xarajatlar va rentabellik nuqtayi nazaridan
belgilanar edi. Iqtisodiy turbulentligi inqirozli yillarning ahvolini o„zgartirib
yubordi: yuqori inflyatsiya, xomashyo narxlarining o„sishi, foiz stavkalarining
o„sishi, narxlarning nazorat qilinishi, raqobatning kuchayishi, xarid qobiliyatining
pasayishi, konsyu-merizm - bu omillarning barchasi narx shakllanishining strategik
rolini kuchaytirib yubordi. Narx belgilashning marketingdagi ahamiyatini
qayd etib o„tgan holda, xarajatlar, raqobat va talab-dan kelib chiqadigan narx
strategiyalarini izchillik bilan tahlil qilib chiqamiz.
Firma miqyosida narx ikki xil rol o„ynaydi: bir tomondan, u reklamaga
o„xshab talabni rag„batlantirish vositasi bo„lsa, shu bilan birga, ayni paytda, u
uzoq muddatli rentabellikning asosiy omili hamdir. Shuning uchun narx
strategiyasini tanlashda xarajatlar va rentabellik bilan bog„liq ichki cheklashlarni
ham, bo-zorning xarid qobiliyati va raqobatchi tovarlarning narxlari bilan bog„liq
tashqi cheklashlarni ham hisobga olish lozim. Undan tashqari, narxlarga oid
qarorlar tovarni pozitsiyalashga oid qarorlar bilan va sotish strategiyasi bilan
muvofiqlashtirilgan bo„lishi , kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |