5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi



Download 56,49 Kb.
bet5/12
Sana26.03.2022
Hajmi56,49 Kb.
#511879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Мавзу.

Jahon sivilizatsiyasi. Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo‘lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo‘lgan Yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo‘lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasini o‘zida aks ettiradi.
Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan, Respublikamizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p jihatdan ana shunga bog‘liq. Hozirgi paytda insoniyat o‘z rivojining yangi bosqichiga ko‘tarildi. U o‘zida moddiy ishlab chiqarish yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon miqyosida paydo bo‘lgan muammolarni oqilona hal etish yo‘llari va usullarini mujassamlashtiradi.
O‘zbek xalqi Sharq sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topdi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o‘zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlik, kattalarga hurmat, kambag‘alparvarlik va b. Sharq sivilizatsiyaga xos belgilardir. O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at va madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib hissa qo‘shmoqda. Milliy mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga tayanib, Sharq va G‘arbning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, dunyoviy sivilizatsiya yo‘lidan bormoqda.
Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo‘lishi jahon sivilizatsiyasining asosiy maqsadi va yo‘nalishiga aylanib qoldi. Shu ma’noda, Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri, hamkorligi sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi.
To‘g‘ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko‘p jihatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, muayyan jarayonlarning yo‘nalishlarini belgidaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni, o‘ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element sifatida kirib borgan.
Jahon hamjamiyati o‘zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o‘ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, O‘zbekiston alohidalikni ifodalaydi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqaning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o‘zining betakror, noyob xususiyatlarini saklagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo‘shilib boradi. Bunday qo‘shilish ko‘p qirrali, rang-barang bo‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo‘lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo‘lgan madaniyatning rolini anglash muhimdir. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o‘ziga xos rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish kuchlariga ham o‘ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivilizatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz vazifasini o‘taydi. Demak, sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi.
Madaniyat” tushunchasi. Bu tushuncha (arab. shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i) tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydi va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy guruh yoki jamiyatning faoliyat usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks ettiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta’siri (yerga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foydalanish va h.k.) hamda insonning o‘zini tarbiyalashi va bilim olish ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik turli xalqlar Madaniyatning o‘zaro yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o‘laroq jahon madaniyati, tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo bo‘ldi.
Inson faoliyatining ikki asosiy turi – moddiy va ma’naviy yaratuvchanlikka ko‘ra, madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo‘linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda ularning har birida erishilgan natijalar – mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari – bilim, odob-axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, nafosat, fan, san’at, adabiyot, folklor, asotirlar va shu kabilar kiradi.
Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davrlarida madaniyat yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalari ustuvor o‘rin tutishi lozimligi tushunilgan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud emas. Masalan Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‘zgarish madaniyatga ta’sir etadi va unda bu munosabatlar qanday natijalarga olib kelishi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shu bois madaniyat nafaqat o‘tmish yoki bugungi kun, balki kelajakka nisbatan munosabatning ifodasi hamdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi. Insoniyat o‘zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi bo‘lish mumkin emas madaniyat rivojida noyob iste’dod sohiblari: fan, adabiyot, san’at ahli ham katta o‘rin tutadi. Ular tufayli madaniyatda yangi yondashuv, ijod turlari, badiiy-estetik qarashlar yuzaga keladi. Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan ayrim kasb turlari madaniyatning alohida shakli sifatida e’tirof etiladi. Masalan, kitobat madaniyati, kulolchilik madaniyati, binokorlik, mashinasozlik, temirchilik, ipakchilik madaniyatlari va h.k. Bundan tashqari, fanda madaniyatning barcha xalqlar hayotida alohida o‘rin tutadigan turlari ham qayd etiladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi madaniyati, texnologik madaniyat, mintaqaviy madaniyat va h.k. Bu hol madaniyat turlarini alohida-alohida hamda qiyosiy o‘rganish yondashuvining shakllanishi, fanning alohida tarmog‘i sifatida ajralib chiqishiga olib keldi.

Download 56,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish