5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi



Download 56,49 Kb.
bet7/12
Sana26.03.2022
Hajmi56,49 Kb.
#511879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Мавзу.

Madaniy meros. Avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma’naviy boyliklar “Madaniy meros” tushunchasida ifodalanadi. Har bir davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masalan, qadimgi nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar, o‘lmas osori atiqalar bu qo‘hna o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqdaqadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi”. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namnasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho Madaniy merosni tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga etkazib berish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz kabi ko‘hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu-madrasalar, maqbaralar, qadamjolar ham Madaniy merosning ajralmas qismidir. Mamlakatimiz mustaqillika erishgach, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo‘yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islomiy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asarlari har tomonlama o‘rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoqda. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy Madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Madaniy boyliklar” tushunchasi. U ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida etib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklar, butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning asrlar mobaynida yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodida ifodalangan, obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks ettirilgan moddiy, ma’naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajriba, dunyoqarash, ma’naviyat va ma’rifat uyg‘un tarzda muhrlangan. YUNESKO tashkiloti 1972 yilda jahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan (1975 yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro‘yxatiga jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular orasida O‘zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.

Download 56,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish