5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi



Download 56,49 Kb.
bet2/12
Sana26.03.2022
Hajmi56,49 Kb.
#511879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Мавзу.

Jamiyatning moddiy - ma’naviy hayoti. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o‘zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g‘oya, mafkura, go‘zallik, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg‘unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga mos ravishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o‘z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:

  • kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;

  • oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;

  • moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;

  • ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan
    iqtisodiy munosabatlar majmui;

  • moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.

Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhim. Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi hamda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatni kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug‘ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi, ular jamiyat strukturasida o‘ziga xos o‘rin egaldaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo‘shadi.

Download 56,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish