5-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi



Download 56,49 Kb.
bet3/12
Sana26.03.2022
Hajmi56,49 Kb.
#511879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Мавзу.

Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga etadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi ko‘p jihatdan oilaviy madaniyatga bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er va xotinning mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlicha. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilg‘or an’analarni tiklashga qaratilgan. Ona va ayol muqaddasligi o‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi to‘g‘risidagi g‘oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Ulug‘ mutafakkurlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida ta’kidlagan. Sog‘lom, barkamol avlod tarbiyasi ko‘p jihatdan ayolning ma’naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog‘liq. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei hamda rolini kuchaytirishga qaratilgan.
Oila muammolari ilmiy asosda o‘rganish ularni oqilona hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazining tashkil etilgani ham davlatimizning oilaviy munosabatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni. Davlat — jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida muassasa. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakl va usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla qo‘mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan.

Download 56,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish