5-mavzu: islomdagi mazhablar va yo’nalishlar



Download 293,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana02.06.2022
Hajmi293,4 Kb.
#630456
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR

1.5.MU’TAZILIYLIK. 
Mu’taziliylik so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar degan 
ma’nolarni anglatadi. Mu’taziliylar – islomdagi aqidaviy firqalardan biri bo‘lib, ular 
qadariylar

ahl al-adl

ahl at-tavhid
va 
va’idiylar
kabi nomlar bilan ham tanilganlar.
Mu’taziliylik maktabi VIII asrda Umaviylar xalifaligining oxirlarida vujudga kelib, Abbosiylar 
davrida katta e’tiborga ega bo‘lgan firqadir. Abbosiy xalifalar al-Ma’mun, al-Mu’tasim va al-
Vosiqlar davrida (813-847) rasmiy e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan. Biroq al-Mutavakkil (847-861) 
davrga kelib mu’taziliylar ta’qibga uchradi. 
Uning asoschisi Vosil ibn Ato (vaf. 748 y. )dir. U mashhur islom ilohiyotchisi va faqihi Hasan 
al-Basriy (vaf. 728 y.)ning shogirdlaridan bo‘lgan. Kunlarning birida Hasan al-Basriy 
shogirdlariga dars berayotgan vaqtda bir odam kelib shunday dedi: «Zamonamizda bir toifa borki, 
ular katta gunoh qilgan insonlarni kofirga chiqaradilar va ikkinchi bir toifa borki, ular katta gunoh 
qilgan insonlarning imonlariga zarar etmaydi, deb e’tiqod qiladilar. Siz shunga nima deysiz?» Bu 
savolga Hasan al-Basriy javob berishga o‘ylanib turganlarida, Vosil ibn Ato ustozidan oldin: «Men 
katta gunoh qilgan insonni kofir ham, mo‘‘min ham deb hisoblamayman, balki, u 
al-manzila bayn 
al-manzilatayn
, ya’ni ikki manzil o‘rtasidagi manzildadir, agar vafotidan oldin Allohga tavba 
qilmasa, do‘zaxda abadiy qolajakdir», – dedi. Hasan al-Basriy esa ushbu savolga: «Ular 
munofiqlardir», deb javob berdi. Ustozining bunday javobidan qoniqmagan Vosil ibn Ato hamda 
Amr ibn Ubayd (vaf. 761 y.)lar uning davrasidan ajralib, mu’taziliylik firqasiga asos soldilar. 


Keyinchalik ular ta’limotlarini yoyish maqsadida Basra, Kufa, Bag‘dod, Nasaf, Damashq va 
Misrga o‘z targ‘ibotchilarini yubordilar. 
Mu’taziliylik firqasi dastlab «inson o‘z amalini o‘zi yaratadi», degan fikr bilan o‘z 
ta’limotlarini boshlaganlar. Keyinchalik o‘z e’tiqodlarini 5 asosda barpo qilganlar:
1.
at-Tavhid (Allohning yagonaligiga e’tiqod qilish). Bu aqidaga asosan mu’taziliylar Allohni 
sherikdan, o‘xshatishlardan pok, uning hukmiga hech kim qarshi chiqa olmaydi, insonlarda sodir 
bo‘ladigan holatlardan hech biri unda sodir bo‘lmaydi, deb biladilar. Ahl as-sunna quyidagi 
mavqelari uchun ularni tanqid qildilar: 1. Allohni oxiratda ko‘rish mumkin emas. 2. Allohning 
sifatlari uning zotidan boshqa emas. 3. Qur’onning yaratilganligi.
2.
al-Adl (adolat). Bunga ko‘ra, Alloh bandalarning amallarini yaratmaydi, ularning 
buzilishlariga ham rozi bo‘lmaydi, balki bandalarning o‘zlari Alloh ularga bergan qudrat bilan 
buyurilgan ishlarini bajaradilar va qaytarilgan ishlaridan saqlanadilar. Alloh bandalarga faqatgina 
o‘zi yaxshi ko‘rgan amallarni buyuradi va ularni o‘zi yomon ko‘rgan barcha amallardan qaytaradi. 
SHuning uchun Alloh bandalar qiladigan barcha yomon amallardan pokdir. Ularni qurblari 
etmaydigan ishga buyurmaydi.
3.
al-Va’d (solih amalga mukofot va’dasi) va-l-va’id (yomon amallarga jazo va’dasi). Ushbu 
aqidaga ko‘ra, Alloh taolo bandalarning qilgan amallariga qarab ularga mukofot yoki jazo beradi. 
Katta gunoh qilgan bandalarni esa to tavba qilmagunlariga qadar kechirmaydi.
4.
al-Manzila bayna-l-manzilatayn (mo‘‘minlik va kofirlik orasidagi holat). Bunda zino
o‘g‘irlik, aroq ichish kabi katta gunoh qilgan banda mo‘‘min ham bo‘lmaydi, kofir ham bo‘lmaydi, 
balki shu ikki daraja o‘rtasida qoladi. Bu aqida mu’tazila asoschisi Vosil ibn Ato tomonidan 
belgilangan.
5.
al-Amr bi-l-ma’ruf (yaxshilikka buyurish) va-n-nahy ani-l-munkar (yomonlikdan qaytarish). 
Mutaziliylar ushbu qoidani islom diniga da’vat, adashganlarga yo‘l ko‘rsatish uchun barcha 
mo‘‘minlarga vojib deb belgilaganlar. Har bir mo‘‘min o‘z imkoniyatidan kelib chiqib, bu vazifani 
bajarishi zarur: olim ilmi bilan, kotib qalami bilan, qilich sohibi qilichi bilan. 
Mu’taziliylik e’tiqodiy masalalarni bayon qilishda aqlni naqldan ustun qo‘yadi. Ular 
yunon va hind falsafasidan ta’sirlangan holda, har bir masalani aqlga tayanib echishga harakat 
qiladilar.
Hozirgi kunda mu’taziliylar maktabi mavjud emas. Biroq zamonaviy islom ilohiyotchilari 
orasida ularning fikr va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchilar bor. 

Download 293,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish