5-MAVZU. ISHSIZLIK: SABABLARI, XUSUSIYATLARI VA UNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI MEHNAT UNUMDORLIGI: TUSHUNCHASI, O‘LCHASH OMILLARI VA ZAXIRALARI
1. Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiyiqtisodiy mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o‘sishidan orqada qolmasligi kerak. Ma’lumki, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari o‘rtasida aholisining jadal o‘sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Mamlakat aholisining soni har yili o‘rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday vaziyat o‘z navbatida aholining ish bilan bandligini oshirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida uzluksiz ish olib borishni taqozo etadi. Aks holda, aholining 132 turmush darajasining pasayib borishi, mamlakatda ishsizlar sonining ortib borishi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin. Ishsizlik - ishchi kuchining (iqtisodiy faol aholining) bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan band bo‘lmagan ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. U mehnat bozorida ishchi kuchining nisbatan katta taklifi bilan ishchi kuchi talabi o‘rtasida mavjud bo‘ladigan nomuvofiqlikni aks ettiradi. Natijada iqtisodiy faol aholining bir qismi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda ish bilan band bo‘lmaydi va mehnat bozorining yordamida o‘zining jismoniy va aqliy qobiliyatlarini ruyobga chiqara olmaydi. Nazariy jihatdan qaraganda ishsizlik iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u insonning mehnat qilish huquqi, uning o‘z mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqi kabi tabiat bergan huquqini amalga oshirish borasida yollanma xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni aks ettiradi. SHu bilan birga, bunda gap nafaqat hayotning o‘zini saqlab qolish va takror tiklab borish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ta’minlash jihatidan, balki shuningdek hayotiy faoliyat shakli bo‘lmish mehnatga oid tabiiy ehtiyojni ro‘yobga chiqarish jihatidan ham insonning mehnat qilish huquqi, uning mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqini amalga oshirish to‘g‘risida boradi. Muammoga sof iqtisodiy jihatdan qaraganda ishsizlik – mamlakat aholisining mehnat qilishga qodir bo‘lgan va mehnat qilishni istaydigan, har bir aniq paytda soni ko‘proq yoki kamroq bo‘ladigan muayyan miqdordagi qismining ish bilan ta’minlanmaganligidir.gan ta’rifni hisobga oladigan bo‘lsak, unda ishsizlarga: a) ishga ega bo‘lmaganlar; b) ishlashni istaydiganlar; v) ish izlash istagida bo‘lgan shaxslar kiradi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlar sirasiga va ish bilan band degan maqom berish uchun o‘tkazilgan so‘rovlar paytida ish bilan band bo‘lmaganlar guruhiga ishdan bo‘shagandan so‘ng to‘rt hafta mobaynida ish topishga uringan va mehnat birjasida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar kiritiladi. YAponiyada ishsiz shaxs deb, so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi. Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan, ishsiz deb, ishdan bo‘shatilgan va mehnat stajiga ega bo‘lganlar tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o‘n olti yoshdan boshlab, to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida 133 ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e’tirof etiladi. Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to‘rt shart mavjud bo‘lishi lozim. Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo‘lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, Mehnat kodeksining 77- moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Mehnat kodeksining ushbu moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 yoshga to‘lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilsa-da, ular ishga layoqatli shaxs deb e’tirof etilishlari mumkin emas. Ikkinchi shart – fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmasligi lozim. Agar, fuqaro asosiy ishini yo‘qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo‘shatilgan), lekin o‘rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo‘lsa, bunda u ish bilan band bo‘lgan deb hisoblanadi. Nafaqalar, alimentlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan dividendlar, banklarga qo‘yilgan mablag‘larga hisoblangan foizlar ish haqiga (mehnat daromadi) kirmaydi. Xuddi shunday pensiya va stipendiyalar ham ish haqi (mehnat daromadi) tarkibiga kirmaydi, lekin pensiya oluvchi fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda stipendiya olib o‘qiyotganlar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanishlari sababli, bunday fuqarolar ishsiz shaxs deb e’tirof etilmaydilar. Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo‘lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro‘yxatdan o‘tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. Homilador ayollar, agarda ularning homiladorlik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo‘lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb e’tirof etilishlari kerak. To‘rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri mehnat bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. 134 SHunday bo‘lsa-da, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdori. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir. Turli mamlakatlarda har bir muayyan davrda ishsizlik darajasi bir-biridan jiddiy farq qiladi, bu esa har bir mamlakat uchun qaror topgan «tabiiy» ishsizlik darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy davriylik fazasiga, shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilgan ish bilan bandlik siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Ishsizlikning tarqalishi va ishsizlar harakati. Ishsizlikning tarqalishi muayyan vaqt mobaynidagi ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan kishilarning umumiy sonini bildiradi. Mazkur davrning oxiriga kelib, uning ishsizlik maqomini saqlab qolganqolmaganligi bu erda rol o‘ynamaydi. U mazkur davrning boshida hisobda turgan va ishsiz deb topilganlarning umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Hozirgi statistika hisobi bo‘yicha umuman ishsizlarning tarqalganligini, shuningdek, ayrim ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘yicha: ayollar, erkaklar, yoshlar, qishloqlar hamda shaharlarda yashovchi shaxslarni aniqlash imkonini beradi. Ishsizlikning davomiyligi – ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning shu davr oxiriga kelib, ish qidirish muddati o‘rtacha qancha davom etganligini ko‘rsatuvchi hajmdir. Ishsizlikni tahlil qilishda uning davomiylik ko‘rsatkichi alohida ahamiyatga ega. Ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi va uzoq vaqt ishlamayotganlar ishsizlar orasidagi hissasi haqidagi ma’lumotlar nisbiy ishsizlik haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim hollarda ishsizlarning asosiy qismi tezda (1-4 oy ichida) yangi ish joyi topishi mumkin, ba’zilari esa yarim yil va undan ham ko‘proq muddat ish topolmay yuradilar. Ishsizlik bo‘yicha nafaqalar. Ishsiz deb e’tirof qilingan fuqarolarning toifasiga qarab, ularga beriladigan ishsizlik bo‘yicha nafaqalar tabaqalashtiriladi: korxonalardan har qanday asos bilan ishdan bo‘shatilayotganlar (shu jumladan, III guruh nogironlari va harbiy kuchlardan, davlat xavfsizligi va ichki organlardan bo‘shatilganlar) ishsizlik boshlanishidan oldin 12 oy mobaynida kamida 12 kalendar hafta mobaynida to‘liq ish kuni (haftasi) yoki to‘liq bo‘lmagan ish kuni (haftasi) sharoitida ishlagan bo‘lsa, ishsizlik bo‘yicha nafaqa qonunda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda va mamlakatda qaror topgan o‘rtacha ish haqidan yuqori bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. SHuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim shaxslar ishsizlik bo‘yicha 135 beriladigan nafaqani qo‘shimcha daromad manbai turlaridan biri deb qaraydilar, o‘zlari esa mustaqil ravishda ish bilan shug‘ullanadilar yoki shartnoma asosida ishlayotgan bo‘ladilar. 2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari Klassik (va neoklassik) nazariyaga ko‘ra, ommaviy ishsizlikning asosiy sababi moslashuvchan bo‘lmagan ish haqi hisoblanadi. Ish haqi o‘z muvozanat darajasidan oshib ketsa, mehnat talabi bilan taklifi o‘rtasida uzilish paydo bo‘ladi, mana shu uzilish ishsizlikni keltirib chiqaradi. Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarda ish bilan bandlikni o‘z darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati inflyasiyadir. Faqat quyidagi omillar ishsizlar ommasini Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markaziga murojaat qilishga majbur etadi: - yangi ish topish umidi; - ishsizlik bo‘yicha nafaqaning me’yoriy yashashini ta’minlovchi yuqori darajasi; - aholining shu markaz faoliyatidan xabardorligi; - ishsiz maqomiga ega bo‘lish uchun zarur shartlarning hammasiga muvofiq kelish (hujjat bilan tasdiqlangan). Bu omillarning hammasi mamlakatdagi haqiqiy ishsizlikni kamaytirish tomoniga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazida ish bilan shubhali band bo‘lmaganlar (real, ammo norasmiy ishlaydiganlar), har qanday ma’lumotnomalarni olishda «faol» bo‘lganlar ro‘yxatdan o‘tadilar. SHunday qilib, ishsizlik maqomini aniqlashda ro‘yxatga olish jarayoniga yondashuv to‘g‘ri natijalar bermaydi. Ishsizlikni baholashning boshqa uslublari, masalan, tanlab tekshirish yoki ekspert xulosalari asosida baholash uslubini ishlab chiqish kerak. SHu bilan birga, aholiga ularning mehnat bozoridagi huquqlari to‘g‘risida to‘la axborot berish, Ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazi faoliyatini tom ma’noda targ‘ib qilish kerak. Ishsizlik darajasini baholashning aytib o‘tilgan kamchiliklariga qaramay, O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan rasmiy ko‘rsatkichlardan foydalanish mavjud bo‘lgan yagona, asosiysi ishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ammo, bu uslubiyat Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyatiga to‘liq javob bermasa-da, bunday ko‘rsatkichlar mahalliy xususiyatlarni hisobga oladi va ishsizlik muammosining dolzarblik darajasi hamda uning dinamikasi to‘g‘risida birmuncha tasavvur beradi.
Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar. Hozirga qadar “mehnat unumdorligi” tushunchasiga ta’rif berish va uni hisoblash usullariga turlicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda. Mamlakatimiz amaliyotida ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha mehnat unumdorligini hisoblashning turli tamoyillariga asoslanadigan ko‘rsatkichlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelindi. CHunonchi, milliy iqtisodiyotda va uning tarmoqlarida ijtimoiy mehnat unumdorligi hamda uning dinamikasi jami xarajatlar, ya’ni faqat mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnatgina emas, balki buyumlashgan mehnat xarajatlarini ham tejashni aks ettirar edi. Ayni vaqtda, korxonalar darajasida mehnat unumdorligi dinamikasi faqat jonli mehnat tejalishini aks ettirar edi. Bu hol ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga va xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga kerakli yo‘nalishda samarali ta’sir ko‘rsatishga imkon bermas edi. Jahon amaliyotida “mehnat unumdorligi”va “unumdorlik” atamalaridan keng foydalaniladi. Bu atamalar ana shu ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan mehnat natijalarining ta’rifi va tarkibi bilan farqlanadi. Mehnat unumdorligi atamasi faqat yaratilgan (sotilgan) mahsulot (xizmatlar) hajminigina o‘z ichiga oladi, holbuki, unumdorlik atamasi qo‘shimcha ravishda mehnat natijalarida buyumlashgan mehnatning tejalishi yoki ortiqcha sarflanishini hisobga 143 oladi. SHu bilan birga, unumdorlikni hisoblash usullari ishlab chiqarish samaradorligi bilan etarli darajada mos keladi, deb hisoblangan va bunga uni keng moslashtirilgan: Mehnat natijalari faqat mehnat sarfi bilan emas, balki resurslar bo‘yicha hamma turdagi sarflarning o‘zaro nisbati qiymat shaklida aniqlanadi. Ko‘rinib turibdiki, “mehnat unumdorligi” va “unumdorlik” tushunchalari o‘z ma’nosi bilan bir-biridan farq qiladi. “Unumdorlik” tushunchasi natija va unga erishish uchun qilinadigan sarflar o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. SHu sababli, qator iqtisodchi olimlar uskunalar, elektr energiya, xomashyo, kapitalning unumdorligi to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Lekin, unumdorlik to‘g‘risida so‘z ketganda resurslardan foydalanishning mahsuldorligi yoki tejamliligi haqida ham gapirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarilganmahsulot hajmining – mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqtga nisbati “mehnat unumdorligi” tushunchasinitavsiflaydi. Bu nisbat: T M Pt formulasi bilan ifodalanadi. Bu erda:Pt – mehnat unumdorligi;M – ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; T – barcha mahsulot ishlab chiqarilishiga sarflangan vaqt. Ish vaqti sarflari bilan mehnat natijasi o‘rtasida nisbatning o‘zgarishi mehnat unumdorligining o‘zgarishiga olib keladi. Mazkur natija kamroq ish vaqti sarflab qo‘lga kiritilsa, mehnat unumdorligi oshgan bo‘ladi, xuddi shu natijani qo‘lga kiritish uchun ko‘proq ish vaqti sarflansa, mehnat unumdorligi pasaygan bo‘ladi. Binobarin, mehnat unumdorligi oshishining mohiyati ishvaqti birligi mobaynida mehnat samaradorligining ko‘payishidan yoki mehnat natijasi birligiga sarflanadigan ish vaqtining tejalishidan iborat. Lekin, mahsulot ishlab chiqarishga mehnat, xomashyo, materiallar, energiya, dastgohlarda buyumlashgan o‘tmish mehnat ham sarflanadi. SHu sababli, qanday mehnat sarflari hisobga olinishiga qarab mehnat unumdorligining boshlang‘ich tushunchasi aniqlashtirilishi mumkin. Mehnat unumdorligi jami (jonli va buyumlashgan) mehnat sarflari yoki ijtimoiy mehnat unumdorligiquyidagi formula yordamida hisoblanadi: 1 2 0 T T M P Bu erda: R0 – ijtimoiy mehnat unumdorligi; T1 – jonli mehnat sarflari; T2 – buyumlashgan yoki o‘tmishda tovarga singdirilgan mehnat sarflari. Basharti, mehnat unumdorligini hisoblab chiqish uchun faqat jonli mehnat sarflaridan foydalanilsa, bunday ko‘rsatkich individual mehnat unumdorligi (1) (2) 144 deyiladi. Vaqt yoki ishlaydiganlar miqdori sarflari jonli mehnat sarflari bo‘ladi. Individual (yakka) mehnat unumdorligi (Ri) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: T1 M Pi Mehnat unumdorligi mohiyatini anglash uchun “mehnat unumdorligi” va “ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi” degan tushunchalarni aniqlashtirish kerak. Ishlab chiqaruvchi mehnat kuchini potensial (imkoni bo‘lgan) unumlik, ya’ni muayyan sharoitda mazkur vaqt mobaynida muayyan natijaga erishishni ta’minlashga qodirlik deb tushunishi kerak. Mehnat unumdorligi haqiqiy amaliy o‘lcham, ya’ni amalga oshirilgan imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat unumdorligi – o‘zgaruvchan o‘lchamdir, unga ham intensiv, ham ekstensiv omillar ta’sir etadi. U har bir muayyan paytda ishlab chiqaruvchining mehnat kuchidan foydalanish darajasini aks ettiradi. Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchining mehnat kuchi bilan mehnat intensivligining o‘zaro bog‘liqligini ifodalab, quyidagi formula orqali aniqlanadi: t st t JP P K IN , Bu erda: JPt – mehnat unumdorligining indeksi; Pst – har bir muayyan vaqtda birlikka teng bo‘lgan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining rivojlanish darajasi; K – ishlab chiqaruvchi mehnat kuchidan foydalanish koeffitsienti; INt – o‘rtacha ijtimoiy mehnat intensivligiga nisbatan mehnat intensivligining darajasi. Imkoni bo‘lgan mehnat unumdorligi bilan amalda erishilgan mehnat unumdorligi o‘rtasidagi farq mehnat unumdorligining oshish rezervlari deyiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi kuchidan foydalanish koeffitsienti - 0,8 %ga teng; mehnat intensivligi - 0,9; shunda JPt+1·0,9·0,8-0,72. Binobarin, mehnat unumdorligini oshirish borasidagi imkoniyatlarning atigi 72,0 %idan foydalanilmoqda, qolgan 28,0 %i esa uning oshish rezervidir. Mehnat unumdorligi mohiyatini ta’riflash uchun “mehnat intensivligi” va “mehnat tig‘izligi” tushunchalariga aniqlik kiritish lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu tushunchalarning bir-biriga nisbati to‘g‘risida aniq bir ma’noda tushuniladigan fikrlar yo‘q. Ko‘pincha, mehnat intensivligi deganda, insonning mushak va asab quvvati sarfi bilan o‘lchanadigan ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat tig‘izligi darajasi tushuniladi. Ushbu hamda unga o‘xshash boshqa ta’riflarda «mehnat intensivligi» va «mehnat tig‘izligi» tushunchalari bir xillashtirib yuboriladi. Lekin, aslida bular boshqa-boshqa tushunchalardir