5-mavzu. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING BUDJET-SOLIQ VOSITALARI
5.1. Davlat budjeti - davlat pul resurslarining asosiy fondi va
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning vositasi
Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
mexanizmida tartibga solishning budjet-soliq va kredit
shakllari muhim o‘rinni egallaydi.
Davlat budjetida jamiyat iqtisodiy munosabatlarining
davlat daromadlarining shaikllanishi va ulardan foydalanish
bilan bog‘liq qismi namoyon bo‘ladi. Soliqlar, zayomlar va
boshqalar asosida davlat budjeti daromadlari shakUantirilishi
orqali yirik moliyaviy resurslar jamlanadi. Ushbu resurslaming
umumiy hajmi YalM ga nisbatan davlat budjeti xarajatlarida
namoyon bo‘ladi. 2009-yilda rivojlangan mamlakatlarda davlat
budjeti xarajatlari YalM ga nisbatan foiz hisobida AQShda 29
% dan Fransiyada 51 % gacha tebranganligini kuzatish
mumkin. Butun EIRXT mamlakatlari bo‘yicha — 36,5 %,
shulardan, Italiyada - 46,7 %, Germaniyada - 43 %, Yaponiyada — 38,2 %, Kanadada - 37,8 %. 0 ‘zbekiston
Rspublikasida 2012-yilda davlat budjeti xarajatlari YalM ga
nisbatan 21,9 % ni tashkil etadi. Bu esa davlat budjeti
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita
ekanligini ko'rsatadi. Davlat budjetining boshqaruvchanlik roli
qayta taqsimlangan milliy daromadning bir qismini davlat
mulki shakliga aylantirish ko‘rinishida namoyon boladi.
Budjet orqali, uning rcsurslaridan foydalanish orqali ishlab
chiqarish sohalari o'rtasida, moddiy va nomoddiy sohalar
o‘rtasida, tarmoqlar o‘rtasida, hududiy birliklar va aholini
ijtimoiy guruhlari o'rtasida milliy daromadni qayta taqsimlash
amaiga oshiriladi. Budjet makroiqtisodiy mutanosiblikka eri-
shish va uni qo‘llab-quwatlashda muhim dastak bo‘lib hisoblanadi.
Asosan iste’mol va jamg‘arish fondlari o‘rtasidagi zarur
mutanosiblikni saqlab turishda davlat budjetining roli kattadir.
Budjetning takror ishlab chiqarishga ta’siri, iqtisodiyot va
madaniyatni rivojlantirish, tarkibiy qayta qurishni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan
ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Budjet davlatning iqtisodiy
siyosatini yuritishda muhi m vosita bo‘lib hisoblanadi.
Budjetga iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish dastagi,
takror ishlab chiqarishni oldindan aniqlash jarayonida, ya’ni
ishlab chiqarish kuchlariga va ishlab chiqarish munosabatlarini
takomillashtirishga ta’sir etuvchi vositasi sifatida qaraladi.
Alohida davrlarda esa, xo'jalik-tashkiliy faoliyatiga, davlat
siyosati va iqtisodiy siyosatni ilmiylik darajasiga bogliq holda
islohotlami amalga oshirishda budjetning roli kattadir.
Asosiy ishlab chiqarish kuchlari bolgan ishlab chiqarish
xodimlari malakasini oshirishdagi muhim vazifalar ham
budjetga bogliqdir.
Davlat moliyasi o‘z ichiga markaziy davlat, mahalliy
hokimiyat budjeti hamda sotsial sug‘urta tizimini oladi. Davlat
budjeti orqali milliy daromadning 50 foizdan ortigl qayta
taqsimlanadi.
0 ‘zbekiston davlat budjeti xalq xo‘jaligini, ayniqsa, mamlakatning milliy mustaqilligini ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish, ijtimoiy sohalami moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash, milliy mudofaa hamda boshqarishga ketadigan xarajatlarga ishlatiladi. Iqtisodiy islohotlaming ustuvor
yo£nalishlaridan biri bolgan qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda ham davlat budjeti muhim o‘rin tutadi.
Davlat budjeti — davlat pul mablaglarining (shu jumladan,
davlat maqsadli jamg‘armalari mablaglarining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo lib, unda daromadlar manbayi va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablaglar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat budjeti ikki asosiy qism - daromadlar va xarajatlar
qismidan iborat. Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va
budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisi, budjetlami tashkil
etish va tuzish prinsiplari, budjet jarayonida ular o‘rtasida,
shuningdek, budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar
o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlami o‘zida
ifodalaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasida Moliya vazirligi davlat fiskal
siyosatini ishlab chiqish va amaiga oshirish uchun mas’ul
hisoblanadi.
U davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, davlat budjeti
mablag‘larinmg tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda
ular ustidan nazoratni amaiga oshiradi; respublika budjeti
xarajatlarini amaiga oshiradi; budjet mablag‘lari oluvchilaming
davlat budjeti mablag'laridan foydalanishini tartibga soluvchi
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, umummajburiy
tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi.
Quyidagilar davlat budjeti daromadlarining asosiy
manbalari hisoblanadi:
1. Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar.
2. Davlatning moUyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar.
3. Meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablaglari.
4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari.
5. Rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga
berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan
to‘lovlar va boshqalar.
Ushbu davlat budjeti daromadlarining tarkibiy o‘zgarishlari
oxirgi yillar bo‘yicha bevosita soliqlarda pasayish, bilvosita
soliqlarda esa o‘sish tendensiyasiga ega bolmoqda (8.1.1-
jadval.)
Do'stlaringiz bilan baham: |