5.3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari va vositalari tizimida soliq imtiyozlari TurU ko‘rinishdagi va shakldagi soliq imtiyozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim shakli hisoblanadi. Imtiyozlardan iqtisodiy jarayonlami tartibga solish maqsadida foydalaniladi. Ular investitsiyalami, tadbirkorlik faoliyatini, chet el kapitalini jalb etishni, pul va moddiy resurslami tejashni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni va bandlikni oshirishni rag'batlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlami tartibga solish maqsadida qo'llanilgan soliq imtiyozlari turU shakllarda namoyon bo‘ladi. Eng keng tarqalganlari quyidagilar: 1) Chegirma ko‘rinishida soliq kreditlari berish, ya’ni foydani kamaytirilgan soliqlar hisobiga oshirish. Masalan, AQShda 1962-yildan buyon 20 yil mobaynida turli investitsion (soliq) kreditlar qo'llanib kelinmoqda, ya’ni foydalanish muddati 8 yildan ortiq bo‘lgan, ishlab chiqarishga kiritilgan uskunalar qiymatining 7 % ga teng miqdorda foyda solig‘i qisqartiriladi. Yaponiyada ham xuddi shunday yangi texnika va texnologiyalarga qilingan investitsiyaning 7 % miqdorida soliq krediti qo'llaniladi. Kanadada mos tarzda soliq chegirmalari 7 %dan 20 % gacha o‘zgarib turadi. Bir qator mamlakatlarda tadbirkoming ITTLI ga qilgan xarajatlari o‘rtacha yillik foydani belgilangan ulushi dan ortiq bo‘lsa, qisqartirilgan soliq shaldidagi soliq krediti qo‘llaniladi. Masalan, AQShda bazis davriga nisbatan o'rtacha yillik me’yoridan ITTLI ga qo‘- shimcha qilingan xarajatlaming 20 %ga teng miqdorda foyda solig‘i kamaytiriladi. Fransiyada ITTLI ga qo‘shimcha qilingan xarajatlaming 50 % ga teng miqdorda foyda solig‘i qisqartiriladi, Kanadada esa qo‘shimcha qilingan xarajatlaming 100 % ga teng miqdorda foyda solig‘i kamaytiradi1. Soliq krediti shaklidagi imtiyozlar ta’lim olish (asosan oliy ma’lumot) uchun yakka tartibdagi haq to‘lovchilarga ham qo‘llaniladi. AQSh dan keyingi ta’lim uchun to‘lov miqdorining dastlabki 5 ming dollariga 20 % chegirma miqdorida «Ta’lim soliq krediti» hamda 13-17 yoshdagi har bir o‘quvchiga yiliga 500 dollar miqdorda soliq imtiyozi joriy etilgan.2 2) Imtiyozning ikkinchi shakli - soliqdan butunlay ozod etish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini o‘matishdir. Bunday imtiyozlar kichik tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida qollaniladi. Bunga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishini ham kiritish mumkin. Bunday imtiyozlar respublikamizda ham keng qo‘Uaniladi. 3) Soliq imtiyozlarining uchinchi shakli — tezlashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llanilishi, ya’ni olinadigan foydaning hajmini tezlashtirilgan amortizatsiya miqdoriga qisqartirish usulidir. Hukumat tomonidan belgilangan oshirilgan amortizatsiya xarajatlarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shishga ruxsat beradi. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari oshadi, biroq soliq miqdorini qisqarishi hisobiga olinadigan foyda miqdori o‘zgarmaydi. Mutanosiblikni tartibga solish uchun boshqa imtiyozlar ham qo‘llaniladi. Misol uchun, AQShda foydaning ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga yo‘naltirilgan qismi soliqlardan ozod etiladi. Ba’zi mamlakatlarda mehnatga haq to‘lash va ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirishga sarf- lanadigan mablag‘lami soliqqa tortishning alohida tizimlari qo'llaniladi. Misol uchun, Fransiyada texnik qayta qurollanishga sarflanadigan mablag‘larga solinadigan soliqlar juda ham past. Germaniya va Fransiyada qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish uchun qilingan xarajatlarga maxsus soliq imtiyozlari kiritilgan.1 Respublikamizda ham iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish maqsadida soliq imtiyozlari tizimidan keng qo‘Uaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq chet el investitsiyasi bilan tashkil etilgan, import o‘mini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish korxonasi daromadi (foydasi) ishlab chiqarishni boshlagandan 5 yil muddatgacha soliqlardan ozod etiladi. Agar, ishlab chiqarish hajmining 25 % dan ortig‘ini bolalar assortimentidagi tovarlar tashkil etsa va korxona ustav fondida chet el kapitali ulushi 50 % dan ortiq bo‘Isa 2 yilgacha soliqlardan ozod etiladi. Qishloq joylarda va aholi punktlari hududida yangi tashkil etilgan xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar ishlab chiqarishni boshlagandan to 3 yil muddatgacha soliqlardan ozod etiladi. Umumiy ishchilar sonining 75 %dan kam bo‘lmagan qismi o‘rta maktab o‘quvchilaridan va kasb-hunar o‘quv yurtlari o‘quvchilaridan tashkil topgan yuridik shaxslarning daromad(foyda)lari soliqlardan ozod etiladi. Ekologiyaga, sog‘lomlashtirish va xayriya fondlariga, madaniyat muassasalariga, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlashga badallar to‘lash hisobiga daromadni(foydani) soliqqa tortishni kamaytirish shaklidagi imtiyozlar ham mavjud. Respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi «To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4434-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra xorijiy investoming pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam boimagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o'tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘Iovi, shuningdek, Respublika yo‘l hamda ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlasb jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo‘llashga haqli ekanliklari belgilab berildi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar tizimi ko‘lami yanada kengaytirildi. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli farmonida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari awallari 8 ta tarmoq faoliyatiga tegishli bolgan bo‘lsa, ushbu Farmon bilan 2012-yilning IIchoragidan boshlab, xorijiy investitsiyalar uchun imtiyozlar 20 ta yo‘nalishdagi iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladigan bo‘ldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalami jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari investitsiyalar hajmidan kelib chiqib, foyda solig‘i, mulk soligM, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar toiashdan ozod qilish ko‘rinishida soliq imtiyozlari berilgan. To‘g ‘ridan to‘g ‘ri xususiy xorijiy jalb qilingan investitsiyalar hajmi: 300 ming AQSh dollaridan 3 mln AQSh dollarigacha bo ‘Iganda — 3 yil muddatga; 3 milliondan 10 mln AQSh dollarigacha bo‘lganda - 5 yil
muddatga;
10 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda - 7 yil muddatga
soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkinligi belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-maydagi PQ-1754-sonIi qaroriga asosan1) qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal, maishiy texnikani ta’mirlash bo'yicha usta va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga; 2) qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko‘rsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq to'lovi hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etildi.