5. mavzu: iqlim o’zgarishi sabablari, issiqxona effekti mexanizimi va xavflar reja



Download 25,65 Kb.
bet2/6
Sana22.07.2022
Hajmi25,65 Kb.
#838769
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 IQLIM O’ZGARISHI SABABLARI, ISSIQXONA EFFEKTI MEXANIZIMI VA XAVFLAR

Quyosh sikli va Yer orbitasi
Quyosh radiatsiyasi intensivligi sezilarsiz darajada bo’lsa ham o’zgarmoqda. Quyoshdan keladigan to’g’ridan-to’g’ri nurlanishning intensivligi keyingi 25 yilda o’zgarishi kuzatildi, lekin qo’shimcha parametrlar mavjudki, xususan, quyosh dog’lari faolligi, quyosh radiatsiyasi intensivligi uzoq muddatda baholash uchun foydalanilmoqda. Yer-Quyoshdan uchinchi uzoqlikda joylashgan Quyosh tizimining yirik sayyoralaridan biri. U Quyosh atrofida ellipistik harakatda bo’lib, aylanaga yaqin orbita bo’yicha o’rtacha 30 km/s tezlik va o’rtacha 365,24 quyoshli sutka (tropik yil) davomida harakat qiladi. Yer o’z o’qi atrofida esa 23 soatu 56 daqiqa (yulduzli sutkalar) aylanadi. Quyoshan kelayotgan oqim o’zgarishidan tashqari, Yer ellipistik orbitada joylashgan o’rniga qarab tebranishlar asosida turlicha energiya miqdorini oladi. Keyingi million yillar mobaynida muzlik va muzliklararo davrlar bizning sayyoramiz orbitasi o’rni o’zgarishiga qarab almashingan. Orbitaning kichik tebranishlari keyingi 10 ming yillikda kam kuzatilgan va shuning natijasida iqlim birmuncha barqarorlashdi. Biroq orbitaning har qanday tebranishlari – yetarlicha inertsion ko’rinishda bo’lib, vaqtning ming yillik masshtabida printsipial jihatdan muhimdir, iqlimga antropogen ta’sir davrida esa anchayin qisqa vaqt masshtabiga ega bo’ladi.
Antropogen sabablar. Antropogen sabablarga avvalombor, atmosferadagi issiqxona gazlari, asosan, qazilma yoqilg’ilarni yoqishi natijasida hosil bo’luvchi CO2 kontsentratsiyasining ortishi kiradi. Bu issiqxona samarasini kuchaytirishga olib keladi. Boshqa sabablariga – aerozol zarrachalarini chiqarilishi, o’rmonlarning kesilishi va yo’q qilinishi, aholining o’sishi va boshqalar kiradi.
Issiqxona samarasi-Yer atmosferasida sayyoradan issiqlik tarqalishini ushlab qoladi. Issiqxona samarasini barchamiz kuzatganmiz: issiqxona va bug’xonalardagi havo harorati tashqariga nisbatan hamisha baland bo’lgan. Yer shari masshtabida ham xuddi shunday, atmosferadan o’tuvchi quyosh energiyasi Yer yuza qismini isitadi, lekin Yerdan tarqalgan issiqlik energiyasi koinotga chiqib ketolmaydi, Yer atmosferasi uni ushlab qoladi, bug’xonadagi polietilenga o’xshab harakat qiladi, ya’ni u Yerning yuzasiga tarqaladigan Quyoshdan keladigan qisqa yorug’ to’lqinlarni o’tkazadi. Issiqxona samarasi Yer atmosferasidagi gazlarning mavjudligidan yuzaga keladi, ular uzun to’lqinlarni ushlab qolish xususiyatiga ega. Ular “bug’xona” yoki “issiqxona” gazlari nomini olgan.
Issiqxona gazlari atmosfera shakillanishidan boshlab uncha katta bo’lmagan miqdorda (0,1% ga yaqin) ishtirok etadi. Bu miqdor hayot uchun zarur bo’lgan Yerning issiqlik balansini ushlab turish uchun yetarli edi. Bu tabiiy issiqlik samarasi deb ataladi. Agar u bo’lmaganida Yer yuzasining o’rtacha darajasi 30oC ga kam bo’lardi, ya’ni hozirgidek +14oC emas, balki -17oC bo’lar edi.
Tabiiy issiqlik samarasi na Yerga, na insoniyatga tahlika soladi, balki issiqxona gazlarining umumiy miqdorini tabiatning aylanma harakati natijasida bir me’yorda tutib turadi, ko’’roq bizning hayotimiz uning zimmasidadir.
Atmosferada issiqxona gazlari kontsentratsiyasining ortishi issiqxona samarasining kuchayishiga olib keladi va Yerning issiqlik muvozanatini buzadi. Aynan shu holat keyingi ikki yuz yillik taraqqiyot rivojida aks etdi. Ko’mir elektrstantsiyalaridan, avtomobillardan, zavod quvurlari va boshqa inson tomonidan bunyod etilgan qator ifloslantiruvchi manbalardan yiliga atmosferaga 22 milliard tonnaga yaqin issiqlik gazi chiqariladi.

Download 25,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish