5.3.Germaniyaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari
Iqtisodiy qoloqlik sabablari
XIX asr boshiga kelib Germaniya hanuzgacha iqtisodiy qoloqlikdan
chiqish bo‘yicha asosiy muammolarni echmagan edi. Buning asosiy
sabablaridan biri mamlakatning siyosiy tarqoqligidadir. Faqatgina 1815 yilga
kelib Vena kongressi qaroriga binoan 34 ta monarxiya va 4 ta erkin
shaharlarni birlashtiruvchi
Germaniya ittifoqi
tuzildi. Shu davrda ham yagona
pul tizimi, o‘lchov birligi yo‘q edi. Mamlakat ichidagi bojxonalar iqtisodiy,
savdo va transport aloqalarining imkoniyatlarini chegaralar edi.
Nemis
hunarmandchilik
tovarlari
rivojlangan
mamlakatlarning
fabrikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan raqobat qila olmasdi.
O‘tgan asrning oxirida paydo bo‘lgan nemis manufakturasi hali ancha
kuchsiz edi. Nemis savdogarlari, ustalar va boshqa boy shaharliklar yirik
manufaktura ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha etarli mablag‘
to‘plamagan edilar.
Agrar inqilobining prusscha yo‘li
1850 yilning martida Prussiyada dehqonlarning qaramligini bekor
qiluvchi, lekin yirik yunkerlik yerga egalik qilishni va ko‘pchilik feodal
sarqitlarini saqlab qoluvchi qonun qabul qilindi. Asta-sekin agrar islohotlar
boshqa nemis yerlarini qamrab oldi: Bavariya, Nassay, Vyurtenberg,
Gessen-Darmshtadt, Baden va boshqalar. Bunday holatni olimlar qishloq
xo‘jaligida
kapitalistik evolyut
siyaning prusscha yo‘li
deb nomlagan edi.
Shimoli-
g‘arbiy yerlarda va Bavariyada grossbauerlarning
3
xo‘jaliklari
shakllandi. Janubi-
g‘arbda mayda dehqon xo‘jaliklari ko‘p edi.
Qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvining o‘sishi va “savdo” hududlarining
ko‘tarilishi iqtisodiyotdagi progressiv tendensiyalarni aks ettirdi. Germaniya
kartoshka va lavlagi yetishtirish
bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqdi.
Nemis qishloq xo‘jaligi mahsuloti va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari nemis
eksportining asosiy qismini tashkil etardi.
Burjua inqilobi
2
История мировой экономики: учебник для вузов / под ред. Г. Б. Поляка, А. Н.
Марковой .- 3-е изд., стер. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - С. 303.
3
Grossbauer
– Germaniyada qisloq kapitalisti, quloq
Mamlakatda burjua inqilobi bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham ko‘pchilik
muammolar o‘z echimini topmagan edi. XIX asrning birinchi yarmida
Germaniya dengiz savdosida etakchilikni o‘ziga qaytarib ololmadi. U
hanuzgacha jahon savdo yo‘llaridan chetda qolib ketardi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida Germaniyaning iqtisodiy va
siyosiy tarqoqligini bosqichma-bosqich bartaraf etish harakatlari muhim
ahamiyat kasb etdi. Mamlakatning paydo bo‘lib borayotgan yirik sanoati
proteksionizm va bojxona himoyasiga muhtoj edi.
1818 yildayoq bojxona qonuni Prussiya hududida bojxona postlarini,
ichki bojlar va aksizlarni to‘plashni bekor qildi. Prussiyaniki emas bo‘lgan
tovarlarga bir xildagi tariflar belgilandi.
1833 yilda 20 ga yaqin shimoliy Germaniya davlatlarini birlashtirgan
Bojxona ittifoqi
tuzildi va u yevropa mamlakatlari bilan savdo shartnomalarini
imzolash huquqiga ega bo‘ldi. Bu iqtisodiy va siyosiy birdamlikda muhim
qadam bo‘lib, yirik sanoat uchun ichki bozorni kengaytirish va
chuqurlashtirish imk
onini berdi, temiryo‘l qurilishini rag‘batlantirdi.
Sanoat to‘ntarilishini boshlanishi
XVIII asr oxiri
– XIX asr boshida sanoat ishlab chiqarishi jarayonida
nemislar xorijiy (ayniqsa, ingliz) texnika va texnologiyasidan foydalana
boshladilar. Ingliz mashinalari bazasida paxtani qayta ishlash sanoati
rivojlandi. Toshko‘mir asosida ishlaydigan cho‘yan eritish pechlari o‘rnatildi.
Germaniyada sanoat inqilobi bir necha bosqichdan o‘tdi. 50-yillarga
qadar uning boshlang‘ich bosqichida asosan tekstil sanoati tarmoqlari
rivojlantirildi. Keyingi 20 yil davomida og‘ir sanoat (ko‘mir, metallurgiya,
mashinasozlik) rivojlantirildi. 70-yillarning oxirlarida sanoat inqilobi
yakunlanib, ishlab chiqarish monopolizatsiyalashishi amalga oshdi.
An’anaviy ravishda sanoat inqilobi tekstil sanoatini qamrab oldi.
Saksoniyada paxtani qayta ishlash sanoati, Sileziyada
– zig‘irpoya tolasini
yigirish rivojlandi. Leypsig yarmarkalarida shoyidan tikilgan mahsulotlar keng
namoyish etilardi. Tekstil sanoati tobora mashinalashib borar edi. 1864 yilda
Bojxona ittifoqi hududida 310 ta ip yigirish uskunalari va 750 mingta mexanik
dug mavjud edi.
Og‘ir sanoatda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bug‘
mashinasini paydo bo‘lishi ko‘mirga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Ko‘mir
qazib ol
ish ikki barobar o‘sdi, shaxtalarda band bo‘lganlar esa to‘rt barobar
o‘sdi. Og‘ir sanoatning boshqa tarmoqlarida band bo‘lganlarning soni XIX
asrning birinchi yarmida 12 marotaba o‘sdi. Reyn-Vestfal sanoat rayoni
alohida taraqqiy topib 200 domna pechlari joylashgan va Germaniya
ishchilarining ¼ shu yerda faoliyat yuritardi.
XIX asrning 50-
60 yy.dagi sanoat o‘sishi.
Yangi tarmoqlar va texnologiyalarni shakllanishiga yirik ixtirolar va
ishlanmalar sababchi bo‘ldi. E.V.Simens tomonidan dinamo-mashinani
(1867
y.) ixtiro qilinishi, hamda toshko‘mirdan sun’iy bo‘yoq olishni (1856 y.)
boshlanishi bularga misol bo‘la oladi. Kaliy o‘g‘itlarini ishlab chiqarish
boshlandi.
Bu davrda mamlakatning kredit tizimiga asos solindi, aksioner banklar
va kompaniyalar tashkil etildi. XIX asrning 50-60 yillarda Prussiyada 300 ga
yaqin tog‘ sanoati, metallurgiya, sug‘urta, temir yo‘l va boshqa jami 2,5
mlrd.marka kapitalga kompaniyalar tashkil etildi.
XIX asrning 50-
70 yillarda Germaniya sanoati misli ko‘rilmagan o‘sish
sur’atlariga erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya Angliya va
Fransiyadan o‘zib ketdi. XIX asrning 50-yillarda sanoat mahsuloti hajmi ikki
barobar o‘sdi, XIX asrning 60-yillarda esa yana 1,5 barobarga o‘sdi.
Jahon sanoati ishlab chiqarishining 13 % Germaniyaga to‘g‘ri kelardi.
Bunda og‘ir sanoatning hissasi katta edi. 60-yillarda ishlab chiqarish
vositalarini ishlab chiqarish 23%ga, iste’mol buyumlari esa 9%ga o‘sdi. XIX
asrning 50-
60 yillarda ko‘mir qazib olish besh barobar, cho‘yan ishlab
chiqarish etti barobar, temir yo‘llar uzunligi uch barobar, bug‘ mashinalari
quvvati to‘qqiz barobar o‘sdi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Germaniya
Fransiyadan o‘zib ketdi. Lekin hali sanoat inqilobi to‘liq tugamagan edi.
Sanoat tarmoqlarining ba’zilarida hunarmandchilik ishlab chiqarishi saqlanib
qolgandi. Qishloq xo‘jaligi sanoatdan ko‘ra usunlikka ega edi.
Savdo
Sanoatlashtirish bo‘yicha yutuqlar savdoni rivojlanishiga ham ta’sir
ko‘rsatdi. Mamlakat ichida tovar aylanmasi ko‘paydi. XIX asrning 50-60-
yy.lar davomida mamlakat ichida yuk tashishlar 190 mln.t-km.dan 4045
mln.t-
km.gacha, ya’ni 21 marotaba oshdi. Pul aylanmasi 27 marotabaga
oshdi. Yirik yarmarkalarda savdo kengaydi. Yirik universal magazinlar tashkil
etildi. Tovar birjalari yirik ulgurji bitimlarni rasmiylashtira boshladi.
Tashqi savdo ham orqada qolmadi. XIX asrning 50-yy.larning
o‘zidayoq nemis tovarlarini eksporti uch barobarga, import esa ikki
barobarga o‘sdi. Savdo balansining ijobiy saldosiga erishildi. XIX asrning 50-
60-
yy. davomida tashqi savdoning umumiy hajmi uch barobarga ko‘paydi.
XIX asrning 70-90-
yy.dagi sanoat o‘sishi.
XIX asrning 70-yillar boshlari Germaniyada yangi, kuchli iqtisodiy
ko‘tarilish davri hisoblanadi.
Bunda etakchi rolni franko-
pruss urushidagi g‘alaba (1870-1871 yy.) va
mamlakatni siyosiy jihatdan yagona German imperiyasiga birlashishi (1871
y.) o‘ynadi. Fransiya ustidan g‘alaba Germaniyaga 5 mlrd.frank
kontributsiya
4
keltirdi va u nemis ishlab chiqarishini jihozlashga sarflandi.
Undan tashqari, Germaniya fransuzlarning boy provinsiyalariga ega bo‘ldi –
Elzas va Lotaringiya
5
– va Fransiyadan temir rudasi Germaniyaning Reyn va
Saar basseynlaridagi ko‘mir-metallurgiya bazasini to‘ldirdi. Bu Germaniya
og‘ir sanoatidagi metallurgiya, metallni qayta ishlash, mashinasozlik
tarmoqlarini mamlakatda etakchilik qilishini ta’minladi. Fransiyada rivoj
topgan paxtani qayta ishlash sanoati korxonalarini o‘ziga qo‘shib olish
4
Kontributsiya
– urushda mag’lub bo’lgan mamlakat tomonidan g’olib mamlakatga
to’lanadigan mablag’.
5
Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп.
и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.260.
natijasida Germaniyada gul bosilgan matoli mahsulotlar ishlab chiqarish ikki
barobar o‘sdi.
1879 yilda mamlakatda proteksionistik siyosat qo‘llanilib, import
mahsulotlariga bojlarni oshirish orqali milliy sanoatni rivojini qo‘llab-
quvvatladi. Hanuzgacha temir yo‘l qurilishi davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanardi. Temir yo‘lning asosiy qismi davlat mulkiga o‘tgandi.
Sanoat to‘ntarilishining yakunlanishi va uning oqibatlari
XIX asrning 70-yy.lar oxirida sanoat inqilobini yakunlanishi bilan ishlab
chiqarishning o‘sishi yanada kuchaydi. Nemis industriyasi yangi texnik
ixtirolarga tayangan edi: elektromotor, ichki yonish dvigateli, bug‘
turbinalarini yaratilishi, elektroenergiyani masofaga uzatish va boshqalar.
Mamlakat korxonalariga ko‘plab yollanma ishchilar kelib qo‘shildi. Yollanma
ishchilar asosan etakchi mamlakatlardagi eng yuqori tug‘ilish natijasida va
xonavayron bo‘lgan hunarmandlar va dehqonlarni kelib qo‘shilishidan
vujudga keldi.
Umuman olganda XIX asrning oxirgi 30 yilligida nemis sanoatining
ishlab chiqarish
hajmi besh marotaba o‘sdi, Fransiyada uch barobar,
Angliyada esa ikki barobar o‘sdi. Natijada XIX asr oxiriga kelib Germaniya
agrar-industrial mamlakatdan qudratli industrial-agrar mamlakatga aylandi.
Shahar aholisi tinimsiz o‘sib bordi, XIX asrning 70-90-yy.da 33%dan
50%gacha o‘sib, 1910 yilga kelib 60%ni tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligi
XIX asrning 70-yillarga kelib agrar islohotlar yakunlandi. Ammo bu
tarmoqda mahsulot yetishtirish
ning o‘sishi feodalizm qoldiqlari va absolyut
rentaning katta hajmi sababli sekinlashgan edi. Sharqiy Prussiyaning bir
qator yirik pomestelarida ko‘pchilik dehqonlar erkinlikka ega bo‘ldilar, lekin
ularning yerlari yo‘q edi, va ular yunkerlar pomestelarida yollanma ishchi
bo‘lib qolishdi.
Qishloq xo‘jalik o‘rtoqliklari vujudga kela boshladi. Qishloq xo‘jaligi
texnikasi va mineral o‘g‘itlar kengroq qo‘llanila boshlandi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini bunday intensiv metodlar
yordamida yuritilishi ijobiy natijalarni berdi: hosildorlik yarim barobar o‘sdi,
texnik ekin m
aydonlari kengaydi, qoramol soni ko‘paydi.
Monopoliyalar
XIX asrning oxirgi 30 yilligida ishlab chiqarish va kapitalning
konsentratsiyalashuvi monopolizatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Qazib
olish va u bilan bog‘liq og‘ir sanoat tarmoqlarida kartel va sindikatlar
ko‘pchilikni tashkil etardi. Bu turdagi birlashmalar faqatgina mahsulot sotilish
sohasini monopollashtirgan edi. Texnik-iqtisodiy va tashkiliy jihatdan
korxonalar erkinlikni saqlab qolishgan edi.
Tog‘, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish tarmoqlarida yirik
monopoliyalar shakllandi. XIX asrning 80-90-yy. ichida mingta ishchisi bor
korxonalar soni to‘rt barobar ko‘paydi. Reyn-Vestfal toshko‘mir sindikati
tashkil etildi. U o‘ziga Rur basseynida ko‘mir qazib olishni 95%ni bo‘ysundirdi
va mamlaka
tda ko‘mir qazib olishni 40%ga egalik qildi.
Sanoatning elektrotexnika (AEG-
Umumiy elektr jamiyati va “Simens”),
po‘lat quyish va harbiy sanoat (“Krupp” firmasi), kimyo (G.Farbenindustri),
kemasozlik (Shimoliy-German Lloyd va Gamburg-Amerika kompaniyasi)
tarmoqlarida yirik monopolistik birlashmalar shakllandi. Kartel va sindikatlar
soni 50 barobarga ko‘paydi, ya’ni 1870 y.da 6 tadan 1900 y.dagi 300
tagacha. Nemis monopoliyalarining o‘ziga xos xususiyati – ular o‘nlab va
yuzlab korxonalarni birlashtirar edi.
German imperializmining ekspansiyasi
XIX asr oxirida Germaniya imperialistik g‘oyalarni targ‘ibotini
kuchaytirdi, va uni xom ashyo etishmovchiligi va o‘z mahsulotlarini sotish
bozorlari cheklanganligi bilan asosladi. Mamlakat iqtisodiyoti ichki bozor
chegarasidan chiqib ketdi, lekin arzon narxlardagi xom ashyo keladigan va
o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlarni bojlarsiz sotish imkoni bo‘lgan
mustamlakalarga ega emas edi.
Milliy chegaralarni kengaytirish g‘oyasi Pangerman ittifoqini (1891 y.)
yaratishda,
yangi hududlarni bosib olish zaruratida namoyon bo‘ldi. Togo,
Kamerun, Shimoli-
G‘arbiy Afrika, Karolina, Marian va Marshallov orollari
bosib
olindi.
Lekin
baribir
Germaniya
mustamlakalari
Angliya
mustamlakalariga nisbatan hudud bo‘yicha 11 marotaba va aholisi bo‘yicha
32 marotaba kichik edi.
Germaniyada qudratli harbiy-sanoat kompleksi shakllanib, unga
mamlakatning butun industriyasi ishlar edi. Armiya va flotga xarajatlar
sezilarli oshdi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning qurol-yarog‘lari takomillashdi.
Yirik harbiy-dengiz floti shakllandi. Mamlakat jahonni qayta taqsimlashda
qatnashish uchun urushga tayyorlandi.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1.
Angliyaning “jahon yuk tashuvchisi” ga aylanishiga nima sabab
bo‘ldi?
2. Angliyaning mustamlakachilik siyosatini mazmuni nimadan iborat?
3. Napoleon Bonopartning iqtisodiy siyosatining asosiy jihatlari
nimalarda namoyon bo‘ladi?
4.
Pangerman ittifoqining g‘oyasi nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |