5-mavzu. Industrial sivilizatsiyaning shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti (XIX asr) Tayanch atamalar va iboralar



Download 451,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi451,46 Kb.
#711488
  1   2   3
Bog'liq
5-mavzu. Industrial sivilizatsiyaning shakllanishi davrida yevro



5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING SHAKLLANISHI 
DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr) 
Tayanch atamalar va iboralar
: to‘qimachilik sanoati, bug‘ dvigateli, 
“savdo assotsiatsiyalari”, mustamlaka, fritrederlik, prusscha yo‘l 
Reja: 
1. Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
yo’nalishlari 
2. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
3. Germaniyaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari 
5.1. Angliyaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari 
Sanoat to
‘ntarilishi oqibatlari. XIX asrning 30-yillariga kelib Angliyada 
sanoat to‘ntarilishi yakunlandi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish past 
mehnat unumdorligi va qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik va 
manufaktura ustidan g‘alaba qozondi. Mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. XIX asr o‘rtalariga kelib Angliya shaharlar va ishchilar 
shaharchalari mamlakatiga aylandi, ularda aholining 86% istiqomat qilar edi. 
Qurilish va sanoatda band bo‘lganlar ulushi 50%gacha ko‘tarildi, qishloq 
xo‘jaligida esa 15%ga pasaydi. 
Paxtani qayta ishlash sanoati. 
Industrial taraqqiyot etakchisi bo‘lib 
paxtani qayta ishlash sanoati 
saqlanib qoldi. To‘qish stanoklari bilan 
jihozlangan fabrikalar soni ko‘paydi. 1800-1870 yy.da paxta matosini ishlab 
chiqari
sh 19 martaga, paxta iste’moli 1000 martaga o‘sdi. XIX asr o‘rtasiga 
kelib tekstil va to‘qimachilik sanoatida ish kuchining 1/3 qismi band edi. 
Og‘ir sanoat. 

og‘ir sanoat ham sekin-asta rivojlana boshlandi. Mamlakatda 600ta 
domna pechlari ishlab turardi 

1800-
1870 yy.da ko‘mir qazib olish 11 marotaba va metallni qayta ishlash 
mahsulotlari 28 marotaba o‘sdi 

dunyo bo‘yicha cho‘yan ishlab chiqarishning yarmi, toshko‘mir qazib 
olishning yarmidan ortig‘i Angliyaga to‘g‘ri kelardi 

mamlakatning og‘ir sanoat mahsuloti AQSh, Germaniya va Fransiyani 
mahsulotlaridan 4-5 barobar ortiq edi. 
Bug‘ dvigatellari. Industrial taraqqiyotning yutuqlari asosan bug‘ 
dvigatellarini joriy etilishi bilan bog‘liq. Bu bug‘ transportini rivojlanishiga ham 
olib keldi. Mamlakatning orolda joylashganligi kemasozlik rivojini taqazo etdi. 
1811 yilda Angliyada paroxod transporti rivojlana boshlandi, 40-50-yy.dan 
boshlab yirik okean kemalari qurila boshlandi. 
Angliya yirik savdo flotiga ega edi. 1800-1870 yy.da uning tonnaji 12,5 
barobarg
a o‘sib dunyo tonnajining 60%ni tashkil etdi. Angliya 
«jahon yuk 
tashuvchi»siga aylandi. 
Jahondagi sanoat etakchiligini yo‘qotilishi
 

XIX asrning 70-
yillariga kelib Angliya o‘z etakchilik mavqeini yo‘qota 


boshladi.

Mamlakatning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 1870 yildagi 
32%dan XX asr boshiga kelib 18%ga tushib qoldi. 

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur’atlari qisqardi. 

An’anaviy tarmoqlar ham (tekstil, metallurgiya, ko‘mir) nisbatan tushkunlik 
holatiga tushdi. 

XIX asrda shakllangan 
ularning texnik asosi eskirgan bo‘lib, yangi 
texnikani ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan edi. 
Ingliz monopoliyalari. 
XIX asrning 80-90 yy.da birinchi ingliz 
monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik birlashmalar sanoatning 
quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi 
– elektrotexnika, quvur ishlab chiqarish, 
kimyo, harbiy va boshqalar.
Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti (Dinamit-Nobel, 
1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali, 1890 y.). Morgan moliyaviy guruhi 
qudratli ingliz-amerika kemasozlik trestini yaratdi. 
An’anaviy sanoat tarmoqlarida kam sonli kartellar “savdo 
assotsiatsiyalari” ko‘rinishida vujudga keldi. 
Paxtani qayta ishlash sanoati uchun matoga ishlov berish va bo‘yash 
bo‘yicha alohida monopoliyalar yaratish xarakterli edi. 
Mustamlakalar. 
XIX asr o‘rtalariga kelib Angliya qudratli ishlab-
chiqarish texnik bazadan tashqari katta mustamlaka yerlariga egalikni qo‘lga 
kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli qaram hududlarni ekspluatatsiyasi 
evaziga ta’minlanar edi. Mahalliy aholini talon-taroj qilish, noekvivalent 
ayirboshlov, ko‘psonli soliq to‘lovlari keng tarqalgan edi. Mustamlakalardagi 
yerosti va yer usti boyliklari talon-taroj qilindi.
Mustamlakalardan o‘ta past narxlarda zarur xom ashyo va oziq-ovqat 
mahsulotlari olib kelina
rdi. O‘z navbatida, bepoyon Britaniya mustamlaka 
imperiyasi ingliz tovarlarini monopol narxlarda daromadli sotishning katta 
bozori hisoblanar edi. 
Bu davrda Britaniya imperiyasining durdonasi hisoblangan Hindiston 
to‘liq bosib olindi. Hindistonda Britaniya imperiyasi aholisining 70% istiqomat 
qilardi. 1860 yilga kelib ushbu hududda 6,5 mln.kv.km. maydonda 145 
mln.kishi yashardi. 
Savdo siyosati. 

industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini oshirib Angliyani «dunyoning 
fabrikasi»ga aylantirdi va tashqi savdo siyosatining yo‘nalishlarini 
o‘zgartirdi 

Angliya sanoat rivoji bo‘yicha boshqa mamlakatlarni o‘zib o‘tib 
raqobatdan cho‘chimas edi. 

proteksionizmdan 
fritrederlikka
1
 
(erkin savdoga) o‘tish mamlakat 
iqtisodiyotini 
yanada 
rivojlanishiga, 
kapitalni 
jamg‘arilishiga, 
industirlashtirish sur’atlarini o‘sishiga sababchi bo‘ldi. 
1
Кустова Т.Н., Камакина О.В. История экономики: Учебное пособие / РГАТА.- 
Рыбинск, 2001.- С. 56.



xom ashyoning arzon narxlari jahon bozorida ingliz tovarlarining 
raqobatbardoshligini oshirdi, ingliz tovarlariga bojlarni pasayishiga olib 
keldi 

Angliyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi mamlakatning ichki 
ehtiyojlaridan ancha ko‘p bo‘lib, sanoat mahsulotlari eksportini 
kengaytirdi. 

XIX asrda Angliya tashqi savdo operatsiyalari hajmi bo‘yicha etakchilik 
qildi. 1800-1870 yy.da tashqi savdo oboroti 7 marotaba (85 mln.dan 611 
mln.f.st.gacha) o‘sdi. 

eksport tovarlari ichida tekstil, mashinalar, ko‘mir, qora metallurgiya 
mahsulotlari katta ulushga ega edi. 

xom ashyo (paxta, jun) va oziq-
ovqat (don, go‘sht va boshq.) import 
qilinardi. 

Download 451,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish