5-Mavzu: Farg’ona vodiysi ilm-fan rivojiga katta hissa qo’shgan olimlar yurti. Reja


Namangan viloyatidan yetishib chiqqan tarixchi olimlar



Download 192 Kb.
bet5/5
Sana01.01.2022
Hajmi192 Kb.
#294721
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarixchi olimlar 5- mavzu. mustaqil ish

Namangan viloyatidan yetishib chiqqan tarixchi olimlar.

Asqarov Ahmadali Asqarovich


O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.A.Askarov 1935-yil 25-sentabrda Namangan viloyati Norin tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek.

1957- yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.

Olim jamoatchilik asosida O‘zbek milliy “Kurash” assotsiatsiyasining raisi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotining laureati (1985 yil). 1992-yili “Mustakillik» esdalik nishoni bilan takdirlagan. 1993-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 50 yillik nishoni bilan, 2003-yil O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 60 yillik nishoni bilan, 1995-yilda T.N.Qori-Niyoziy nomidagi medal bilan taqdirlangan. 1995-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvonini olishga sazovor bo‘lgan.

Akademik A.Askarov 21 nafar shogird tayyorlagan. Ulardan 16 nafari fan nomzodlari va 5 nafari fan doktori.

Bronza va ilk temir davri qadimgi dexqonchilik va chorvachilik madaniyatlari, O‘zbekiston xududlarida ilk shaharsozlik madaniyati va o‘zbek xalki davlatchiligining ilk bosqichlari, o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi masalalar olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.

A.Asqarov birinchi o‘zbek arxeologi akademik Ya.G‘.G‘ulomov arxeologik ilmiy maktabining izchil davomchisi . “Bronza davrida quyi Zarafshon madaniyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, «Janubiy O‘zbekiston bronza davrida (qadimgi Sharq tamaddudining mahalliy o‘chog’ini tashkil topish muammosiga doir)» mavzusida doktorlik dissertatsiyani ximoya qilgan.

Akademik A.Asqarovning ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari 450 dan ortiq. Ularning 16 tasi monografiya. Umumiy ishlarning 50 dan ortigi xorijiy mamlakatlarda (ingliz, fransuz, nemis, yapon, fors va xitoy tillarida), 200 ga yaqin ishlar rus tilida chop etilgan. 1 ta o‘quv qo‘llanmasi, 8 ta o‘quv-uslubiy ishlari va 39 ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari o‘zbek tilida chop etilgan. Jumladan:


  1. Ibtidoiy madaniyat va Zarafshon etaklarida sug‘oriladigan dehqonchilikning vujudga kelishi (Pervobggnaya kultura i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana). -Toshkent: Fan, 1966. (xammualliflikda).

  2. Sapallitepa. - Toshkent: Fan, 1973.

  3. Сапаллитепа. - Тошкент: Фан, 1973.

  4. Древнеземледельческая культура эпохи бронзь) юга Узбекистана. -Ташкент: Фан, 1977.

  5. Поселение Кучуктепа. -Т.: Фан, 1979.

  6. (Ҳаммуаллифликда).

  7. Джаркутан.-Ташкент: Фан, 1983. (Ҳаммуаллифлиқда).

  8. Ранняя городская культура эпохи бронзь! юга Средней Азии. -Самарканд: Фан, 1993. (Ҳаммуаллифликда).

  9. Oriylar muammosi: yangicha qarashlar va yondashuvlar. “Uzbekiston tarixi moddiy madaniyat va yozma manbalarda. - Toshkent: Fan, 2005. - 69-80 betlar.

Akademik A.Asqarov ko‘p yillik ilmiy faoliyati davomida (1966-2003 yillar oralig‘ida) 80 dan ortiq xalqaro ilmiy ajumanlarda (Berlin, Parij, Nyu-York, Kyoln, Rim, Texron, Isfaxon, Anqara, Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Dushanbe, Alma-Ati, Bishkek, Ashxabad, Kiyev, Tbilisi, Baku, Riga, Minsk, Ufa, Yerevan va boshqalar) va 100 dan ortiq Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatini o‘rganishga bagishlangan ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etgan10.

Ashirov Adhamjon Azimboyevich


Tarix fanlari doktori A.A.Ashirov 1972-yil 11-noyabrda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1996-yilda Nizomiy nomidagi TDPUni tugatgan.

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: “Farg‘ona vodiy aholisi turmush tarzida qadimiy diniy e’tiqod izlari”, doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: “O’zbek xalqi an’anaviy turmush tarzida qadimiy diniy e’tiqodlar (Farg‘ona vodiysi materiallari asosida)”.

Tarix fanlari doktori (2009), katta ilmiy xodim (2011). O‘zR FA Tarix instituti Etnologiya bo‘limi boshlig‘i.

Diniy e’tiqodlar va marosimlar - olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.

A.Ashirov Toshkent Islom universiteti va Nizomiy nomidagi TDPUda “Etnologiya”, “O‘zbekiston tarixi”, "Markaziy Osiyo xalqlari dini, madaniyati va urf-odatlari” kabi fanlardan talabalarga ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.

A.A.Ashirov OAKning Falsafa, tarix va huquq fanlari bo‘yicha ekspert kengashi a’zosi va O‘zFA Tarix instituti huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zFA Yosh olimlar ilmiy Kengashi rais o‘rinbosari, Tarix instituti Yosh olimlari kengashi raisidir.

A.A. Ashirov 100 ziyod ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarni nashr etgan.

1. O‘zbek xalqining kadimiy e’tikod va marosimlari. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. - 272 b.

2. Kosonsoy tarixi (tarixiy lavhalar). - Toshkent, 2010. (H.Homidov va M.Umaraliyev bilan hammualiflikda).

3. Markaziy Osib xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi . (O‘kuv qo‘llanma). - Toshkent: Yangi nashr, 2011. - 326 bet. (A.Doniyorov va O.Bo‘riyev bilan hammualliflikda).

4. «Avesto» va zardushtiylarning oila-turmush marosimlari haqida // O’zbekiston , 2002. - №1. - B. 49-54.
Mavrulov Abduhalil Abdulhayevich
Tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov 1954-yil 9-avgustda Namangan viloyatida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1976-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Olim 1976-1977-yillarda Toshkent viloyati pedagogika institutida o‘z faoliyatini boshlagan. 1979-yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida avval o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 1994-yildan 2012-yilgacha institutning ma’naviy- ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab keldi.

A.Mavrulov 1993-yilda «Hozirgi bosqichda O‘zbekiston madaniyati: umumiy holati, muammolari, rivojlanish yo‘llari (70- yillarning o‘rtalari - 1990 yil)» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O‘zbekiston madaniyati, madaniyatshunoslik, madaniyat nazariyasi - olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi.

2006-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi Falsafa, huquq va tarix fanlari bo‘yicha Ekspert komissiyasi a’zosi, hozirda O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengash a’zosi.

Olimning ilmiy rahbarligida 12 nafar tadqiqotchi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. A.Mavrulov xorijiy ilmiy aloqalarda ham faol ishtirok etmoqda. Uning ilmiy rahbarligida Iordaniyalik ikki nafar tadqiqotchi fan nomzodi ilmiy darajasini himoya qilishgan. Xorijiy davlatlar, xususan Kiyev, Qozon, Chelyabinsk davlat madaniyat va san’at universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi ko‘krak nishoni va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi» nishoni bilan takdirlangan.

Ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarining umumiy soni 150 dan ortiq. Jumladan:


1. Ma’naviy soglomlashtrish davri. - Toshkent: O‘zbekiston, 1993.-136 b.

2. Ta’lim tizimida madaniyat masalalari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2004.- 108 b.

3. Madaniyat va tafakkur o‘zgarishlari. - Toshkent: Adolat, 2004.-114 6.

4. Madaniyat tarixi. - Toshkent: O‘qituvchi, 2007. - 136 b.

5. Ma’naviy barkamol inson tarbiyasi. - Toshkent: O‘zbekiston, 2008. - 96 b.

6. O‘zbekiston XX asr madaniy hayot: an’analar va transformatsiya jarayonlari . Toshkent, 2010. (Hammualif).

7. O‘zbekiston tarixi. - Toshkent: O‘kituachi, 2000-2008.

Murtazoyeva Rahbarxon Hamidovna


Tarix fanlari doktori, professor R.H.Murtazayeva 1950-yil 20-mart kuni Namangan shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1972 yilda ToshDUning tarix fakultetini tamomlagan.

Olima 1972-1975-yillar davomida ToshDUning aspiranturasida o‘qigan.

1975-yilda “O‘zbekiston mehnatkashlarining baynalminal tarbiyasi” mavzusida nomzodlik, 1990 -yilda esa “O’rta Osiyo respublikalaridagi millatlararo munosabatlarning iqtisodiy asosi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

R.H.Murtazayeva 1976-yildan mehnat faoliyatini ToshDUda boshlab to hozirgi kunga qadar ilmiy-pedagogik faoliyatini ushbu dargoh (O‘zbekiston Milliy universiteti) bilan chambarchas bog‘ladi.

R.H.Murtazayeva 1993-yildan to hozirgi kunga qadar O‘zMU tarix fakulteti «O‘zbekiston tarixi» (sobiq fakultetlararo) kafedrasi mudiri lavozimida uzliksiz ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda.

R.H.Murtazayeva 1995-2004-yillar mobaynida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ma’naviy-ma’rifiy va gumanitar ta’lim ishlari bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib, respublika ta’lim tizimi sohasida, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq etishga munosib hissasini qo‘shdi. Shu davrda universitet ta’lim va o‘qitish tizimidagi ko‘plab ijobiy o‘zgarish va yangilanishlarda olimaning hissasi katta bo‘ldi.

O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar, kam sonli millatlar va bag‘rikenglik, tarixiy-demografik jarayonlar, ta’lim tizimi masalalari olimaning asosiy ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi. Uning tashabbusi bilan 2006-yili universitetda “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi ochildi. Olima “Millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik tarixi” ilmiy maktabining asoschisi hisoblanib, bu sohada ko‘plab salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

R.H.Murtazayevaning ilmiy rahbarligida hozirgi kunga kelib 10 nafar tadqiqotchi doktorlik va 20 nafar tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasi ustida o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali ravishda davom ettirmoqdalar. Hozirgi davrga qadar professor R.H.Murtazayeva rahbarligida 3 nafar fan doktori, 25 nafar fan nomzodlari tayyorlangan.

Uzoq yillar samarali ilmiy va pedagogik faoliyati munosib baholangan xolda olima 1995-yili O‘zbekiston Respublikasining “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

R.H.Murtazayeva mustaqillik davrida respublikada birinchilardan “O‘zbekiston tarixi” fanini oliy ta’lim o‘quv dasturiga kiritish tarafdori bo‘lib, uning rahbarligida ilk bor milliy istiqlol ruhi aks etgan, avvalo, O’zbekiston tarixidan ma’ruzalar matni, so‘ngra o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashr etildi. Bu o‘z navbatida olimani va uning boshchiligidagi ilmiy- pedagogik jamoani 2000-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishiga sabab bo‘ldi.

Milliy universitet tarixi mavzusi R.H.Murtazayeva rahbarlik qilayotgan kafedra jamoasi ilmiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi . Shu bois universitetning qator tavallud yoshlariga bagishlangan adabiyot va risolalarda olimaning katta hissasi bor. Jumladan, 2008-yili O‘zMU tavalludining 90 yilligiga bagishlangan xalqaro anjumanda R.H.Murtazayevaning chiqishi ilmiy jamoatchilikda katta qiziqish uygotdi.

Olima bir necha yillardan buyon bevosita ilmiy fundamental va innovatsion loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar Markazining 2005-yil 27-dekabrdagi farmoyishiga ko‘ra “O‘zbekistonda demokratik jarayonlar va millatlararo bagrikenglik: tarix va hozirgi zamon” kitobi uchun professor R.H.Murtazayeva kitobning xammualliflari bilan birgalikda 2005-yilgi tanlovining “Jahon fani yutuqlari darajasida bajarilgan fundamental tadqiqotlar tanlovning g‘olibi bo‘lgan11.

2008-yili may oyida professor R.H.Murtazayeva Xitoy poytaxti Pekinda joylashgan Millatlar Markaziy universiteti ilmiy jamoatchiligiga, magistrant, aspirant va doktorantlariga “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik” mavzusida ma’ruzalar turkumini o‘qidi.

Olima 2001-2004-yillarda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati sifatida poytaxt ijtimoiy-siyosiy xayotida faol ishtirok etdi. R.H.Murtazayeva 1996-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti xuzurida faoliyat ko‘rsatayotgan D.015.09.01 rakamli Birlashgan Ixtisoslashgan kengash raisi muovini, xozirgi kunga kadar shu kengash a’zosi, shuningdek, institut xuzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi xamdir. Professor R.H.Murtazayeva 1999-yildan to xozirgi kunga qadar uzluksiz ravishda O‘zbekiston Milliy universiteti xuzurida faoliyat ko‘rsatayotgan K.067.02.12 raqamli Ixtisoslashgan kengash raisi sifatida respublikada ilmiy kadrlar tayyorlash jarayoniga munosib hissasini ko‘shib kelmokda.

Olima 2008-yildan beri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiklashtiruvchn kengashning gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv - uslubiy komissiyasi raisi.

R.H.Murtaeayeva 2009-yil may oyidan O‘zbekiston Respublikasi Xotin- qizlar “OLIMA” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, olima “Zulfiya” mukofotini taqdim etish bo‘yicha Davlat komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi xotin-kizlar qo‘mitasi Rayosatining a’zosi.

R.H.Murtazayeva bir qator xalqaro va respublika mikyosidagi anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Italiya (Boloni), Germanmya (Darmshtadt), Xitoy Halq Respublikasi (Pekin), Rossiya (Saranek), Qozog‘iston (Alma-ota)da bo‘lgan xalqaro anjumanlarda, Xiva. Buxoro, Samarkand, Marg‘ilon, Toshkent shaharlari yubileylariga bagishlagan xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan . Oliy ta’lim soxasi jarayonlarida faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Milliy universitetining “Yuksak xizmatlari uchun " ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Professor R.H.Murtazayeva tashabbusi va rahbarligida bir qator respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi. U tomonidan yaratilgan “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bagrikeng‘lik" fani Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2007/2008-o‘quv yilidan boshlab respublika oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari magistrantlari uchun asosiy fan sifatida o‘qitilib kelinmoqda.



Professor R. H.Murtazayeva 200 dan ziyod ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlariga ega.

  1. Узбекистан многонациональнь историко-демографический аспект. Соавтор О.Ата-Мирзаеа, В. Гентшке. — Ташкент: Абу Али Ибн Сино, 1998. - 160 с.; 2-ое дополненное издание . -Ташкент: Янги аср авлоди,, 2011. -251 с.

  2. Экономиқа-основа интернационального единства (на материалах республиқ Средней Азии. 1946-1958 гг.). -Ташкент: Узбекистан, 1998. - 155 с.

  3. Историқо-демографические очерқи урбаниации Узбекистана. В соавтор. О.Ата-Мирзаев, В.Генгшке, А.Салиев. - Ташкент: Университет, 2002. - 125 с.

  4. Узбекистон тарихи (Олий ўkув юртларининг номутахассис фақультетлари учун дарслиқ). Масъул муҳаррир ва муаллиф. Хдмқорликда). -Тошкент: Янги асравлоди, 2003. -674 б.

  5. Межнациональная толерантность в Узбекистане: история и современность. В соавторстве О. Ата-Мирзаев, В. Гентшке. - Ташкекг: Универснгет, 2004. - 179с.

  6. Толерантность как интегрируюший фактор вмного национальном Узбекистане. -Т.: Узбекистан. 2010. - 150 с.

  7. Университетское образование в Узбекистане в условиях глобализации // Материаль! междунар. науч. конф. «Роль Нзционального университета в развитии системь! вьюшего образования и науки в Узбекистане», посвяшенной 90-летию Национального университета Узбекистана, 22-23 августа 2008.- С. 325-329.

  8. Мирзо Улугбек даврида ўзбек даилатчилиги // Мирзо Улугбекнинг жаҳон илм-фани ривожига қўшган ҳиссаси. Халқаро илмий қонф. маърузалари.- Самарқанд, 2009 йил 9-11 июнь.

  9. Хотин-қизлар илмий салоҳиятининг юқсалиши - жамиятда барқарорлиқ ва хамжихатлиқни мустаҳқамлаш омили // Мустақил Узбеқистонда давлат ва жамият қурилишида аёлларнинг роли. Илмий-амалий анжуман . -Т., 2009 25 август.

  10. К нопросу об особенностях менталитета узбеқов. - “Эгнос ва маданият: анъанавийлиқ ва замонавийлиқ” мавзусидаги Ақадемиқ Карим Шониёзов ўқишлари турқумида V Республиқа илмий -амалий анжумани. -Тошқенг, 2010 йил. 140-144 бб.

  11. История Узбекистана. Учебник для студентов вьюших учебннх заведений. Ответ.редактор и соавтор. - Ташкент: Ғап ^а 1ехпо1о§1уа, 2011. - 367 с.

  12. Влияние миграции на национальньЙ состав и численность населения Республики Узбекистан. // ЎзМУ хабарлари, 2011 йил, махсус сон, 242-250 бетлар.

  13. Преподавание истории Узбекистана в вьюших учебнмх заведениях на новом уровне - веление времени. - Материаль! Международной научно-практической конференции: «Проблемь! и лерспективь! исторической науки». Алматьқ 18 марта 2011 г. - Алматм, 2011.

  14. Мустаҳкам оила - давлат ва жамият асоси. - Илмли аёл - мустаҳкам оила таянчи мавзусидаги минтакавий илмий-амалий конференция материаллари. 2012 йил 13 апрель . - Тошкент - Урганч, 2012. 10-17 бетлар12.

Nazarov Salohiddin Alijonovich


Tarix fani doktori, professor Nazarov Saloxiddin Alijonovich 1930-yil 1-yanvarda Namangan shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1953-yili O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan.

16 nafar fan nomzodini tayyorlagan. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar - olimning ilmiy yo‘nalishi.

1960-yilda «Руководство партийньм и государственньм строительством в Средней Азии (1918 1924 гг) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1969-yilda ««Партийное строительство в Средней Азии (1918-1934 гг.)»mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya kilgan.

Olim arxeologiya va tarix sohalarida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. Olimning ilmiy tadqiqotlari katta amaliy axamiyatga molikdir. Uning arxeologik izlanishlari tufayli Qizilqumga tutashgan qadimgi sug‘orilgan yerlar aniqlanib, ular qayta o‘zlashtirildi. Olim 350 ga yaqin ilmiy maqolalar, ko‘plab kitob, risola va bir necha darslik hamda o‘quv-qo‘llanmalar muallifidir.

50 dan ortik ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi hamdir. Uning bir qancha asarlari chet ellarda ham nashr etilgan. U respublika va xorijiy mamlakatlar simpozium va anjumanlarida ilmiy ma’ruzalar bilan katnashib kelmoqda. 

Rasulov Abdulla Nuritdinovich
Tarix fanlari doktori, professor A.N.Rasulov 1959 yili 1 yanvarda Namangan shaharda tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1985 yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan.

1984-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi hay’atining faxriy yorlig‘i; 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. A.N.Rasulov 2 nafar fan nomzodini tayyorlagan. O‘zbekistonning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixi, O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar: muammo va yechimlar borasida ilmiy tadqiqotlar - olimning ilmiy yo‘nalishi hisoblanadi13.

A.N.Rasulov 1990-yilda «Интернационгшьная помошь партийньж орггнизгций, трудяшихся Средневолжского региона народам Туркестана (1918-1924 гг.)» mavzusida nomzodlik, 2005-yilda «Turkiston va Volgabo‘yi, Uraloldi xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi (1917-1924 yy.)» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarni himoya kilgan.

Bir qator ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarning muallifi. Jumladan:

1. Turkiston va Volgabo‘yi, Uraloldi xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar (1917-1924 yillar). -Toshkent: Universitet, 2005.

2. Inqilob manfaatlari himoyachisi // Jamiyat va boshkaruv, 2006, -100 102.

3. Ixtiyoriy-majburiy qo’shilish .Tarix tilga kirganda. Davriy to‘plam. -Namangan, 2007.-№1.-B. 58-65.

4. XX asr boshlaridagi o‘zbek xalqining boshqird xalqiga insonparvarlik yordami // SamDU Ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi, 2007, №2, - B . 32-35.

5. Tarix fanining ilmiy tadqiqot asoslari va uslubiyati (o‘quv-ko‘llanma). - Namangan, 2008. - 123 b

Yusupov Ibrohimjon Yunusovich

Tarix fanlari doktori, professor I.Yu.Yusupov 5-dekabr 1942-yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Xolmatov qishlog‘ida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1967- yilda Toshkent davlat chet tillari institutini tamomlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i (1991-yil), Tibbiyot a’lochisi (2000-yil), “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik belgisi” nishoni (2001-yil), “Do‘stlik” ordeni (2001 yil), Xalq ta’limi a’lochisi (2001 yil, "O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil" ko‘krak nishonlari (2011 yil) bilan taqdirlangan.

Mustamlaka davlatlarida ozodlik uchun kurash tarixi - olimning ilmiy yo‘nalishi qisoblanadi.

«Milliy ozodlik revolyutsiyasida Gvineya Demokratik partiyasining roli» mazusida nomzodlik, 1985-yilda esa «Afrikadagi ozodlik uchun xarakatlarida Demokratik partiyalarning roli ( Gvineya, Mali va Jazoir respublikalari misolida)» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini ximoya qilgan. Olim xozirgi kunda Namangan viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyi direktori.

I.Yu.Yusupov 60 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etgan. Jumladan:

1. Namangan viloyati me’moriy obidalari sirlari. - Namangan: Namangan nashriyoti, 2008. - 87 b.

2. Axsikent. - Toshkent: “Mumtoz so‘z” nashriyoti, 2009, - 149 b.

3. Namangan shahar tarixidan lavxalar. - Namangan: Namangan nashriyoti, 2010. - 110 b.

4. Axsikent // Moziydan sado, 2010. - № I.

5. Munchoqtepa // Moziydan sado, 2011. -№ 3.


Savol va topshiriqlar:



  1. Farg’ona vodiysi tarixi to’g’risida ma’lumotlar keltiring.

  2. Qo’qon tarixshunoslik maktabi namoyondalarini sanab bering.

  3. Xozirgi kunda faoliyat olib borayotgan tarixchi olimlardan kimlarni bilasiz?

  4. Vodiy tarixiga oid ilmiy maqola va qo’llanmalardan ma’lumotlar keltiring.

  5. Farg’ona vodiysida joylashgan tarixiy obidalarga doir ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullangan tarixchi olimlarni sanab bering.

1Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари.- Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998.12-бет

2Мирзиёев.Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом еттириб, янги босқичга кўтарамиз.-Тошкент.: -“Ўзбекистон”, 2017.-592 Б.

3O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet.

4O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet.

5O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

6O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

7O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet.

8O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet.

9O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

10O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

11O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

12O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

13 O’zbekiston tarixchilari I jild ( Bibliografik ma’lumotnoma ). –Toshkent.:-“Fan va Texnologiya” , 2012.-246 bet

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish