Andion davlat universiteti “Tarix” fakulteti “O`zbekiston tarixi” kafedrasi “O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan



Download 1,25 Mb.
Sana10.02.2022
Hajmi1,25 Mb.
#441649
Bog'liq
resources-4
Тесты по русскому языку, psixologik faoliyatda manipulyatsiya muammosi, modul, 2 mavzu Logo SaribayevaJ EshquvvatovaU QobiljonovaM Gaziyeva M Saidikramova, 5-синф, 77, ZENKER TIPLARI, Mashinasozlik chizmalarini o‘qish va bajarish., Topografik chizmachilik. Murodov Sh. Ismatullayev R, Suyuqliklarning laminar harakati, Участка бошлики, Umumiy pedagogika ma\'ruza, tasviriy sanat darslarida oquvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish, Vaqtli qatorlarning additiv va multiplikativ modellari

5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Reja:
Mustaqil O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik
O‘zbekiston Respublikasida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilish, kelajagini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. O‘tish davrida O‘zbekiston o‘zining mustaqil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida davlat hokimiyatining turli tuzilmalarida o‘zgarishlar yuz berdi. Ma’lumki, mamlakatimizda milliy davlat boshqaruvi tizimini barpo etishning asoslari O‘zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida qayd qilingan. Xususan, bosh Qomusimizning 11-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Rеspublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi printsiplariga asoslanadi», deb ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati sudlar amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Birinchi davr: 1991-1994 yillar.
Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. O‘zbеkiston 1991 yil 1 sеntyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat
hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamеntni
rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamеntarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi.
  • Birinchi davr: 1991-1994 yillar.
  • Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar.
  • Uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning bir palatali parlament sifatida
faoliyati (1994-2004-yillar).
1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25- dekabr, 1995-yil 8 va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995-1999-yillarda faoliyat koʻrsatgan.
2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dekabrda boʻlib oʻtgan va u 2000 - 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament faoliyati:
Xalqaro huquqiy tamoyillar va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda davr talabi bilan siyosiy islohotlar kengaytirilib, O‘zbekistonda bir palatali parlament tizimidan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu jarayon muayyan davrni tashkil etdi. 2000-yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bunda Prezident Islom Karimov o‘zining «O‘zgarish va yangilanish – hayot talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada takomillashtirishninazarda tutgan g‘oyadir.
«O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zbekiston XDP)»
1991-yil 14-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda XXIII s’yezdi bo‘lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot – «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi»ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi. 1991-yil 1-noyabr Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida O‘zbekiston XDP ga asos solingan. Bu quriltoyida partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP ning «O‘zbekiston ovozi», «Голос Узбекистана» gazetalari va «Muloqot» jurnali nashr etilmoqda. Veb manzili: https://xdp.uz/
O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi
1995-yil 18-fevralda Toshkentda bo‘lgan I ta’sis qurultoyida tuzildi, uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda «Adolat» SDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: https://www.adolat.uz/
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP)
1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 1995-yil 9-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi partiyani ro‘yxatga olgan. Partiyaning «Milliy tiklanish» haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: https://mt.uz/
O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep)
2003-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. Unda partiya Nizomi va Dasturi ham tasdiqlandi. Partiyaning asosiy maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. O‘zLiDepning «XXI asr» haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili: https://uzlidep.uz/
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
2019-yilning 8-yanvarda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-yanvar kuni 864-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Veb manzili: https://ecouz.uz/
E`TIBORINGGIZ UCHUN RAHMat
Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti