5-Mavzu: Farg’ona vodiysi ilm-fan rivojiga katta hissa qo’shgan olimlar yurti. Reja


Andijon viloyatidan yetishib chiqqan tarixchi olimlar



Download 192 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi192 Kb.
#294721
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarixchi olimlar 5- mavzu. mustaqil ish

Andijon viloyatidan yetishib chiqqan tarixchi olimlar.

Abdullayev Ulug’bek Saydanovich


Tarix fanlari doktori U.S.Abdullayev 1956-yilning 8-avgustida Andijon viloyati, Jalalquduk tumanida tug‘ilgan. Millati o’zbek. Olim 1983-yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning tarix fakultetini tamomlagan.

1983-1984-yillarda O‘zR FA Tarix institutida katta laborant, bo‘lib ishlagan. 1984-1986-yillarda stajor tadqiqotchi sifatida SSSR FA Mikluxo-Maklay nomidagi Etnografiya institutida taxsil olgan. 1986-1990-yillarda O‘zR FA Tarix instituti aspiranturasida o‘qib, 1990-1991-institutning kichik ilmiy xodimi, 1991-1992 yillarda ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U.S.Abdullayev 1992-yilda “Farg‘ona vodiysi qishloq joylarida an’naviy va zamonaviy etnoslararo aloqalar” mavzusida nomzodlik, 2006-yilda esa “Farg‘ona vodiysida etnoslararo jarayonlar (X1X-XX asr boshlari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini ximoya qilgan.

1992-1999-yillar mobaynida Andijon muhandislik- iqtisodiyot institutida (sobiq AIBI) o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Hozirda Andijon mashinasozlik institutida prorektor lavozimida ishlamoqda.

70 dan ortik ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar nashr etgan. Shu jumladan:


  1. Fargona vodiysida etnoslararo jarayonlar (XIX-XX asr boshlari). Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005. (Monografiya).

  2. Этнологияда терминапогия масалалари. Ўзбекистон этнологияси: янгича қарашлар ва ёндашувлар. -Тошкент, 2004

  3. Фарғона водийсидаги этнослараро муносабатлар тарихидан. //2002 № 5.

  4. Фарғона водийсида этнолингвистик жараёнлар. // Марказий Осиёда анъанавий ва замонавий этномаданий жараёнлар. - Тошкент, 2005. 2-кисм

  5. Этнологиянинг баъзи бир назарий масалалари. // 2002. - № 1.

  6. Фарғона водийси халкларининг хўжалик фаолияти сохасидаги ўзаро муносабатлар тарихидан. // 2002. - № 4.

  7. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар (ХIХ-ХХ аср бошлари). Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. (Монография).

  8. Хозяйственно-торговме взаимосвязи народов Фарганской долинм в конце ХIХ-начале XX века. // Обшественнме науки в Узбекистане, 199Ғ-№2.

Ag’zamxo’jayev Saidakbar Saidovich


Tarix fanlari doktori, professor S.S.Ag’zamxo’jayev 1953-yil 2-mayda Andijon shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. 1977-yilda Toshkent davlat unnversiteti Shark fakultetining arab bo‘limini tugatgan.

Олим 1977-1989-йилларда у ЎзФА Тарих институтида илмий ходим лавозимида ишлаган. 1974-1976 ва 1980-1983-йиллар давомида икки маротаба Ироқ Республикасида араб тилидан таржимон сифатида хизмат сафарида бўлган.

U 1988-yil Узбекистан в сотрудничестве СССР с развиваюшимися странами Азии и Африки в области здравоохранения (1961-1985 гг.)”mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

1989-1993-yillarda Moskva va Toshkentda doktoranturani o‘tadi.

1993-1994-yillarda Toshkent davlat sharkshunoslik institutining tarix fakultetida, 1994-1997-yillarda esa O‘zR FA Tarix institutida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

1996-yilda "Туркистон Мухторияти: борьба за свободу и независимость (1917-1918 гг.)" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilib, 2002-yilda professor ilmiy unnonini olgan.

S.S. Ag’zamxo’jayev 1997-1999-yillarda Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining "Tarix, falsafa va madaniyatshunoslik" kafedrasi dotsenti va "Jaxon ijtimoiy- siyosiy tarixi" kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan5.

1999-2008-yillarda Toshkent Islom universiteti "Islom tarixi va falsafasi" fakulteti dekani, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor, "Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" hamda “Dinshunoslik” kafedralari mudiri, 2008-yildan to hozirgi vaqtgacha Toshkent Islom universitetida “Tarix” kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

2006-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Uning rahbarligida 2 nafar fan nomzodi yetishib chiqdi. Hozirgi vaqtda 8 nafar tadqiqotchiga rahbarlik qilmoqda. S.S.Ag’zamxo’jayev bir qator xalqaro konferensiya va seminarlarda muntazam ravishda qatnashib, tarix va islomshunoslik bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishlari yuzasidan 3 ta monografiya, 10 ta o‘quv-uslubiy dastur va qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalarni nashrdan chiqardi.

Alimov Ibrohim Abdug’afforovich


Tarix fanlari doktori, professor I.A.Alimov 1935-yil 5-aprel kuni Andijon shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1953-1958-yillarda Moskva davlat arxiv institutida tahsil olgan.

1958-1959-yillari sobik O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivining katta ilmiy xodimi, 1954-1964-yillarda O‘zbekiston SSR ministrlar soveti xuzuridagi Arxiv boshqarmasi hujjatlaridan foydalanish va e’lon qilish bo‘limining mudiri, 1965-1973-yillari esa O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivining direktori lavozimida ishladi. 1966-yilda “Toshkent viloyatida yer-suv islohoti (1925-1926 y.y.)” mavzusida nomzodlik, 1980-yili O‘zSSR FA Tarix institutida “Xorazm va Buxoro xalq sovet respublikalarida agrar isloxotlarning tarixiy tajribasi (1920-1924 y.y.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.

1986-1989-yillari Andijon davlat pedagogika institutida kafedra mudiri, 1989-1996-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida “O‘zbekistonning 1940-1980-yillar davridagi tarixi” bo‘limining mudiri lavozimida, 1996-2001-yillari esa Andijon davlat universitetining “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri lavozimida, 2001-2008-yillarda shu kafedrada professor bo‘lib ishladi. 2008-yildan hozirgacha Andijon davlat universiteti “Umumiy tarix” kafedrasi professori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda professor I.A.Alimov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi K.067.02.12 raqamli O‘zbekiston tarixi bo‘yicha ixtisoslashgan kengash a’zosi sifatida bir necha yillardan buyon faoliyat ko‘rsatmokda.

Ustozning raxbarligida sakkizta doktorlik va o‘ndan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi.

Professor I.A.Alimov ilmiy tadqiqotlarining bosh yo‘nalishi O‘zbekiston, BXSR va XXSR dagi agrar islohotlar tarixini o‘rganishdan iboratdir.Tarixchi, arxivshunos va arxiv ishlarining bilimdoni bo‘lgan I.Alimovning ilmiy tadqiqotlari arxiv manbalari, mahalliy, respublika va sobiq ittifoq davlatlari hamda partiya arxivlari materiallarini chuqur va keng ko‘lamda o‘rganishga asoslanadi.

I.A.Alimovning e’lon qilingan asarlari bibliografiyasi 250 dan ortiq nomda bo‘lib, quyidagilar shular jumlasidandir:


    1. Arxivshunoslik.O‘quv vo‘llanma. -Andijon, 2005.-60b.

  1. Andijondagi jome madrasasini kim qurgan? -Andijon yoshlari.-№ 13-15 (144). 30-avgust 2008-yil.

  2. Fargona vodiysi jadidlari tarixidan. -Fargona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda mavzuidagi respublika ilmiy materiallari. Fargona: FarDU, 2009. B. 217-221.

    1. O’zbekistonda vaqf mulklarining tugatilishi tarixi (1917-1929-yillar). -T.: Fan, 2009. - B. 222.

  3. Buxoro Respublikasidagi vaqf mulklari tarixidan.-Ilmiy xabarnoma. Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. - № 2. -Andijon, 2009. 57-61 b.

  4. Qo‘qon xonligi: Qo‘qon mulkining madrasalari tarixidan.-Ilmiy xabarnoma. Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. - № 4. 2010. - B. 53 - 58.

  5. Xorazm respublikasida vaqf sohasidagi o’zgarishlar.-Ilmiy xabarnoma. Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti. № 1. -Andijon, 2010. -B.53-58.

Ahmedov Bo’riboy Ahmedovich

B.Ahmedov tarixchi-sharqshunos, mantshunos va manbashunos olim, tarix fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi FA akademigi, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi.

2002-yil 16-mayda vafot etgan.

1924-yil 1- avgustda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida Qorasuv qishlog‘ida tug‘ilgan. 1948-1953-yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti (xozirgi O‘zMU)ning sharq fakultetida o‘qib, uning tarix bo‘limini tamomladi. 1953-1957-yillar mobaynida o‘rta maktabda direktor va tarix o‘kituvchisi bo‘lib ishladi. 1957-1960- yillarda Leningrad davlat universiteti qoshidagi aspiranturada tahsil olgan. 1961- yilda Leningradda “Государство кочевых узбеков при Абу-л-хайр-хане” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va 1974-yilda “Балхские ханства в XVI - перв. половине XVIII вв.” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Olim 1960-yildan vafotiga kadar O‘zbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida xizmat qilib keldi. Temuriylar Davlat muzeyi direktori, Amir Temur jamg‘armasi raisi lavozimlarida faoaliyat ko‘rsatagan.

U Toshkent davlat sharqshunoslik hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida tuzilgan Ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi bo‘lgan. Shu bilan birga, “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar”, “Sharq yulduzi”, “Muloqot”, “Sirli olam”, “Sharq mash’ali” kabi jurnallarning taxrir hayati a’zosi hamda “O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash” va “Respublika qadriyat va ma’naviyat” jamiyatlari boshqarmasi a’zosi sifatida amiyatga molik ishlar olib borgan.

Ilmiy yo‘nalishi: O‘zbeqiston xalqlari va madaniyati tarixi, O‘rta Osiyo xalqlari va o‘rta asrlar adabiyoti, Temur va temuriylar davri tarixi. Ko‘plab monogrsafiyalar, ilmiy-ommabop kitob va risolalar hamda ilmiy va ma’rifiy maqolalar muallifi. Sharq qo‘lyozmalarini, O‘zbekiston xalqlarining madaniy merosini o‘rganish bo‘yicha bir qancha xalqaro simpozium va konferensiyalar qatnashchisi.

O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Berunny nomidagi Davlat mukofoti sohibi (1989), O‘zbekiston Respublikasi FA xaqiqiy a’zosi (1995), Ikkinchu jahon urushi qatnashchisi (1942-1945), «Do‘stlik» (1997) va «Buyuk xizmatlari uchun » (1999) ordenlari va bir qancha medullar bilan taqdirlangan.

U 1989-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining muhbir va 1995 yilda xaqiqiy a’zoligiga saylanadi

40 dan ortiq fan doktori va fan nomzodini yetishtirgan.


  1. Ўзбекларининг келиб чиқиши тарихидан. - Ташкент, 1963.

  2. Государство кочевых узбеков. - М., 1965.

  3. Хофиз Таниш Бухорий. “Абдулланома”, I-II. -Ташкент, 1966.

  4. Маҳмуд нби Вали. - Ташкент, 1977.

  5. Давлатшоҳ Самаркандий. Шоирлар бўстони. - Ташкент, 1981.

  6. История Балха. - Ташкент, 1982.

  7. Ўзбекистон тарихий манбалари.-Ташкент, 1991

  8. Ўзбек улуси. - Ташкент, 1992.

  9. Улуғбек (эссе).-Тошкент, 1989.

  10. Ахмедов.Б.А. Ўзбекистоннинг атоқли тарихшунос олимлари. –Тошкент.: “Чўлпон” , 20036.

Qodirov Raximjon
Tarix fanlari doktori, professor R.Qodirov 1950-yil 5-fevralda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. Millati o’zbek. 1971-yilda ToshDUning sharq fakulteti xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi bo‘limini tamomlagan.

R.Qodirov 1971-yildan boshlab mazkur fakultetning Shaq mamlakatlari tarixi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va 1981-yildan boshlab dotsent lavozimida ishlab kelgan.

R.Qodirov 1973-1976-yillar sobiq SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil ko‘rdi. 1977-yilda “Крестьянство в социально-политической жизни Ирака между двумя мировими войнами” nomli mavzuda nomzodlik, 1993-yilda esa “Основнме аспекть! эволюции аграрно-крестьянской проблеми в Ираке (конец Х1Х-ХХ вв.)” degan mavzudagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya kildi.

R.Qodirov 1991-1992-yillar fakultet negizida tashkil etilgan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarix fakulteti dekani va 1992-1993-yillar davomida institutning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori vazifalarida xizmat qildi. U 1993-yildan xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasining professori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab, arab mamlakatlarining tashqi siyosati mavzui bo‘yicha ilmiy ishlar olib bordi. Hozirgi kunda Tashqi ishlar vazirligida bo‘lim boshlig’i vazifasida ishlamoqda. Asosiy ilmiy ishlari:



  1. Развитие национапьной нефтяной промишленности Иракской Республики. // Труди ТашГУ. Вмт. 456. Востоковедение, 1973. - С. 1-^^^156.

  2. Очерки об Ираке. // Азия и Африка сегодня. -М., 1976. - № 6.

  3. Қрестьянские движения в Ираке между двумя мировмми войнами. // Трудм ТашГУ. Вьш. 497. Востоковедение, 1976. - С. 156-162.

  4. Социально-эномическая структура в период между двумя Мировмми Войнами. // Трудм ТашГУ. Вмт. 546. Востоковедение, 1977.-С. 130-137.

  5. Ирак: жизнь озерньш арабов . // Маяк Востока. - Ташкент, 1992 - № 3-4.

  6. Умей богатством распорядиться. // Жизнь и экономика, 1992.-№ 10.

  7. Об аграрной экономике арабских стран. // Жизнь и экономика, 1992. - №8.

  8. Зеленая революция в азиатских странах // Сборник трудов Тошкентского государственного института востоковедения. -Ташкент, 1992. - №3

  9. Дажла ва Фурот оралиғида. // Шарқ машьали. - Тошкент, 1992. - №3-4.

Культура солидарности и геополитическая культура . - Токио, 2002. - 25 с.
QOSIMOV ANVAR MAHMUDOVICH
Tarix fanlari doktori, professor A.M.Qosimov 1936-yil 13-aprelda Andijon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1958-yilda ToshDUning sharq fakultetini tamomlagan.

Olim 1958-1962-yillarda Moskvadagi sobiq SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida taxsil olgan. 1962-yilda “Janubiy Hindistonning XVIII asrdagi tarixi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1963-1965-yillar mobaynida O‘zFA Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim bo‘lib xizmat qilib, 1965-yildan ToshDU qoshidagi chet ellik studentlar uchun mo‘ljallangan fakultetida dekan lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Keyingi yillar u davlat tashkilotlarida xizmat qiladi. 1971-1973-yillar davomida A.Qosimov Moskva diplomatiya akademiyasida tahsil ko‘radi.

A.Qosimov 1973-1974-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida mas’ul kotib vazifasida xizmat qiladi. 1974-1978-yillarda esa, Turkiyadagi Sovet elchixonasida birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi lavozimlarida ishlaydi. 1978-1979-yillarda sobiq ittifoq Tashqi ishlar vazirligida maslahatchi vazifasida ishladi. 1979-yildan O‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo‘mitasida mas’ul lavozimlarda hizmat qildi.

A.Qosimov 1988-yilda Moskva davlat pedagogika institutining ilmiy kengashida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi

1967-yilda olimga dotsent va 1991-yilda professor ilmiy unvonlar berilgan.

1991-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xalqaro munosabatlar kafedrasiga mudir etib saylangan.

A.Qosimov urdu, turk va ingliz tillarini mukammal biladi. Olim Turkistonda tashkil etilgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomli xalqaro qozoq - turk universitetining faxriy professori.

A.Qosimov respublika jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda. Uning bevosita tashabbusi bilan O‘zbekistonda “Turk madaniyati markazi” tashkil qilingan. O‘zbekiston-Turkiya do‘stlik jamiyatining vitse - prezidenti7.

A.Qosimov 100 dan ortiq maqolalar, monografiya va ilmiy to‘plamlar muallifi. Jumladan:


  1. Ҳиндистоннинг Майсур вилоятининг инглиз мустамлакачиларига қарши кураши. - Тошкент: Фан, 1964.

  2. Борьба Майсура за независимость в конце XVIII в,- Ташкент, 1964. - 117 с.

  3. Ҳиндистоннинг тинчлик ва халқаро қамкорлик учун кураши. - Тошкент, 1967. - 60 б.

  4. Ҳозирги Туркия.-Тошкент: Ўзбекистон, 1979.

  5. Туркия. - Тошкент: Ўзбекистон, 1992.- 152 б.

  6. Основнме направления внешней политики Республики Узбекистан. -Ташкент, 1964. - 112 с.

  7. Основм дипломатии.- Ташкент, 110 с.

  8. Дипломатическая и консульская служба. - Ташкент,

1998.- 129 с.

  1. Международно-правовме аспектм создання зон, свободнмх от ядерного оружия. - Ташкент, 1999. - 112 с.

Qutiboyev Zokir Abdurahmonovich

Tarix fanlari doktori, professor Z.A.Qutiboyev 1943-yil 8-mart kuni Andijon shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Olim 1984-yilda Toshkent davlat universitetini (xozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet) tamomlagan.

2010-yil dekabrda vafot etgan.

Z.A.Qutiboyev 1984-yildan 2010-yil dekabr oyigacha Andijon davlat universiteti Tarix fakultetining Umumiy tarix kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. «Tarixshunoslik», «Manbashunoslik» va «Tarixiy tadqiqotlar metodi» soqalarda faoliyat olib borgan. Ilmiy maktabi “Xoja Axror Valiy va uning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni”.

Z.A.Qutiboyev 1971-yilda «Xoja Axror va uning avlodlarining vaqf mulklari tarixiga doir» mavzusida nomzodlik, 1998-yilda «Xoja Ubaydulloh Axror va uni Movarounnaxrning XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy tarixida tutgan o‘rni» mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Olimning 50 dan ortiq ilmiy ishi chop etilgan, shulardan eng diqqatga sazovorlari:


  1. Хожа Ахрор Валий. Монография. - Тошкент: Фан, 1996. - 8,0 б.т.

  2. Абдулҳолиқ Гиждувонийнинг маърифат мактаби. - Тошкент: Ўқитувчи, 2003 . - 5,0 б.т.

  3. Хожа Ахрор маънавияти. Монография. - Тошкент: Фан, 2007 йил. 12,0 босма табоқ.

  4. Эпиграфика. Услубий қўлланма, 1999.

  5. Манбашунослик. Услубий қўлланма. - Андижон, 2000.

  6. Хожа Ахрор мақбарасидаги битиклар. - Тошкент, 20098.

Matboboyev Boqijon Xoshimovich

Tarix fanlari doktori B.X.Matboboyev 25-avgust 1955-yili Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi To‘rtko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1977-yili Andijon davlat universitetini tarix fakultetini tamomlagan.

Olim 1977-yili O‘zbekiston Respublikassi FA Arxeologiya institutiga bronza va ilk temir davri bo‘limiga ishga kirgan. 1979-1981-yillari Leningrad (hozirdagi Sankt-Peterburg) shahridagi Moddiy madaniyat institutida stajer-tadqiqotchi bo‘lgan. 1981-1984-yy. ushbu institutning O‘rta Osiyo va Kavkaz bo‘limida kunduzgi aspiranturani o‘tagan.

B.X.Matboboyev 1985-yili Sankt-Peterburg shahrida “Chust dehqonchilik madaniyatining mahalliy shakllari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya etgan.

1998-yildan hozirgacha O‘zRFA Arxeologiya institutining Turon arxeologiyasi bo‘limi mudiri. 1994-1995-yy. YUNЕSKO tashkilotining “Buyuk Ipak yo‘li” (Xiroyama fondi) loyihasida qatnashgan.

200 dan ziyod ilmiy ishlarni nashr etgan.

Shamsutdinov Rustambek Temirovich


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor R..T.Shamsutdinov 1939- yil 1-mayda Andijon shahrida tugilgan. Millati o‘zbek. 1964-yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan.

Olim Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, tarix fakulteti dekan o‘rinbosari, dekan lavozimlarida ibratli faoliyat ko‘rsatgan, oliy ta’lim tizimida qariyb 50 yildan beri ishlab kelmoqda, xozirda AnDU O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori lavozimida ishlamoqda.

R.T.Shamsutdinov 1990-1995-yillarda Andijon shahar kengashiga deputat bo‘lgan. 1991-yil 28- maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Hozirgacha 1 ta fon doktori, 8 nafar fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan shogirdlar tayyorlagan. Hozirda uning ilmiy raxbarligida 3 kishi doktorlik, 5 kishi nomzodlik dissertatsiya ustida ish olib bormoqda.

Professor R.T.Shamsutdinovning ilmiy yo‘nalishi bir qancha sohalarni qamrab olgan. Ular kuyidagilardir: 1. Temuriylar va Boburiylar tarixi, merosi; 2. O‘rta Osiyoda zo‘rlik bilan tashkil etilgan inqilobiy komitetlar (revkomlar) (1918-1923 yillar), Sovetlar va musulmon sovetlari tarixi; 3.O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda sovetlarning kollektivlashtirish, quloqlashtirish va surgun qilish siyosati va uning fojeali oqibatlari; 4.O‘rta Osiyoda, O‘zbekistonda sovet rejimining katag‘on siyosati va uning fojiali okibatliri; 5. GULAG lagerlaridagi O‘rta Osiyolik mahbuslar va ularning qismati; 6. Andijonning qadimgi davridan xozirgi kungacha bo‘lgan tarixi; 7. Ikkinchi jahon urushida asir olingan O‘rta Osiyoliklar va ularning qismati, taqdiri.

R.T.Shamsutdinov yuqoridagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ziga xos ilmiy maktab yaratganlardan biri. Olim 1971-yilda Революционнье комитеть Советского Туркестана (1918-1923 гг.)” mavzusida nomzodlik, 1987-yilda esa “Становление и развитие Советов в Средней Азии: проблема обшего и особенного (1917-1925 гг.)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya kilgan.

Professor R.T.Shamsutdinov 1962-2012-yillar davomida 800 ga yaqin ilmiy, o‘kuv-uslubiy ishlarni O‘zbekiston va xorijda e’lon qildi, ulardan 20 ga yaqini monografik tadqiqotlar, 10 ga yaqini darslik, o‘quv qo‘llanmalardir. Respublika oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari hamda notarix fakultetlari talabalari uchun R.T.Shamsutdinov marhum Shodi Karimov bilan hammualliflikda O‘zbekiston tarixidan yaratgan o‘quv qo‘llanmalari bir necha bor qayta nashr etilib, ulardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.

R.T.Shamsutdinov 30 dan ziyod xapqaro (Riga, Moskva, Tallin, Oksford, Ankara, Lvov, Indiana, Boku, Bishkek, Dushanba, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, O‘sh, Farg‘ona) va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etgan. Jumladan:

1. O‘zbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojiapi oqibatlari. -Toshkent: Sharq, 2001.

2. Istiqlol yo‘lida shahid ketganlar. — Toshkent: Shark, 2001.

3.Qishlok fojeasi: jamoalashtirish, quloqlashtirish va surgun (O‘rta Osiyo respublikalari misolida (1929—1959 yillar)). -Toshkent: Sharq, 2003.

4. ShimoliyKavkaz surgunidagi yurtdoshlar qismati.- Toshkent: Sharq, 2005.

5 . Shimoliy Qozog‘iston surgunidagilar qismati. - Toshkent: Sharq, 20099.



  1. Download 192 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish