Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta`minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo`lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta`minlaydi.
Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O`zbekiston mustaqillikka yer ishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir, uning «o`zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo`lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko`zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, O`zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o`tishning xarakter ini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o`zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo`lishi, o`z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga ega bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o`rtasidagi bog`lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakter iga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub`ekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo`lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy xarakter i inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday impyer iyaning abadiy bo`lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko`rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog`lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo`la olmaydi, ya`ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g`ayriilmiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |