Aytishuvlar shaklan savol-javob ko‘rinishida bo‘ladi. Bolalar ikki tarafga bo‘lingani holda aytishuvni ijro qilishib o‘zlariga noma’lum bo‘lgan voqe’likni o‘rganishadi, kashf qilishadi:
Hakka chuq-chuq,
Tomda kim bor?
Men bor.
Nima qilyapsai?
O‘tin teryapman.
O‘tinni nima qilasan?
Osh pishiraman.
Oshingdan berasanmi?
Toshni beraman.
Chandishlar ifoda uslubiga ko‘ra aytishuvlarga o‘xshaydi va dialog ko‘rinishida bo‘ladi. Chandishlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘nda bir bola o‘rtog‘ini g‘aflatda qoldirib laqillatish maqsadida o‘nga bir narsani aytishni so‘raydi. Bunga rozi bo‘lgan sodda bola o‘sha so‘zni aytadi. Aynan shuni kutib turgan birinchi bola o‘ni masharali so‘z bilan chandib oladi.
Ma’naviy o‘yin kurinishini olgan chandishlar. bolalarning so‘zamolligini oshirishga, g‘aflatda qolmasdan hushyor va ogoh bo‘lishga o‘ndaydi:
-Arg‘amchi de-chi,
-Arg‘amchi.
-Qachon urdim yolg‘onchi?
Do'stlaringiz bilan baham: |