Amaliy mashg‘ulot
1. Maqollarining janr xususiyatlarini sanang, ularning har birini izohlab, misollar bilan dalillang.
2. Maqollar ko‘chma ma’noda ham ishlatilishi mumkinmi? Misollar keltiring.
3. Maqollardan misol keltiring, badiiy san’atlarni ko‘rsating.
4. Lutfiyning maqollar tizimidan tashkil topgan g‘azalini yodlang, maqollarga izoh bering.
5. Xalq maqollarining boyish manbalariga izoh bering.
6. Maqol inson tafakkurining gultoji ekanligini isbotlab bering.
7. Abdulla Qahhorning qaysi hikoyalarida “Osmon yiroq – yer qattiq”, “Otning o‘limi itning bayrami” maqollari ishlatilgan.
Maqollarning mazmuniga izoh bering.
Jahl – dushman, Aql – do‘st.
* * *
Chinordek bo‘ying bo‘lguncha, Tumordek aqling bo‘lsin.
Belgi bo‘lsa, yo‘ldan adashmas, Aql bo‘lsa, so‘zdan adashmas.
* * *
Elga qo‘shilsang, el bo‘lasan, Eldan ajralsang, yer bo‘lasan.
* * *
Yoshlikda o‘rgangan hunar, O‘zingga o‘ljaga qolar.
* * *
Hunari yo‘q kishining, Mazasi yo‘q ishining.
* * *
Bir yigitga yetmish hunar kam.
* * *
Ko‘p yurgan –ko‘p ko‘rar, Ko‘p o‘qigan – ko‘p uqar.
* * *
Tilni bilish — dilni bilish.
* * *
Ilmsiz bir yashar, Ilmli ming yashar.
Nikmatlar
Yusuf Xos Hojib: Binobarin, olimlarni sevmoq, ularga hurmat bilan yondashmoq va bilimlarini o‘rganishga tirishmoq zarur:
Ularni qatig‘ sav, og‘irla so‘zin,
Biliglarni o‘gran, o‘kush yo izin.
(Ularni qattiq sev, so‘zlarini qadrla,
Ko‘pmi yoki ozmi (ularning) bilimlarini o‘rgan).
Kishig til og‘irlar bo‘lur qut kishi,
Kishig til ujuzlar yarir ar bashi.
Til arslan turur, ko‘r eshikda yatur,
Aya avlug orsiq boshingni yatur.
Kishini ro‘shnolikka chiqargan ravon til deb bilgin.
Kishini til e’zozlaydi, kishi u tufayli baxtga erishadi,
Kishini til qadrsiz qiladi, er boshini yoradi.
Til hovlida [ya’ni qafasda] yotgan arslon kabidir.
Ibn Sino: Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to engunga qadar ushlab turishga aytiladi.
* * *
Kishini qabih va bemaza ishlarga qadam qo‘yishdan tutib turadigan va uni yaxshi xulq va ishlarga yo‘llashiga hayo deyiladi.
* * *
Iffat esa yomonlik bilan shahvat hamda bunga o‘xshagan narsalar o‘rtasida turadi. Yana u serhafsalalik bilan behafsalalik o‘rtasida turadi.
* * *
Saxovat esa baxil hamda ziqnalik bilan sarf qilish o‘rtasida turadi.
Alisher Navoiy: Bilmaganini so‘rab o‘rgangan olim va orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Yigitlikda yig‘ ilmni mag‘zanin,
Qarilikda sarf etg‘il ani.
* * *
Ilm o‘qib qilmag‘on amal maqbul,
Dona sochib ko‘tarmadi mahsul.
* * *
Nafini agar xalqqa beshak erur,
Balki bu naf o‘zingga ko‘proq erur.
* * *
Og‘ziga kelganni demak nodonning ishi,
Oldiga kelganni emak qavonni ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |