5-Mavzu: ertaklar va uning turlari


Foydalanish uchun adabiyotlar



Download 1,28 Mb.
bet40/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Foydalanish uchun adabiyotlar:


  1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T.: “O‘qituvchi”, 1990. – b. 91-99.

  2. Sarimsoqov B., Maqollar / O‘zbek folklori ocherklari. 1-jild. – T.: “Fan”, 1988. – b. 85-98.

  3. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Hikmatnoma. – T.: “Sharq”, 1990. – b. 44.

  4. Safarov O. Xalq ganjiga mehr / Folklor – bebaho xazina. -T.: “Muharrir”, 2010. – b. 285-298.

  5. Lutfiy. G‘azallari. 7-sinf adabiyot darsligi. – T.: “Sharq”, 2019.

  6. Madayev O., Sobitova T. Xalq og‘zaki poetik ijodi. –T.: “Sharq”, 2003.

  7. Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. –T.: “Aloqachi”, 2008.



Darsning mazmuni
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.

Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan.Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o‘zaro yaqin janr deyarli yo‘q. Masalan, ruscha “Shilo v meshke ne utaish” (bigizni qopda yashirib bo‘lmas) – o‘zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”; inglizlarda “Yeast and West, home is best” (Sharqmi, G‘arbmi, uying eng yaxshisi) – o‘zbekcha “O‘z uying, o‘lan to‘shaging”; Vetnamda “Risoval drakona, poluchilsya chervyak” (Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang bo‘lib chiqdi) – o‘zbekcha “Men dedim o‘ttiz – Alloh dedi to‘qqiz”, osetinlarda “Yego v seni ne puskayut, a on lezet v komnatu” – o‘zbekcha “O‘ziga  yeng bo‘lmagan, o‘zgaga en bo‘larmi”; tatarlarda “Tovuq tuxum qo‘ymasdan, egasi jo‘ja sotmoqchi” – o‘zbekcha “Jo‘jani kuzda sana”; ruslarda “Na chujoy strane i vesna ne krasna” (o‘zga yurtda bahor go‘zal emas) – o‘zbekcha “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” ma’nolarini ifodalaydi.Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi. Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:



Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.

  1. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi.

  2. Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.

  3. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.

  4. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.

  5. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
    Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz.

Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” tadqiqotida dala safarlarida yozib olgan 268 maqol matnini keltirgan. Bu namunalar qatorida biroz o‘zgarish bilan yashayotgan quyidagilarni uchratamiz: “Otug‘ uzguch birla o‘churmas” – O‘t alanga bilan o‘chirilmas; “Tog‘ toqqa qavushmas, kishi kishiga qavushar” – “Tog‘ tog‘ bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar”. Ayni paytda “Õt tesa, ag‘iz kuymas” – o‘t degan bilan og‘iz kuymaydi; “Tulki o‘z iniga ursa, uzuz o‘lur” – tulki o‘z iniga qarab hursa, qo‘tir bo‘ladi kabilar bugungi kunda unutilgan. Ular o‘rniga “Holva degan bilan og‘iz chuchimas”, “Vataniga tosh otgan vatangado bo‘ladi” degan maqollar qo‘llanmoqda. Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yo‘q ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e’tiborga arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Agar “Uyga palos yarashur, xotinga libos” maqoli maishiy hayotga taalluqli bo‘lsa, “Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning qaynar” maqolida vaqtni bekor o‘tkazmaslik, aql bilan ish ko‘rish insonga hayot imkonini yaratishi qayd etiladi, “Vaqting ketdi – baxting ketdi” maqolida esa falsafiy mazmun ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining qanchalar muhim ekanligi ta’kidlangan. Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi  so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi. “Bulbul chamanni sevar, Odam – vatanni”. Mazkur maqolda inson ruhiy olamida Vatan tushunchasining ahamiyati qayd etilgan. Maqoldagi Vatan so‘zida faqat muayyan hudud, manzil, o‘rin-joy, tabiat aks etgan, desak yanglish bo‘ladi. Bu so‘z ma’no jihatdan ajdodlar ruhi, ma’naviy meros obidalari, qadriyatlar, millat birligi, mentalitet xususiyatlari bilan uyg‘unlashadi. Bulbul chamanda qanchalar yayrasa, inson o‘z vatanida shunchalar erkin his qiladi. Bulbulni bog‘larsiz, gulzorsiz, chamansiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, odamni o‘z ona diyorisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu maqolni aytganimiz zahoti Zokirjon Furqatning chet ellardagi azobini ta’riflab o‘z vatanini sog‘ingani yodga tushadi: “G‘amingda kecha – tong otquncha yig‘lar, Tong otg‘och, dag‘i kun botquncha yig‘lar”. Vatan haqidagi maqollarda qiyoslash, taqqos yetakchidir: Kishi yurtida shoh bo‘lguncha, O‘z yurtingda gado bo‘l. Ma’lum bo‘ladiki, bu maqol avvalgi namunadagi mazmunni chuqurlashtiradi. Moddiy ta’minotdan ko‘ra ma’naviy ehtiyoj muhimroq ekani ifodalanadi. Tajribasiz odam hayotdagi hamma muammoni iqtisod bilan o‘lchaydi. Uning uchun turmush to‘kinligi har qanday tushunchadan afzaldek tuyiladi. Lekin Boburdek shoh o‘z diyorini eslab azoblanganidan xulosa chiqarsak, maqoldagi fikrning qanchalar aniq va ibratli tarzda berilgani ma’lum bo‘ladi. Endi boshqa bir maqolga murojaat qilaylik: Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi-ro‘ying somon bo‘lmas. Bu maqolda shaxsning ona yurtida yashashi va istiqomat qilishi undan ma’lum burchni ham talab qilishi ifodalangan. Inson o‘z yurtida bemalol yashashi mumkin. Ammo bu yurt omon bo‘lsa, ya’ni tinch bo‘lsa, erkin-ozod bo‘lsa. Yurt tinchligi, erkinligi, ozodligi esa xalqning o‘z yurtiga bo‘lgan iymonli munosabati oqibatida vujudga keladi. Agar xalq og‘zaki ijodi asarlarini tahlil qilsak, Vatan mavzuiga alohida e’tibor berilganiga guvoh bo‘lamiz. Tarixiy ma’lumot va hujjatlar bevosita xalq farzandlarining ajdodlar vasiyatiga sodiq ekanliklarini tasdiqlamoqda. Qayta-qayta ko‘p namunalarda vatan ozodligi, erkinligi haqidagi ta’kidning kuchayishi bejiz emas. Ko‘pincha, bu maqollarda vatan va el tushunchasi uyg‘unlashadi: Eling omon bo‘lsa – sen omon. Eling, yurting bo‘lmasa, Oying kuning bo‘lmasin. Xullas, xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoritiladi. Bularning hammasi o‘zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono va aqlli ijodkor farzandlarga ega ekanini dalillaydi. Xalq maqollarining uzoq o‘tmish mahsuli ekanligi ayrim namunalarni bugungi kunda tushunish oson emasligini ham izohlaydi. Ba’zan maqollar qatorida shundaylari ham uchraydiki, hatto umumiy fikr nima bilan bog‘liq ekanligini anglash qiyin bo‘lib qoladi. Masalan: “Bir pul berib yig‘latdim, ming pul berib yupatdim” maqolini olaylik. Bu maqolning mohiyatini maqoldagi fikr yo‘nalishi va qarshilantirish usulidan taxmin qilish mumkin, xolos. Ya’ni umumiy mazmunda nojo‘ya qilingan harakat yoki tadbir oxir oqibatda insonga qo‘shimcha tashvish keltirishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Sen shunday harakat qilginki, bu harakating yomon oqibatlarga olib kelmasin, deyilmoqda. Ammo nima uchun bir pul berib yig‘latsa, ming pul berib ovutadi yoki yupatadi. Bu muammoni hal qilish uchun tarixga murojaat qilamiz. Qadim zamonlarda aza paytida yig‘lab beradigan maxsus odamlar bo‘lgan ekan. Ularni “giyrandi” deb atashgan. Aslida “giyrandi” “giryandi”dan olingan bo‘lib, “yig‘lamoq” fe’li bilan ma’nodoshdir. Uyida biror yaqin odami o‘lsa, mayit egasi giyrandini chaqirgan. U aza davomida ma’lum haq evaziga yig‘lab berishni bo‘yniga olgan. Lekin giyrandi o‘z san’atini shunday egallashi ham mumkin ediki, mayit egasi bu aytuvlarga, bu dod-fig‘onga, bu nolalarga chidamasdi. Shunda u giyrandidan yig‘lamaslikni iltimos qilgan. Giyrandi esa atayin avjga chiqqan. Natijada uni yig‘idan to‘xtatish uchun ko‘proq haq berilgan. Maqolda arzimagan haq evaziga yig‘lovchini chaqirish, ammo uning jim bo‘lishi uchun katta pul berish voqeasi aks etgan. Shunday qilib, maqollar mazmuni ularning o‘zi va tabiati kabi sirli olamga egadir. Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin. Maqollarning iste’moldan chiqishida quyidagi omillar sabab bo‘ladi:

1.Tarixiy hayotning o‘zgarishi. Ijtimoiy hayotda maqolni qo‘llash ehtiyojining yo‘qolishi oqibatida maqol xalq esidan chiqadi. Omoch seni to‘ydirgay, Omboringni to‘ldirgay. Omoch ishlatish asta-sekin yo‘qola borgan sari bu maqol ham iste’moldan chiqqan.

2.Tarixiy so‘zlar ishtirokidagi maqollar vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Qoziga bersang suyar, Bermasang – so‘yar.

3. Ayrim maqollar og‘zaki ijodning og‘zakiligi belgisi ta’sirida yo‘qolishi ham mumkin. Bir avlod qo‘llamagan maqol o‘limga mahkum. Xitoy xonining gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi. Ba’zan maqolning bir qismi yashaydi, ikkinchisi yo‘qoladi.Ash tatig‘i tuz, jug‘rin jemes. (Osh tuz bilan totli, lekin lagan bilan yolg‘iz tuzning o‘zi yeyilmaydi). Bu maqolning birinchi qismi hozir ham bor, ammo ikkinchi qismni biz tasavvur ham qilmaymiz. Yuqoridagi sabablar maqolning yo‘qolishiga olib keladi. Ayni paytda maqollarimiz namunalarining boyish manbalari ham yo‘q emas. Ular quyidagilardan iborat:

1.Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar natijasida yangi maqollar vujudga keladi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng “Vatanni sevmoq iymondandir” hikmatli so‘zini qo‘llash ommalashdi. Dastlab, bu maqolsifat jumlaning Abdulla Avloniy yozgan “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida Muhammad Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi ekani aytilgan edi. Ammo bu hikmatli so‘z xalqimiz orasida ko‘p qo‘llanmagan. Mustaqillikdan so‘ng eng ommaviy maqolga aylanib ketdi.

2.Xalq maqollarining yangi-yangi namunalari xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. “Olma og‘ochidan olisga tushmas” maqoli “Yabloka ot yabloni daleko ne padayet”ning tarjimasi. Bugungi kunda bu maqolning kelib chiqishi bizni deyarli qiziqtirmaydi.



3.Yangi maqollarning paydo bo‘lishi allomalar, dono adiblar aytgan hikmatli so‘zlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqollar o‘z va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga sazovordir. “Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan yaxshiroq”, “Qizi borning nozi bor”, “Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash” kabi maqollar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas”, “Egrining omochi yerga botmas”, “O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar” kabi maqollar bilan tanishganimizda ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz. Bir qarashda “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas” maqoli o‘z ma’nosida ham qo‘llanadigandek tuyiladi. Ammo bu hikmatli so‘zni hech kim o‘z ma’nosida deyarli qo‘llamaydi. Aslida, hayotda uchrab turadigan turli mish-mishlarning rost ekanligini ta’kidlash maqsadida bu maqolni esga olish odat tusiga kirgan. “Tuhmatchining omochi yerga botmas” maqolida bir oz g‘alati fikr ilgari surilgandek tuyiladi. Omochning yerga botmasligi bilan tuhmatchining qanday aloqasi bo‘lishi mumkin, degan mulohaza paydo bo‘ladi. Ammo aynan shu o‘rinda “omoch” deganda, bevosita yer haydashda foydalaniladigan asbob emas, balki tuhmatning natijasi nazarda tutiladi. “Yer” so‘zi iymonli, rostgo‘y odamga nisbatan qo‘llangan. Ya’ni tuhmatchining tuhmati rostgo‘y va pokiza odamga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsata olmasligi ta’kidlanmoqda. Binobarin, maqol matni bilan tanishganda, yoki uni eshitganda, qanday maqsadni nazarda tutib qo‘llanganiga e’tibor berishimiz lozim. Aks holda aytilgan maqolning asl ma’nosini tushunmay qolishimiz mumkin. Xalq og‘zaki ijodi asarlarini o‘rganish ularni yozib olishdan boshlanadi. Asarning yozib olinishi esa folklorshunoslik fanining shakllanishidan darak beradi. Bu jihatdan qaraganda, o‘zbek folklorshunosligidagi dastlabki harakat XI asrga taalluqlidir. XI asrda Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-turk” asariga (1074) maqollar, qo‘shiqlar, rivoyat, afsona va boshqa janrga mansub namunalarni kiritdi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dala sharoitida olim yozib olgan ijod durdonalarida bevosita bizning ajdodlarimiz ham ishtirok etgan. Mahmud Koshg‘ariy otalar so‘zini eslamoq ma’nosida, avvalroq aytganimizdek, “sav” atamasini keltiradi. Keyinchalik Alisher Navoiy maqoldan misol keltiradi va “masal” atamasidan foydalanadi. Filologiya fanlari doktori, professor X.G.Ko‘ro‘g‘li Safaviylar davri (XV-XVI asr)da turkiy maqollar to‘plangani, ammo bu majmuaning yo‘qolgani haqida ma’lumot bergan. 1926-yilda “O‘zbek maqollari” (to‘plovchi va tuzuvchi Sherali Ro‘zi) nashr etildi. Shu paytdan “maqol” atamasi janr sifatida keng o‘rin oldi, deyish mumkin. Shundan keyin B.Karimov, Sh.Rizo, O‘.Azimov, O‘.Xolmatov, H.Zarif, M.Afzalov, S.Ibrohimov, S.Xudoyberganov, R.Jumaniyozov, M.Ahmadboyeva, E.Siddiqov, T.Mirzayev, K.Imomov, G‘.Jahongirov, S.Qosimov, Z.Husainova, B.Sarimsoqov, A.Musaqulov, M.Jo‘rayev kabi o‘nlab olim va ziyolilar xalq maqollarini to‘plash va o‘rganishda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, 1987, 1988 yillarda ikki jilddan iborat “O‘zbek xalq maqollari” kitoblarining nashr ettirilishini bu sohadagi alohida voqea sifatida ta’kidlash mumkin. Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu jihatdan maqollar so‘z san’atining oliy namunasi sifatida baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan serma’noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar davomida og‘izdan og‘izga o‘tib yashashini ta’minlagan omillardir. San’at asari qimmatini belgilovchi eng talabchan sinov vaqt hisoblanadi. Ayniqsa, vaqt sinovi talabiga og‘zaki asarning javob berishi o‘ta muhimdir. Har qancha tashviqotlarga qaramay sho‘ro tuzumida kolxoz afzalligi maqtalgan maqollarning umri qisqa bo‘ldi. Sho‘ro tuzumi haqidagi maqtov dostonlar ham yaratilgani zahoti esdan chiqib ketdi. Haqiqiy maqollarning shakllanishi uzoq davrni qamraydi, ammo badiiy mukammal va hayot tajribasi aks etgan maqolning umri boqiy bo‘ladi. “Qonni qon bilan yuvib bo‘lmas” maqolini Mahmud Koshg‘ariy “Qanig‘ qan bilan jumas” tarzda keltirgan. Bu maqol olim qalamiga tushguniga qadar necha asrlar yashaganini faqat taxmin qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, maqollarning badiiy mukammalligi ularning hayotiyligini, umrboqiyligini izohlar ekan. Ayni choqda badiiy go‘zallikning bevosita so‘z tanlash, tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. Ularning ayrimlarini esga olib o‘tamiz:

1. Qarshilantirish (tazod).“Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘”. Bu maqolda “yaxshi”, “yomon”; “bog‘”, “dog‘” so‘zlari qarama-qarshi ma’nolarni bildiradi va shu bilan birga “bog‘” – “dog‘” so‘zlari chiroyli qofiyani ta’minlaydi.

2. Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans).“Boy boyga boqar, suv soyga oqar”.Maqolda “B”, “Y”, “R”, “S” kabi undosh tovushlar alliteratsiya – undosh tovushlar uyg‘unligini, “O”, “A”lar esa assonans – unli tovushlar o‘xshashligini ko‘rsatadi va maqol qimmatini oshiradi.

3.Metafora – ko‘chim (istiora).“Otning yag‘iri toyga qolar”.Bu maqolda “ot” so‘zidan qarindosh-urug‘chilikdagi katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan. Odatda mahallada biror odamga baho berish lozim bo‘lsa, birinchi navbatda, u shaxsning ota-onasi esga olinadi. Katta avlod tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik shu zahoti farzandga ko‘chiriladi. Natijada, inson hayoti davomidagi har bir xatti-harakat mahalladoshlar, qarindoshlar tomonidan nazoratda ekani anglashiladi. Maqol mazmunan har bir inson yoshidan qat’i nazar kelajakda ota, ona bo‘lishni orzu qilsa, keyingi avlodiga “yag‘iri”ni qoldirmasligi kerak, degan ma’no anglashiladi va katta, yosh avlod tarbiyasining muayyan to‘g‘ri tizimda bo‘lishi uchun asos tayyorlanadi. Maqolda istiora san’ati yetakchilik qiladi. “Et bilan tirnoqni ajratib bo‘lmas” maqolidagi “et” va “tirnoq” so‘zlari qarindosh-urug‘; ota-bola; aka-uka ma’nolarini bildiradi. Bu misolda sinekdoxa san’ati ham bor. Ya’ni butunning tarkibiy qismi orqali yaxlit narsa ifodalangan.

4.Sifatlash. “Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin”. Maqolda insonlar o‘rtasidagi munosabat faqat moddiy narsa bilan emas, shirin muomala bilan qadrlanishi qayd qilinmoqda. “Bug‘doy non”, “bug‘doy so‘z” birikmasida sifatlash san’ati qo‘llangan.

5.Jonlantirish (tashhis).“O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar”. Bu maqolda odamlarni toifalarga: pulli-pulsiz, amalli-amalsiz, foydali-foydasizga ajratib muomala qilish o‘sha shaxsning xalqdan ajralib qolishiga sabab bo‘lishi aks etgan. Ikkinchidan, biror muammoni hal qilishda faol ishtirok etgan odam, ko‘pincha, ish bitganidan so‘ng esdan chiqishi ifolangan. Ya’ni o‘tin yorgan bolta ish bitganidan so‘ng o‘sha joyda qolishiga qiyoslangan. Xullas, maqollar badiiyati ularning yaratilishi ustida avlod-avlod millat vakillarimizning ijod qilish saviyasi qanchalar yuqori bo‘lganidan darak beradi. Yozma adabiyot vakillari asarlarida xalq maqollari og‘zaki va yozma adabiyot ijodiy hamkorligining ko‘prigi darajasida muhimdir. Har bir ijodkor mumtoz adabiyot davrida bo‘ladimi, hozirgi zamonda bo‘ladimi xalq vakili hisoblanadi. U iqtidorli shaxs, avvalo, o‘zbekning tarbiyasida voyaga yetadi. Xalq bilan birga yashaydi, millat vakili mentalitetini o‘zlashtiradi. Shu bilan birga ijodida asarlarini o‘qiyotgan ommaga o‘zining xalq vakili ekanini uqtirmoqchi ham bo‘ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda maqol eng samarali omil sifatida xizmat qiladi. Yozma adabiyotda maqollardan foydalanishning uch ko‘rinishi mavjud:

1. Xalq maqoli aynan keltiriladi. Alisher Navoiydan Muqimiygacha, Cho‘lpondan O‘tkir Hoshimovgacha o‘z asarlarida fikrni ixcham va tushunarli ifodalash maqsadida maqol matnidan aynan foydalanganlar. “Masaldurkim uyqu o‘limdir” (Alisher Navoiy).“Otning o‘limi, itning bayrami” (Abdulla Qahhor).

2. Maqoldagi ayrim so‘zlar o‘zgaradi, ma’no saqlanadi.“Otalarda bir so‘z bor, eshit og‘ajon,Bosgan izidan qaytmas, o‘lsa ham arslon” (Hamza).Bu misralarda shoir “Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan” maqolidan ijodiy foydalangan.



3. Shoir biror fikrni maqoldagi ma’nodan foydalanib ifolaydi. Bir qarashda bu fikr mustaqildek ko‘rinadi. Fikr yuritsak, adibning xalq maqollaridagi ma’noni o‘ziga xos boshqa so‘zlar bilan ifolaganini anglaymiz. Masalan, Alisher Navoiy g‘azallaridan birida “O‘lturur mahramni sulton, ganji pinhon aylagach”, - degan misra bor. Unda xo‘jayin, sulton, hokim xazinasini yashirishni mahramiga, ya’ni eng yaqin xizmatlarini bajaruvchi xizmatkoriga buyurishi, xazina biror yerga ko‘milganidan so‘ng ortiqcha guvohdan qutulish uchun uni o‘ldirishi aytilgan. Ehtimol, shoir zamonasida aynan shundaq maqol bo‘lgandir. Ammo biz bu maqolning borligidan bexabarmiz. Lekin undagi ma’no bugungi kunda mavjud va biz avvalroq esga olgan “O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar” yoki “Ishim bitdi, eshagim loydan o‘tdi” kabi maqollar mazmunini ifodalaydi. Ba’zan mumtoz shoirlar g‘azaldagi baytlarning har birida biror maqolni misol qilib ham keltirgan hollar uchraydi. Xususan, XIV-XV asrlarda yashagan taniqli shoir Lutfiyning quyidagi g‘azaliga e’tibor bering: Ayoqingg‘a tushar har lahza gesu, Masaldurkim: “Chirog‘ tubi qorong‘u”.Tutarmen ko‘zki ko‘rsam orazingni, Ki derlar “Oqqon oriqqa oqar suv”. Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin “Kishining ko‘zidur ore torozu”. Ko‘zung qonimdin iymonmas ajabdur, Ki “Qo‘rqar qaydakim qon ko‘rsa hindu”. Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat Ki ayturlar: “Tilaganni tilogu”. Bu g‘azalda ajoyib so‘z sohibi mavlono Lutfiy o‘zining ma’shuqasiga bo‘lgan ko‘ngil izhorini so‘z marvaridlaridan tizilgan marjondek ifodalay olgan. G‘azalning mazmuni go‘zal va mo‘’jaz doston ma’nosini beradi: Ayoqingg‘a tushar har lahza gesu, Masaldurkim: “Chirog‘ tubi qorong‘u”. Baytda yorning qaddi tik shamga o‘xshatilmoqda. Shamning yonayotgan pilikdan pastki qismi qorong‘i bo‘ladi. Yorning yuzi yonayotgan shamga qiyoslanmoqda. Uning sochi shu qadar uzunki, yuzi yorug‘, pastki qismi qorong‘i ko‘rinadi. Tutarmen ko‘zki ko‘rsam orazingni, Ki derlar “Oqqon oriqqa oqar suv”. Shoir o‘zini bir paytlar suv oqqan ariqqa o‘xshatadi. U oqqan ariqqa suv oqishini kutib umid qilmoqda: ko‘z tutib yorning visoliga yetmoqchi. Ma’shuqaning oshiq huzuriga kelishi oshiq uchun qaqrab yotgan ariqdan yana suv oqishiga tenglashtirilmoqda. Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin “Kishining ko‘zidur ore torozu”. Xalqda odamning ko‘zini toroziga o‘xshatish haqida maqol bor. Mening ko‘zim taroziga o‘xshagani uchun bir pallasida oy va quyosh bo‘lsa, ikkinchi pallada ma’shuqa. Ma’shuqamning yuzini ortiq ko‘rganim uchun tarozi pallasining shu tomoni bosib turibdi. Oy va quyosh esa ikkinchi pallaga joylashgan va ma’shuqa go‘zalligiga chidash bermay osmonga uchib ketgan. Ko‘zung qonimdin iymonmas ajabdur, Ki “Qo‘rqar qaydakim qon ko‘rsa hindu”. Mumtoz adabiyotda ma’shuqaning ko‘zi va xolini qoraligi uchun hindga o‘xshatish an’anasi bor. Bu o‘rinda shoir yorining ko‘zini hindga o‘xshatmoqda. Hind qondan qo‘rqadi, degan tushuncha bor. Ammo men ajablanamanki, sening ko‘zing hind bo‘lsa ham ko‘z yoshlarimning qondek oqishidan qo‘rqmayapti. Agar qo‘rqqanida edi, rahm qilardi, men vaslingga yetar edim va ko‘z yoshlarim to‘xtar edi. Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat Ki ayturlar: “Tilaganni tilogu”. Mazkur bayt g‘azalda ifodalangan hamma orzu-istaklarning xulosasi hisoblanadi. Unda shoir o‘z ma’shuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf qilishni so‘ramoqda. Men odamlar “Tilagan tilagiga yetadi” deganlaridek, senga vaslingga yetish uchun iltijo qilaman va agar odamlarning gapida haqiqat bo‘lsa, maqsadimga yetaman, deb umid bildiraman, demoqchi. Ma’lum bo‘ladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining namoyon bo‘lishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ikkinchi jihatdan, g‘azal vositasida biz XIV-XV asrlarda xalq orasida mashhur bo‘lgan maqollar matni bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdamiz. Ayrim iqtidorli yozuvchilar badiiy asarlarida qahramon nutqida qo‘llagan maqol orqali ularning dunyoqarashi, fe’li haqida kitobxonda tasavvur hosil qilishga erishganlar. Misol uchun Abdulla Qodiriy o‘zining “O‘tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji nutqida “Zo‘ri behuda miyon meshi- kanad” (tojik maqoli: ortiqcha zo‘riqsang, belingni sindirasan), xizmatkor ayol To‘ybeka nutqida “Teng tengi bilan, tezak qopi bilan” maqolini keltiradi. Maqollarni qo‘llashdanoq Yusufbek hojining ilmli, fors tilini biluvchi ziyoli ekani, Mirzakarim qutidor xizmatkorining esa sodda, ilm ko‘rmagan, bor gapni lo‘nda va aniq aytishga o‘rgangan ayol ekani seziladi. Xullas, xalq maqollari yozma adabiyot vakillari tomonidan ularning iqtidorini namoyon qilishga yordam bergan. Folklorshunoslikda bunday foydalanishlar folklorizm deb yuritiladi. Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi. Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda, notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda tugal fikr anglatmaydi. Masalan, xalqimizda “Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqar” degan maqol bor. Agar maqolning yarim matnini “Falonchi ilon inidan chiqadigan qilib gapirdi” tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan bo‘lamiz va “Falonchi yaxshi gapirdi” ma’nosini bildiramiz. Chunki “ilon inidan chiqadigan” so‘z birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma’no anglatmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, matal shaxs nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil ma’no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish