5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet38/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Amaliy mashg’ulot

  1. Alpomish va Oybarchin obrazlariga tavsif bering.

  2. Dоstоndagi urug‘chilik masalalariga izoh bering.

  3. Dоstоndagi milliy madaniyatimizga bilan bog’liq qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuriting.

  4. Dоstоnninh to‘liq matnini o’qiv chiqing.

Alpomish” dostoni


Dоstоn qo‘ng‘irоt urug‘i bоshliqlаri – аkа-ukа Bоybo‘ri vа Bоysаrilаrning fаrzаndsizligi tаsviri bilаn bоshlаnаdi. Undа bo‘lаjаk qаhrаmоnlаr – Аlpоmish vа Bаrchinlаrning аjоyib-g‘аrоyib hоlаtlаrdа tug‘ilishi, Аlpоmishning bаhоdi­rоnа yoshligi vа birinchi bоr pаhlаvоnlik ko‘rsаtishi, Bоysаrining Bоybo‘ridаn аrаzlаb qаlmоq еligа ko‘chishi, qаhrаmоnning yorini оlib kеlish uchun o‘zgа mаmlаkаtgа sаfаri vа Qоrаjоn bilаn do‘st tutinishi, rаqiblаri – qаlmоq аlplаri bilаn yonmа-yon turib, Bаrchinning shаrtlаrini bаjаrishi vа yorini оlib o‘z еligа qаytishi, qаynаtаsi Bоysаrini qutqаrish uchun ikkinchi mаrtа sаfаr qilgаndа, yetti yil tutqundа qоlishi, аsirlikdаn оtib Bоychibоr yordаmidа qutulib, o‘z еligа хоtini Bаrchinning zo‘rаvоn Ultоntоz bilаn bo‘lаyotgаn to‘yi ustigа kеlishi hаmdа rаqibini еngib, o‘z hоkimiyatini o‘rnаtishi vоqеаlаri tаsvirlаnаdi.

“Alpomish” dostonidagi voqealar asosan cho‘lda, tog‘da va tog‘ yon bag‘irlarida bo‘lib o‘tadi. Masalan Boboxon tog‘i, Barchinlar ko‘chib kelgan Kashal yurtiga shu tog‘dan oshib o‘tishi kerak bo‘ladi. Boysin eli, Toychi viloyati, Qalmoq yurti (Surxayl kampir va uning yetti o‘g‘li tug‘ilgan joy)da bir necha joy nomlariga duch kelamiz. Oybarchinning shartlari Chilbir cho‘lida, Oyna ko‘li bo‘ylarida bo‘lib o‘tadi. Bu shartlaming bajarilishi masalan ot poygasi:

Sunday bo‘lib yo‘l yuradi,

Zilning tog‘iga boradi,

Qalmoq shunday ayriladi.

Qalmoq ketdi o‘yin o‘ylab,

Ko‘ngliga kelganin so‘ylab:

“Boboxonga yetarmiz, – deb,

Tumshuq bilan о ‘tarmiz,– deb,

Tekis yoiman ketarmiz”, – deb.

“Alpomish” dostonida Qog‘oton tog‘i to‘qson darasidan to‘qson alp yig‘ilib, jam bo‘lib, Boysarinikiga kelish sujeti bor. Shunda Boysari qalmoq alplarini biringizga tiyadimi, baringizga tiyadimi, o‘zidan so‘rab bilingizlar, deb Barchinni yoniga yuboradi. Ko‘kaldoshning “...yo birimizga teg, yo barimizga teg, bir javob ayt, biz shuytib tengsalib yuramizmi?” degan savolini eshitib, Barchin olti oyga muhlat so‘raydi:

Bir oltoyga sizdan muhlat so‘rayin,

Qo‘ng‘irot eliga arza berib ko‘rayin,

Oltoygacha men yo‘liga qarayin,

Kelsa kelar qo‘ng‘irot eldan Alpomish,

Kelmasa, men taqdirimidan kо‘rayin.

Bunga alplar rozi bo‘lishadi. Aslida alplaming o‘zi ham Alpomishning zo‘rligini Barchinning gapiga qarab tan olishadi:

“Oti Alpomish yorim bordir,

Elda zo‘raborim bordir,

...Dushmanlaming dodin bergan,

Elda zo‘raborim bordir”,

Qalmoqlar “O‘zbakning qizi har so‘zining o‘ralida aytadi, lekin buning norining bori ham rost, elda zo‘rining bori ham rost, buning moyasi shunday, nori kim qanday?! Bunday tegina bersanglar, bir kunlari shuning nori kelar, boshimizga balo bo‘lar, bizga chichqon ini ming tanga bo‘p qolar”, – deyishadi.

Alpomish Qultoyning oldiga kelib o‘zining Alpomish ekanligini aytadi. Qultoy tanimaydi, buni bir narsa undirish uchun aytayapsan, deydi. Shunda Alpomish undan “Alpomishning nima belgisi bor edi?”, deb so‘raydi.

“Qultoy aytdi: - Alpomishning belgisi ul edi, o‘ng egnida Shohimardon piming besh panjasning dog‘i bor edi, chap egnida o‘zimning besh panjamning belgisi bor edi.

Egnini ko‘rsatdi. Siypalab panjaning dog‘ini bilib, farzandim sen ekansan, deb ayrilmay qoldi.

Xudoyim saql igay bandni omon

G‘arib qulga egam bo‘lgay mehripon,

Shohimardon piming Alpomishni himoya qiladigan epik kuch sifatida talqin qilinishi qo‘ng‘irot elati o‘z ajdodlari ruhining himoyasida turmoqchi ekanligi haqidagi ong osti istaklarini ifodalaydi:

“Alpomish chiltanlardan joy, so‘z so‘raydi"

Yolg‘iz yurib ko‘p yo‘llami olaman,

Horib, charchab bemahalda kelaman,

Bir kecha yotmoqqa tolib bo‘laman,

Bu sababdan mazgil so‘rab turaman”.

Alpomish shu zayl mozorotda tunab qolish uchun chiltanlardan joy so‘raydi. Chunki, “bu yer chiltanlaming mazgilgoh joyi edi. Shohimardon piri chiltanlaming suhbatida edi, shu vaqtda ravzaga jo‘nab ketib borayotib edi. Shohimardon pir chiltanlarga aytdi: Bui bacha bizning muridimiz bo‘ladi, bugun sizlarga mehmon bo‘ldi, ko‘nglini naza qilmay, vaqtini xushlab jo‘natingizlar”. Hakimbekni chiltanlar suhbatiga chorlab, vaqtini xushlaydi. Shundan so‘ng Barchinning ruhini olib kelib, Alpomishning ruhini uchrashtiradi.

Alpomishning asosiy raqiblari qalmoq yurtidan bo‘lishida ham muhim ma’no bor. Bundan qo‘ng‘irot elatining ruhiyatida eng katta xavotir qalmoq qavmidan kutilganligi anglashiladi. Qalmoqlar bilan kurash lavhalari esa kuchli hukmdomi orzu qilgan qo‘ng‘irotlaming ong osti kechinmalaridagi istaklarini ramziy ifoda etadi.

“Alpomish” dostonida Alpomishning o‘z oilasiga qaytishini tasvirlashda baxshi doston eshitayotgan tinglovchilarga turli yo‘llar bilan hayotda ziyrak bo‘lish kerak, degan o‘gitni ham berib o‘tadi. Xususan, Qultoy Alpomishning Alpomishligiga ishonmaydi. Shundan keyin Alpomish chap yelkasidagi Qultoy panjasining dog‘ini ko‘rsatadi. Shundan keyin Alpomish Qultoy qiyofasida yurtdoshlari bilan uchrashadi. Bu ko‘rinishlar tasvirlangan doston sahifalari xuddi badiiy filmdagi ekran lavhalarini eslatadi va har safar “Qultoy”da Alpomish belgilari namoyon bo‘ladi. To‘yga ketayotgan xotinlaming tugunlarini mutlaq bo‘shatadi. Bir qozon oshni pishmay turib quritadi va h.k. Xuddi shunga o‘xshagan nozik belgi Yodgoming yoy ko‘tarishida baxshining o‘ta mahoratli tasviri bilan ifodalanadi. Yodgor Arpa ko‘lida yotgan o‘n to‘rt botmon yoyni to‘yxonaga olib kelishi kerak edi. Baxshi bu o‘rinda shunday deydi:

Jahon titrar Yodgor ovozasiga,

Quloq soling bu so‘zning mazasiga.

O‘n to‘rt botmon parli yoyni sudrab

Kelib qoldi Qo‘ng‘irot darbozasiga.

Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining “Alpomish” variantida nikoh musobaqasi va qirib tashlash sahnasi yo‘q. Faqatgina to‘y o‘yinlari tanib olish vositasi sifatida saqlanib qolgan. Lekin boshqa variantlar bilan solishtirilganda bu epizodning birinchi roli qahramonlik yakunida yaqqol ko‘rsatib beriladi. Alpomish eski (bobosidan qolgan) misdan yasalgan 14 botmonlik kamonini ko‘tarish va undan o‘q uzish maqsadida chiqib ketadi. To‘y mehmonlari Alpomish qaytib kelmadimikan deb shivirlashni boshlaydilar. Kamonni qahramonning o‘g‘li Yodgor keltiradi. Qozoq variantida Yodgor battol qalliqlarni birma-bir nishonga oladi va ularga jarohat yetkazadi.

Alpomish bahodirlik kamonidan birinchi bo‘lib Ultontoz taraflga o‘tib ketgan sotqin qorajonni o‘ldiradi, ikinchisi oltin oshqovoqqa borib tegadi.

Nayrang ishlatish motivi. Xiylayu nayranglar o‘ylab topish, shu orqali o‘z ziyrakligi, topqiriligini namoyish etib, g‘animni mahv etish motivi Alpomishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Alpomish Kayqubodni qalmiq eliga shoh etib tayinlash uchun unga yuksak ta’rif beradi. 0‘zi ham Kayqubodning xizmatiga shay ekanligini aytadi. Buni ko‘rgan qalmiqlar Alpomishday pahlavon Kayqubodni o‘zidan yuqori ko‘ryapti, ertaroq uni axtarib topib, Alpomishni ta’zirini berdirishimiz kerak ekan, deya fikrga boradilar. Kayqubodni shoh etib tayinlashga bajonidil rozi bo‘lishadi:

“ Alpomish yugurib qiladi xizmat,

Hayron qoldi qarab turgan jamoat,

“Bu qanday gap bo‘ldi cho‘pon azamat,

Yurtdan o‘tgan botir qiladi xizmat.

Tavba denglar bu ish qanday alomat.

Ilgaridan Kayqubodni bilmabmiz,

Zindondan chiqqanda xabar bermabmiz,

Biz burundan shohga kuyov qilmabmiz,

Kayqubodni oldimizga solmabmiz,

Cho‘pon deb bilmabmiz bunday kishini,

Endi ko‘rdik Kayqubodning ishini.”

Qalmiqlami Kayqubod xizmatiga tobe etish maqsadida o‘ylab topilgan navbatdagi xiyla Alpomish yurtiga qaytar chog‘ida amalga oshiriladi. Yurtning egalari, saroy ayonlari-yu, vazirlar kun kelib Kayqubodni cho‘pon sanab, unga fitna uyushtirib, taxtdan tushirib yubormasligi uchun go‘yoki Kayqubod buyrug‘iga binoan, Alpomish jazosini olishi kerak, deb yana zindonga tashlanadi. Shohning bu qahridan saroy ayonlaridan tortib, oddiy xalqqacha junbushga keladi:

“Kayqubodning ishi ajab alomat.

Hech buni odam sinab boimadi,

Alpomish bu xonga xarba qilmadi,

Qayta boshdan yana chohga tashladi”.

Qalmoq yurti bari qoyil boiadi.

Sinasob bo‘p endi odamlar yotdi.

El tinchidi Kayqubod turib ketdi,

Zindonning boshiga u zamon yetdi,

Borib chohda hakimbekni ko‘ribdi.

Ot-anjomi bilan u xonni

Zindondan chiqarib endi olgandir,

Qalmoq bari so‘ngra seni qo‘ymas, deb

Maslahatman shu hillani qilgandir ”.1

Ma’lumki, eposda alpning tug‘ilishidan oldingi shart-sharoitlar qahramon bog‘liq bo‘lgan jamoaning istaklari va ong osti kechinmalarida o‘z aksini topgan orzulari ifodasidan iborat bo‘ladi. “Alpomish” dostoni davlat boshqaruvi shakllanayotgan paytda paydo bo‘lganligi ayon bo‘ladi. Shunga ko‘ra yangi shoh taxt vorisi bolishiga qaramay, homiy kuchlar tomonidan azaldan “tanlanganligi”, eranlar tarbiyasini olib alp sifatida yetilishi, o‘z qahramonliklari bilan xalq tomonidan hurmat-e’tiborga loyiq topilib qabul qilinishi, hatto o‘zidagi ilohiy kuchni ko‘rsatib, tangrining inoyati bilan tug‘ilgan kishi ekanligini isbotlashi lozim boiadi. Demak, Alpomish ota-onasi va qabiladoshlarining ong osti kechinmasidagi orzu-istaklari sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, chor-atrofdagi dushmanlardan himoyalanishni istagan xalq Alpomishday qahramonning tug‘ilishini orzu qilar edi. Bu “Alpomish” dostonining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan eng muhim sabablardan biridir.

Dostonning tinglovchi e’tiborini o‘ziga jalb etuvchi nuqtasi baxshi tomonidan hikoya qilinadigan dastlabki voqealar bayonidan boshlanadi. Shoir qadimgi o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy, Alpinbiy, Boybo‘ri, Boysari biylar (urug‘ boshliqlari) o‘tganini hikoya qiladi. Demak, aka-uka Boybo‘ri va Boysarigacha Boysun-Qo‘ng‘irot elatidagi hayot bir maromda favqulodda hodisalarsiz kechgan ekan. Ammo Boybo‘ri va Boysariga kelganda, ular farzand ko‘rmadilar. Mana shu holatning o‘zi bizga “endi nimadir bo‘ladi” degan xabami berayotgandek tuyiladi. Bundan keyingi hayotda muayyan o‘zgarishlar bo‘lishiga farzand yo‘qligi bilan tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Chunki xalqimizda uzoq kutilgan yoki Yaratgandan tilab-tilab olingan farzand hamisha favqulodda ro‘y beradigan yangiliklardan xabar beruvchi omil sifatida baholanadi. Xalq bu farzandning dunyoga kelishi zarurligini asoslash uchun juda chiroyli badiiy vaziyatni o‘ylab topgan: chupron to‘yi mazkur holatning yechimiga aylanadi. Boybo‘ri va Boysarini to‘yda o‘ta haqorat bilan kutib olishadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va yana ko‘p viloyat, hududlarda to‘yga otda borgan mehmonning oti jilovini chavandozdan olib maxsus tayyorlangan joyga bog‘lash va ulov oldiga beda tashlash odati bor. Bu udum hozir ham saqlangan. Boybo‘ri va Boysariga esa hech kim e’tibor qilmaydi. To‘yda etakdan joy tegadi. Oshning qoldig‘ini suzib berishadi. Bunday munosabatdan aka-uka ranjiydi. Ayni shu paytda bir chapanitob boybachchaning gapi haddan oshib ketadi. U odam: “Bu to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?” - deb ulaming nafsoniyatiga tegadi. Aka-uka sakson tillani chupronga tashlab turadilar, lekin to‘yda yeyilgan oshning qarzi faqat to‘yda berilgan osh bilan uziladi. Buning uchun esa asosli sabab bo‘lishi - yo o‘g‘ilga sunnat to‘yi qilish, yo qiz uzatishda yurtga osh berib, to‘y xabarini qilish shart.



Doston matnini o‘qir ekanmiz, xalq og‘zaki ijodidagi epik asarlarga xos xususiyatlardan biri – farzandning yetishmovchiligi oxir pirovardida xursandchilik bilan yakunlanishiga guvoh bo‘lamiz. Asarni yaratishdan nazarda tutilgan bosh maqsad farzand dunyoga kelganidan keyin boshlanadi. “Alpomish”da ham Boybo‘ri o‘g‘il va qiz ko‘rdi, Boysari qizli bo‘ldi. Ana shu yangilikdan so‘ng qahramonlik eposi o‘z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifani bajarishga kirishadi. Taniqli olimlar V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov bu vazifani qabila urug‘chilik munosabatlarining yemirilishi va mamlakatni boshqaruvchi davlat tizimining vujudga kelishi bilan bog‘laydilar. Bu g‘oya keyinchalik M.Saidov tomonidan rivojlantirildi. Olimning fikricha, mamlakatni boshqaruvchi davlatni vujudga keltirish g‘oyasi jamiyat yoshlari Hakimbek, Qaldirg‘och, Barchin tomonidan ilgari suriladi. Hakimbek “zakot” tushunchasini o‘ylab topdi. Uning otasiga aytgan zakoti ramziy ma’noni ifodalaydi. Uni islom dinidagi zakot deb qabul qilish to‘g‘ri emas. Uzoq o‘tmishda soliq yig‘uvchini zakotchi deb atash odati bo‘lganligini hisobga olsak, Alpomishning taklifi soliq ekani ravshanlashadi. Boysari nutqida bu ma’no yanada aniqlashadi. U akasining o‘g‘li borligini yuziga solganini, akasiga zakot berguncha o‘zga yurtda juzya berib yashagani ma’qul ekanini ta’kidlaydi. Vaholanki, islomda zakotdan hech kim voz kechgan emas. Aksincha, har bir odam Allohning zakot berishga yetkazgani uchun shukr qilgan. Qolaversa, islomiy zakot iqtisodiy qiyinchilikdagi odamga beriladi. Dostonda esa Boybo‘ri zakotni o‘ziga berishni talab qilmoqda. Ustiga-ustak belgilangan zakot hajmi bitta uloqdan iborat. Ma’lum boMadiki, Boysari bor-yo‘g‘i bittagina uloqni zakotchilarga topshirsa, o‘zining Boybo‘ri hukmida ekanini tan oladi. Boysari esa bu holat ro‘y berishini istamaydi. U o‘zini Boybo‘riga har tomonlama teng deb biladi. Yana bir vaziyatga e’tibor bering. Boysarining qalmoq yurtiga ko‘chishini Barchin ma’qullamaydi. Natijada, u Alpomishni qo‘llaydi. Xullas, Alpomish tug‘ilgunga qadar totuv yashayotgan el endilikda ikkiga bo‘linadi. Endi Alpomish zimmasida bo‘lingan aholini o‘z harakati bilan birlashtirish vazifasi turadi. Bu vazifani bajarish uchun Alpomish qalmoq yurtiga safar qilishi va musofirlikda yashayotgan yurtdoshlarini Boysun-Qo‘ng‘irotga qaytarishi kerak. Mazkur maqsadni amalga oshirish rejasi baxshi tomonidan juda asosli tuzilgan: Barchinga qalmoq alplari sovchi qo‘yishadi. Barchin xat yozib, Alpomishni Qalmoqqa chaqiradi. Ammo Boybo‘ri o‘g‘lining o‘zga yurtga safar qilishini istamaydi. U maktubni sandiqqa yashirdi. Ana shu sabab bilan doston voqealarining faol rivojlanishi Qaldirg‘och harakatiga bog‘lanadi. Uning tashabbusi bilan Alpomish qo‘riq vositasida Boychiborga ega bo‘ladi va otasining ixtiyoriga qarama-qarshi ravishda Barchinga uylanish uchun Qalmoqqa jo‘naydi. Qalmoqda esa uni katta sinov kutayotgan edi. Professor M.Saidov fikricha, bu sinovni, aslida, kelajakda davlat boshqarishni bo‘yniga oladigan Alpomish uchun Barchin o‘ylab topadi. Uning mulohazasiga ko‘ra davlat boshqaruvchisi zotdor otga, sifatli yoyga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga u odam jang san’atini, ayni paytda yoydan o‘q otishni bilishi, jismonan baquvvat bo‘lishi shart.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish