5-Mavzu: Buxoro viloyati madaniy meros obyektlari. O`zbek milliy to`ylari. Reja



Download 381,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.11.2022
Hajmi381,7 Kb.
#868130
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu Buxoro viloyati madaniy meros obyektlari.



5-Mavzu: Buxoro viloyati madaniy meros obyektlari.
O`zbek milliy to`ylari. 
Reja: 
1.
 
Buxoro viloyati tarixi va kelish chiqish etimologiyasi. 
2.
 
Buxoro viloyati madaniy meros obyektlari va muzeylari. 
3.
 
Buxoro viloyati tarixiy obyektlari va turistik solohiyati. 
4.
 
Bugungi kunda davlatning milliy va an`anaviy musiqani rivojlantirishga 
qo`shayotgan hissasi. 
Buxoro shahri qadim zamonlarda qanday nomlangani — nomaʼlum. Milodiy V asrga 
oid xitoy manbalarida Buxoro shahri 
Nyumi
tarzida tilga olinib oʻtilgan. Binobarin, shaharda 
shu nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan. Tan imperiyasining VII asrga oid 
solnomalarida Buxoro shahri 
An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo)
shakllarida qayd etib 
oʻtilgan. Keyinchalik shahar har xil nomlana boshladi. Arab qadimiy manbalarda u 
Bumiskat, 
Madinat us-sufriya
(Mis shahar), 
Numijkat
(soʻgʻdcha 
numij
yoki 
namich
degani mashhur 
degan maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimiy zamonlarda yashagan mahalliy 
mualliflarning 
fikricha, 
shaharning 
nomi 
Buxor

yaʼni 
„Sanamlar 
turgan 
ibodatxona“
maʼnosini anglatuvchi bir soʻzdan kelib chiqqan. 
Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha, 
Buxoro
nomi mintaqaning eng asosiy 
buddaviylik 
ibodatxonasi 
vixara
yoki 
ana 
shu 
vixaraning sug'diy transkripsiyasi boʻlmish 
buxoro (ibodatxona)
soʻzidan kelib chiqqan. 
Ammo buddaviylik va moniylik diniy taʼlimotlariga oid osori atiqalar shahar hududida ham, 
umuman, Buxoro vohasida ham topilgan emas. 
Buxoro (Buxara) toponimi ilk bor Soʻgʻd yozuvlari bilan Buxoroda zarb qilingan mis 
tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).
Eng moʻtadil hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulug‘vor shaharning yoshi 2500 yildan ortiq 
bo‘lib, uning hududida ko‘plab qadimiy masjidlar, madrasalar va islom avliyolarining 
maqbaralari mavjud. Qadim zamonlardan beri odamlar barcha musulmon shaharlarga 
osmondan ilohiy nur tushsa, faqat Buxorodan bu nur yerdan osmonga qarab ko‘tarilishini 
aytadilar. Shuningdek, Buxoro X asrning mashhur tarixchisi Narshaxiy tomonidan deyarli 
tarixi to‘liq hujjatlashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona shahar hisoblanadi. O‘z asarlarida u 
biron bir shaharning Buxoro kabi ko‘p nomlari yo‘qligini ko‘rsatadi. V asrda Xitoyda u Nyumi 
deb nomlangan, keyinchalik Tan imperiyasining manbalarida u An, Ansi, Buho va Buhe deb 
nomlangan. Lekin tarixda ko‘pincha Buxoro nomi bilan atalgan. Etimologlarning fikriga ko‘ra, 
bu nom sug‘diylarning «buharak» so‘zidan kelib chiqqan va “baxtli joy” deb tarjima qilingan. 
Hozir Buxoro hududida bir asrdan ko‘proq vaqt oldin qurilgan, turli davrlarga tegishli bo‘lgan 
140 dan ortiq yodgorliklar, dahalar va mavzelar saqlanib qolgan. Buxoro nazm va ertaklar 
shahri deb ham ataladi, chunki butun eski shahar afsonalar va hikoyalar bilan o‘rangan! 
Aytgancha, shaharning tarixiy qismi 1993 yilda YUNESKOning Umumjahon merosi 
ro‘yxatiga kiritilgan. 
Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik 
maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan.
[3]
 Zarafshon 
daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda 
nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy 
boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi. 
Amir 
Temur va Temuriylar hukmronligi 
davrida 
Buxoro 
qaytadan 
qad 
koʻtardi: Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy markazi sifatida oʻz ahamiyatiga koʻra, 


ikkinchi oʻrinni egallab keldi, diniy-maʼnaviy taʼsir jihatidan esa yanada kuchliroq yetakchilik 
qildi. U shuningdek, „Islom dinining gumbazi“ („Qubbat ul-islom“), nufuzli shariat va tasavvuf 
ilmi namoyandalari vatani va ziyorat maskani boʻlib qolaverdi. Amir Temurning solnomanavis 
kotibi Hofizi Abru Somoniylar davridagi shon-shuhratga burkangan Buxoroni tasvirlab beradi, 
oʻziga zamondosh shahar haqida esa qisqacha qilib shunday deb yozadi: 
„Garchand oʻtgan 
zamon bilan taqqoslaganda mavjud narsalarning oʻndan biri ham qolmagan boʻlsada, boshqa 
dongdor shaharlar bilan qiyoslaganda, oʻz zamini serhosilligi va tinch-farovon turmushi bois 
Buxoro shahrini „jannat bogʻi“ deya atash mumkin“

Buxoro shahrida Amir Temur davrida barpo etilgan ayrim binolar saqlanib qolgan. 
Uning 
nomidan Namozgoh mukammal 
taʼmirlangan, Masjidi 
Kalon qayta 
tiklangan 
va Hazrati Imom xilxonasida xonaqo qurilgan, Amir Hajjoj ismli shaxs esa qadimiy ziyoratgoh 
ustida Chashmai Ayyub maqbarasini bunyod etishga (yoki taʼmirlashga) bosh-qosh boʻlgan. 
Kastiliya (Ispaniya) elchisi Ruy González de Clavijo Amir Temur saroyiga kelgan 
elchilar bilan 1404-yil kuzida vataniga qaytayotganida Buxorodan ham oʻtganini tilga 
oladi: 
„Boyar (Buxoro) degan bir shaharga yetib keldik. U keng tekislikda joylashgan, paxsa 
devor va suv toʻla chuqur handaq bilan oʻralgan ekan. Bir chekkasidagi qalʼa ham paxsadan 
qurilgan, negaki bu zaminda toʻsiqlar va devorlar qurish uchun tosh yoʻq, qalʼa yaqinidan 
daryo oqib oʻtadi. Shahar atrofida katta yerlar bor, u yerda ham katta-katta imoratlar 
qurilgan. Shahar non, goʻsht, sharob va shu kabi yeguliklarga boy va bu yerda boshqa koʻplab 
tovarlar ham mavjud. Bu shaharda elchilar oʻzlariga kerakli hamma narsani oladilar, bu 
yerda ularga otlar ham berishdi“

XIV—XV asrlar chegarasida taniqli soʻfiy, Bahouddin Naqshbandning muridi Xoja 
Muhammad Porso Buxoroda xonaqoh, hammom, madrasa barpo ettirdi, katta Xoja bozoriga 
asos soldi. Xoja Muhammad Porso madrasasida ulkan kutubxona joylashgan, unda yigʻilgan 
qoʻlyozma kitoblar orasida XII asrda koʻchirilganlari, eng qadimiylari ham bor edi. Amir 
Temurning vorisi — Shohrux Mirzo buxorolik shayxlar, shu jumladan, Xoja Muhammad 
Porso bilan koʻpincha 
„musulmonlar ishini tartibga solish maqsadida“
maslahatlashib turardi. 
Ark dastlab milloddan avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar 
hokimlari 
— buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida 
(9— 
10-asrlar) qayta 
qurilib devor va burjlar bilan 
mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida 
(11—12-asrlar) 
va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan. 
Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan. 
1990 
yilda arxeologlar tomonidan 
olib 
borilgan qazish 
ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va 
uning 
atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, 
toshnov, tazar, sandal va 
yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir 
tarmoqqa 
bo‘ysundirilganligi, 
shahar tashqarisidagi zahkashga 
qadar 
cho‘zilganligi, to‘rt tomonidagi gulax (o‘txona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib 
turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi. 
Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan 
hovli ta’mirlanib, o‘z holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Go‘riyon" darvozasi qayta 
tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5–3 m chuqurlikda 
gumbazsimon yer osti yo‘li borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey 
qo‘riqxonasi joylashgan. 

Download 381,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish