Sof monopoliya bozorda esa sotuvchi tariqasida bir firma tanho xukmronlik qiladi, yagona bir tarmoq shu bir firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar yetkazib beruvchi yo’q. Bu bozorda raqobat bo’lmaydi. Masalan, AQShning IBM korporasiyasi mamlakatda ishlab chiqaradigan kompyuterlarning 80 % dan ortig’ini ishlab chiqarib, yakka xukmron bo’lib qolmoqda, yoki O’zbekiston qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi Markaziy Osiyo respublikalari paxta dalalarida ishlayotgan paxta terish mashinalarining deyarli 100 % ini ishlab chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |