5-mavzu. Bilish



Download 264,81 Kb.
bet15/19
Sana29.04.2022
Hajmi264,81 Kb.
#591339
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5-Mavzu ma'ruzasi(8)

Muammo ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin bilinishi va hal qilinishi lozim bo’lgan bilim shaklidir. Muammo, odatda,tadqiqotchining biror bilish obektiga oid yangi dalillarni to’plagan, lekin bu dalillarni mavjud bilimlari bilan izohlashi mumkin bo’lmaganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga sig’may, o’zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug’iladi. Muammoning tug’ilishi va qoyilishi ilmiy bilish jarayonining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni aniqlash — ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda muammoni, ko’pincha, savol yoki biror masala bilan aralashtirib qo’llashadi. Ilmiy bilishning shakli sifatida, muammo savol va masaladan farq qiiadi. Xususan, savolga javob berish yoki masalani yechish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi. Muammoni esa oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun yangi dalillar, ma’lumotlar to’plash, ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud bo’lgan eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi.
Muammolar ham g’oyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolg’on) muammolardan iborat bo’ladi. Haqiqiy muammolar ilmiy dalil va fanlaming qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammolar ilmiy dalillar va fan qonunlariga zid keladi.
Ilmiy bilish jarayonida muammolarni hal qilishda koplab gipoteza (faraz)laming paydo bo lishi mumkin.
Gipoteza tekshirilayotgan predmet yoki hodisa to’g’risida ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy dalil va ma’lumotlarga zid bo’Imagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Ilmiy bilish jarayonida vujudga kelgan gipotezalar bir-birini to’ldiruvchi, bir- biriga zid, bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini inkor qiluvchi gipotezalar bo’lishi mumkin. Umuman olganda, ilmiy bilishning rivojlanishi — gipotezalarning paydo bo’lishi, ulaming isbotlanishi yoki rad qilinishi va yana yangi gipotezalarning paydo bo’lishi asosida sodir bo’ladi.
Nazariya ilmiy bilishning eng yuqori shaklidir.
Nazariya deyilganda haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid g’oya!ar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarning muayyan tizimi tushuniladi. Nazariya fan sohasiga oid bo’lib, ma’lum bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo bo’ladi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi amaliyot bergan yangi dalillarni izohlash, o’rganilayotgan predmet yoki hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirish, roy beradigan voqea va hodisalarni oldindan ko’ra olishdan iboratdir. Har qanday nazariya ma’lum sohadagi ilmiy bilimlarning so’nggi natijasi, lekin uni hech qachon tugallangan, o’zgarmas, absolut bilim, deb qaramaslik kerak. Chunki, har bir nazariya faqat u yoki bu gipotezaning akti asosidagi isboti boMmay, balki uzluksiz o’rin almashib, chinligi aniqlanib boruvchi juda ko’p va cheksiz gipotezalarning natijasidir. Shu sababli nazariya ham doimo rivojlanib borib, uning mazmuni mutlaq va nisbiy haqiqatlarning birligidan iborat bo’ladi.
Insonning kundalik amaliy faoliyati hamisha ma’lum rejaga, mo’ljalga asoslangani kabi,tadqiqotchining ilmiy izlanish va tadqiqotlari ham doimo ilmiy bashorat bilan bog’liq bo’ladi.

Download 264,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish