5-mavzu. Bilish



Download 264,81 Kb.
bet12/19
Sana29.04.2022
Hajmi264,81 Kb.
#591339
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
5-Mavzu ma'ruzasi(8)

Ilmiy bilish va uning usullari. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillami birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisalar.
Fanlarning predmeti, keng ma’noda,insonni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Shu jihatdan fanlarni ularning predmetlariga ko’ra, shartli ravishda: tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va ularning o’rtasidagi texnika fanlariga bo’lish mumkin.
Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, o’zlashtirish va o’zgartirish qonunlarini o’rganadi.
Jamiyatshunoslik fanlari esa,ijtimoiy munosabatlarni, insonni va uning jamiyatda tutgan o’rnini, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o’rganadi.
Texnika fanlari bo’lsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarini o’rganuvchi fanlardir. Texnik fanlarning vazifasi insonni texnika qurilmalari haqidagi
bilimlar bilan qurollantirib, yangi texnika vositalarini yaratishga yordam berishdan iboratdir.
Fanlarni yana amaliy va fundamental fanlarga ham bo’lishadi. Bunda ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, erishilgan har bir yangi natijasi ishlab chiqarishga bevosita tatbiq etilib boradigan fanlar amaliy fanlar, deyiladi. Fundamental fanlar esa tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o’rganuvchi fanlardir. Amaliy va fundamental fanlar o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriyetib, ijtimoiy-amaliy masalalarni ham hal qilishga tatbiq etadi.
Tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va texnika fanlaridan farqli, falsafa insonning borliq haqidagi eng umumiy bilimlari tizimidan iborat bo’lib, boshqa barcha fanlarga metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Barcha fanlarning o’ziga xos tadqiqot usullari (metodlari) bor. Ulaming metodologiyasi esa, barcha fanlarning yutuqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir.

Download 264,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish