92-rasm. Oedogonium.
Ulotriksning (Ulotrix) tuzilishi va ko‘payishi. Ulotriks tallomini buyum oynachasiga suv tomchisi bilan qo‘yib mikroskopning avval kichik, keyin esa katta obyektda ko‘riladi. Unda ulotriks tallomi bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, qalin po‘st bilan o‘ralganligini ko‘ramiz (93-rasm).
Sitoplazma hujayra po‘sti devoriga yaqin joylashgan, plastinkali xromatofori ko‘rinadi. Mikroskopning katta obyektida qaralganda, xromatoforda bir nechta pirenoid, bitta yadro va hujayraning markazida hujayra shirasi - vakuola ko‘rinadi. Tallomdagi hamma hujayralar bir xil, faqat bazal hujayrasi qisqa rizoidga aylanib substraktga birikish uchun xizmat qiladi. Bazal hujayradan tashqari boshqa hujayralari bo‘linib, tallomning tinmasdan o‘sishga va reproduktiv hujayralarni shakllanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |