Edogonium (Oedogonium) ning tuzilishi va ko‘payishi. Oedogonium tallomini buyum oynachasiga suv tomchisi bilan qo‘yib mikroskopning avval kichik, keyin esa katta obyektida ko‘riladi (90-rasm).
Oedogonium ipsimon shakldagi shoxlangan bo‘lib, bir yadroli, substratga yopishib o‘sadigan suvo‘tdir. Hujayrasi yirik, o‘yilgan xromotoforali va ko‘p pirenoidlidir. Ularni o‘ziga xos bo‘linishi natijasida, hujayra po‘stida “qalpoqcha” deb ataladigan halqasimon ilmoqlar vujudga keladi. “Qalpoqchalar” miqdoriga qarab ularni boshqa yashil suvo‘tlardan osonlik bilan ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |