5-mashG’ulot biologiyаni o’qitishda didaktik o’yin texnologiyаlarining konferensiyа, matbuot konferensiyа foydalanish


Ilmiy konferensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi



Download 185,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.06.2022
Hajmi185,31 Kb.
#635840
1   2
Bog'liq
5-Amaliy mashg'ulot

Ilmiy konferensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi: 
1.O’qituvchining kirish so’zi.
Bunda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi, maqsadi va 
vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi. 
2.Ilmiy ma’ruzalarni tinglash
“Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan 
ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar. 
3.Ma’ruzalar muhokamasi
. Bunda “Olimlar” va guruhdagi boshqa talabalar 
o’rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o’tkaziladi. 
4.Ilmiy konferensiya yakuni.
O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va 
g’oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi. 
5.Talabalarni baholash
. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantiriladi 
va reyting tizimiga muvofik baholanadi. 
Uyga vazifa berish. 
Mashg’ulotni umumiy yakunlash. 
Matbuot konferensiyasi 
Matbuot konferensiyasi guruhdagi barcha talabalarning o’quv - bilish faoliyati 
faol bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’qituvchining matbuot mashg’ulotiga 
tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. O’qituvchi matbuot konferensiyasini 
o’tkazishdan bir hafta avval guruh talabalarini ikki guruhga bo’ladi. Ularning 
taxminan 30% olimlar va mutaxassislar, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan 
gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar. 
Gazetalardan respublikamizda nashr qilinadigan “O’zbekiston ovozi”, “Qishloq 
haqiqati”, “Xalq so’zi”, “Toshkent oqshomi”, “Turkiston”, “Toshkent haqiqati”, 
jurnallardan “Fan va turmush”, “Qishloq xo’jaligi”, “Saodat”, “Sihat-salomatlik”ni 
olish mumkin. 
Shundan so’ng, har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot 
konferensiyasida beradigan savollari talabalar yordamida tuziladi. Bu savollar 
muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab olishi kerak. 
Savollar mazmuni muhokamadan o’tgandan so’ng, gazeta va jurnal muxbirlari 
va olimlar roli talabalarning xohishiga ko’ra taqsimlanadi. 
O’qituvchi olimlar va mutaxassislar rolini bajaradigan talabalar bilan alohida 
tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Ularga qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish va 
savollarga javoblar topish haqida ko’rsatma beradi. Savollarga beriladigan javoblar 
qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni qamrab olgan bo’lishi 


lozim. O’qituvchi ana shu javoblarni oldin ko’zdan kechirishi, agar ularda juz’iy 
kamchiliklar bo’lsa, ularni to’g’rilashi, to’ldirishi kerakligini talabalarga topshiradi. 
Muxbirlar rolini bajaradigan talabalar ham savollarga javoblar topishi olimlar va 
mutaxassislar bilan muloqotga kirishi uchun yetarli darajadagi bilimlarga ega 
bo’lishini ta’minlanishi kerak. 
Mazkur mashg’ulotga hamma talabalar ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy nazar 
qizg’in tayyorgarlik ko’rishi lozim. 
Savollar 
1.Didaktik o’yinli texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 
2.Ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning bilish va o’yin faoliyatini 
uyg’unlashtirish yo’llarini tushuntiring. O’yin faoliyatini tashkil etish bosqichlarini 
izohlang. 
3.Didaktik o’yinlarning mazmuni va mohiyatini tushuntiring.
4.Didaktik o’yinli mashg’ulotlarga qo’yiladigan talablarni aniqlang. 
5.Ta’lim-tarbiya 
jarayonida 
foydalaniladigan 
didaktik 
o’yin 
texnologiyasining turlaridan syujetli-rolli o’yinning o’ziga xos xususi yatlarini 
aniqlang.

Download 185,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish