Q = 0,24I2Rt
Bunga Joul-Lens qonuni deyiladi. Uning differensial ko’rinishi quydagicha bo’ladi:
ω = Ϭ2E
7. Tok kuchi. Elektr yurituvchi kuch. Kuchlanish.
Ma’lumki, elektr zaryadlarining tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Tok yo’nalishi sifatida musbat zaryadning harakat yo’nalishi qabul qilinadi.
O’tkazgichning ko’ndalang kesimi orqali bir sekundda o’tgan Δq elektr miqdoriga tok kuchi deyiladi.
(1)
Vaqt mobaynida tok kuchining kattaligi va yo’nalishi o’zgarmaydigan tokka o’zgarmas tok deyiladi. Tok kuchi amperda (A) o’lchanadi. Bu Xalqaro Birliklar Sistemasining asosiy birligidir.
Tok manbaida elektronlarni ajratuvchi kuchlarga elektr ajratuvchi kuchlar deyiladi.
Tashqi elektr ajratuvchi kuchning manba ichida uning qutblari orasida birlik zaryadni ko’chirishda bajargan ishi tok manbaining elektr yurituvchi kuchi deyiladi.
(2)
Ikkinchi tomondan
(3)
Demak, elektr yurituvchi kuch ajratilgan tok manbai qutblari orasidagi potensiallar ayirmasiga teng.
Elektr yurituvchi kuch Voltlarda o’lchanadi (V). Tashqi elektr zanjiri bilan tutashtirilgan tok manbai qutblaridagi potensiallar ayirmasiga tok manbaining kuchlanishi deyiladi.
(4)
Kuchlanish ham Voltlarda o‘lchanadi.
8. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.
1826 yilda nemis olimi Georg Om tajriba yo’li bilan quyidagi qonunni yaratdi.
O’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’tkazgichga berilgan kuchlanishga to’g’ri proporsional bo’lib, o’tkazgichning qarshiligiga teskari proporsionaldir.
(1)
bu yerda R – o’tkazgichning qarshiligi bo’lib, u erkin elektrolarning metall ionlari bilan to’qnashishi natijasida hosil bo’ladi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o’tkazgichning qarshiligi uning uzunligiga to’g’ri proporsional bo’lib, ko’ndalang kesimi yuzasiga esa teskari proporsionaldir.
(2)
bu yerda l – o’tkazgichning uzunligi, S – ko’ndalang kesimi yuzasi, ρ – proporsionallik koeffisienti bo’lib, unga o’tkazgich moddasining solishtirma qarshiligi deyiladi. (6) dan ρ ni topamiz:
(3)
Agar l=1m va S=1m2 bo’lsa ρ = R bo’ladi.
Demak, moddaning solishtirma qarshiligi shu moddadan yasalgan va tomoni 1m bo’lgan kubning shu kub tomonlaridan biriga parallel oqayotgan tokka ko’rsatgan qarshiligidir.
Uning o’lchov birligi XBS da om.m dir. Ba’zan esa uning sistemaga kirmaydigan o’lchov birligi ishlatiladi.
Quyidagi jadvalda ayrim moddalarning solishtirma qarshiliklari ko’rsatilgan.
-
Modda
|
|
Mis
|
1,7
|
Alyuminiy
|
2,8
|
Po’lat
|
10
|
Oltin
|
2,4
|
Grafig
|
40
|
Nixrom
|
100
|
(1) va (2) dan
(4) yoki
(5)
moddaning solishtirma o’tkazuvchanligi, maydon kuchlanganligi bo’lgani, shuningdek,
(6)
Tok zichligi bo’lgani uchun (5) ni quyidagicha yozish mumkin.
(7)
Bu munosabat differensial ko’rinishdagi Om qonuni bo’lib, o’tkazgich ichida joylashgan ixtiyoriy nuqtadagi tok zichligini shu nuqtadagi elektr maydonini kuchlanganligi bilan bog’laydi.
Nazorat savollari
Elektr maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish.
Potensial.
Elektr sig’imi.
Kondensator.
Do'stlaringiz bilan baham: |