Rasm.3.4 Dilatometrik termometr prinsipial sxemasi
Dilatometrik termometr (rasm.3.4), chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti katta bo`lgan (mis, latun yoki alyumin) materialdan yasalgan va o`lchanayotgan muxitga joylashtirilgan bir tomoni berk bo`lgan trubka 1 dan, hamda bu trubka ichiga o`rnatilgan va prujina 4 va richag3 bilan uning tubiga siqib turilgan sterjenь 2 dan tashkil topgan. Sterjenь chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti kichik bo`lgan material (farfor, kvarts, yoki invar qotishmasi)dan tayyorlanadi. Ob’ektdagi temperatura o`zgarishi bilan trubka 1 uzunligi o`zgaradi va bu chiziqli o`lchamlari deyarli o`zgarmagan sterjenni siljishiga sabab bo`ladi. Bu siljish richaglar orqali o`lchov asbobi strelkasiga uzatiladi.
|
Rasm.3.5 Bimetallik termometr prinsipial sxemasi
| Bimetallik termometr (rasm.3.5) ikkita egilgan va o`zaro kovsharlangan metall poloskalardan tashkil topgan bo`lib, poloska 1, chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti ( ) katta materialdan va poloska 2, chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti ( ) kichik bo`lgan materialdan tayyorlangan bo`ladi. Ushbu poloskalardan tashkil topgan bimetallik plastinka, temperatura o`zgarishiga qarab egilish darajasini o`zgartiradi va bu tyaga 3 va richag 4 orqali o`lchov asbobi strelkasiga uzatiladi. Temperatura oshganda bimetallik plastinka chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti kichik bo`lgan metall tomonga qarab buriladi ( ).
Mexanik termometrlar asosan signallovchi asboblar sifatida ishlatiladi. Bimetallik termometrlar temperatura kompensatorlari sifatida, boshqa o`lchov asboblariga o`rnatilib, ularning ko`rsatishiga atrof muxit temperaturasining ta’sirini kompensatsiyalash uchun qo`llaniladi.
4.Manometrik termometrlar. Manometrik termometrlarning ishlashi berk xajmdagi gaz, suyuqlik yoki buning bosimini temperatura ta’sirida o`zgarishiga asoslangan.
O`lchov asbobi qanday ishchi modda bilan to`ldirilganiga qarab, manometrik termometrlar gazli, suyuqlikli va bu-suyuqlikli turlarga bo`linadi.
O`lchov asbobi (rasm.3.6) termoballon 1, kapillyar trubka 2 va manometrik qism 3-6 (trubasimon truba 3, ushlagich 4, uzatgich (povodok) 5 va tishli sektor 6) dan tashkil topgan. O`lchov asbobining butun tizimi ishchi modda bilan to`ldiriladi. Termoballon temperaturani o`lchash ob’ektiga o`rnatiladi. Temperaturaning ortishi bilan masalan, butun berk tizimda bosim ortishi kuzatiladi. Bosim ortishi manometrik prujinani deformatsiyalanishiga va uning erkin uchi uzatish mexanizmi orqali o`lchov asbobi strelkasini burishiga sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |