3.1-rasm. Temperatura shkalasini uch o`zgarmas-reper nuqtalari
1731 yili Reomyur shisha termametrlarida spirtdan foydalanishni taklif qildi. U muzning erish nuqtasini 00, suvning qaynash temperaturasini esa 800 deb qabul qildi.
1742 yilda TSelьsiy, simobdan foydalanib va muzning erish nuqtasini 100 0C, hamda, suvning qaynash nuqtasini 00C deb qabul qilib o`zining temperatura shkalasini taklif qildi. Bunday belgilanish noqulayligi sababli uch yildan so`ng muzning erish nuqtasini 00C, hamda, suvning qaynash nuqtasini1000C deb qabul qilindi.
Bulardan tashqari yana Lomonosov va Lambertlar ham o`z temperatura shkalalarini taklif qilganlar.
Bu temperatura shkalalarini qurishda, temperatura o`zgarishi bilan suyuqliklarning xajmiy kengayishi chiziqli boliqlikga ega deb qabul qilingan va 1 gradus deb, (tII - tI) temperatura intervalining n dan bir bo`lagi deb qabul qilingan, ya’ni,
1grad= (3.1)
tII va tI – ikki yengil olinadigan o`zgarmas nuqtalar.
O`zgarmas nuqtalar deb, 101325 n/m2 yoki 1,0332 kgs/sm2 ga teng bo`lgan normal absolyut bosimda, xar xil moddalarning qattiq va suyuq yoki suyuq va gaz fazalari orasidagi muvozanat temperaturalariga aytiladi.
1848 yili Kelьvin termodinamik temperatura shkalasini taklif qildi.
Agar zarrachaning qaysidir o`rtacha kinetik energiyasi qiymatiga ma’lum bir gradus qiymati berilsa (asosiy yoki reper nuqta), unda u absolyut noldan boshlanadigan chiziqli uzluksiz temperatura shkalasini qurishga yetarli bo`ladi. Absolyut nolga zarrachalarning nolga teng tezligi va nolga teng o`rtacha kinetik energiyasi mos keladi.
= (3.2)
m, v-zarrachaning massasi va tezligi;
k- Boltsman koeffitsienti.
Kelvin termodinamik shkalasida yagona asosiy tajriba nuqtasi bo`lib suvning uch xolati nuqtasi hisoblanadi va u 273,160K deb qabul qilingan. Suvning uch xolati nuqtasi – suvning qattiq, suyuqlik va gaz fazalaridagi muvozanat nuqtasi. Termodinamik temperatura T xarfi bilan va 0K belgi bilan belgilanadi.
Termodinamik shkala ideal gaz bilan to`ldirilgan gaz termometri shkalasi bilan mos keladi. Ideal gazlar xususiyatlariga juda yaqin hisoblangan gazlar H2, N va Ne (geliy).
Gaz termometrlari yordamida temperaturani o`zgarmas xajmdagi gaz bosimini o`zgarishi bo`yicha o`lchanadi. O`lchash aniqligi juda yuqori, ammo juda murakkab. SHuning uchun gaz termometrlari termodinamik shkalaga yaqin bo`lgan Xalqaro amaliy temperatura shkalalarini qurishda ishlatilgan.
1877 yilda Xalqaro o`lchov qo`mitasi asosiy temperatura shkalasi sifatida yuz gradusli vodorod shkalasini qabul qildi (0-1000C, 760 mm rt. st. bosimda). Unda o`zgarmas xajmdagi vodorod bosimi bo`yicha temperaturani aniqlanardi. Bu temperatura shkalasi bo`yicha temperatura graduslari temodinamik shkalaga juda yaqin bo`lib, uning amaliy qo`llanishi taxminan -250C dan + 1000C gacha chegaradagi temperatura bilan cheklanardi.
XX asr boshlarida, xar xil davlatlarda xar xil temperatura shkalalari qo`llanilar edi (TSelьsiy, Farengeyt, Reomyur, termodinamik i vodorod shkalalari) va bu ma’lum qiyinchiliklar tudirar edi.
SHuning uchun, 1933 yilda VIII o`lchash bo`yicha General konferentsiyada Xalqaro temperatura shkalasini (XTSH) joriy qilish bo`yicha qaror qabul qildi.
XTSH yuz gradusli termodinamik shkalaning amaliy ifodasi bo`lib, unda normal bosimda muzning erish va suvning qaynash temperaturasi 00C va 1000C deb qabul qilindi. TSelьsiy shkalasidan farqli, xalqaro shkala graduslarini “xalqaro graduslar” yoki “yuz gradusli shkala graduslari” deb atay boshladilar.
XTSH asosiy nuqtalari:
Suyuq va gazsimon kislorodning muvozanat temperaturasi -182,970C;
Muzning erish temperaturasi - 00C;
3. Suvning qaynash temperaturasi - 100,00C ;
4. Suyuq oltingugurt va uning buining muvozanat temperaturasi - 444,60C;
5. Qattiq va suyuq kumushning muvozanat temperaturasi - 960,50C;
6. Qattiq va suyuq oltinning muvozanat temperaturasi -1063,00C.
2.Temperaturani o`lchash usullari va temperaturani o`lchovchi asboblarning tasnifi. Modda temperaturasi boshqa termometrik modda xususiyatining o`zgarishini nazorat qilish yo`li bilan aniqlanadi.
Temperaturani o`lchashda moddaning shunday xususiyatlari tanlanadiki, u temperaturaga boliq ravishda o`zgarsin. Bu talablarga termometrik moddalarning quyidagi xususiyatlari mos keladi: xajmiy kengayish, berk xajmdagi bosimning o`zgarishi, elektr qarshilikning o`zgarishi, elekr yurituvchi kuchning (E.Yu.K.) paydo bo`lishi va nurlanish intensivligining o`zgarishi. Bu xususiyatlardan foydalanib temperaturani o`lchash usullari ishlab chiqilgan.
Temperaturani o`lchovchi asboblarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Kengayish termometrlari (temperaturani o`lchash chegarasi -1900C dan 5000C gacha);
2. Manometrik termometrlar (o`lchash chegarasi -1600C dan 6000Cgacha);
3. Elektr qarshilik termometrlari (o`lchash chegarasi -2000C dan 6500Cgacha);
4. Termoelektrik pirometrlar (o`lchash chegarasi -500C dan 18000Cgacha);
5. Nurlanish pirometrlari (o`lchash chegarasi 1000C dan 60000Cgacha).
SHunday qilib, temperaturani o`lchovchi asboblar shartli ravishda ikki turga bo`linadi: Termometriya, -2000C dan +6000C gacha chegarada temperaturani o`lchovchi asboblar - termometrlar (birinchi uch turi) va pirometriya, yuqori temperaturalarni o`lchovchi asboblar, pirometrlar (oxirgi ikki turi).
3.Kengayish termometrlari. Bu o`lchov asboblarining ishlash printsipi temperatura ta’sirida jismlarning xajmi va chiziqli o`lchamlarining o`zgarishi xususiyatiga asoslangan.
Suyuqlikli va mexanik kengayish termometrlari mavjud.
Suyuqlikli shisha kengayish termometrlari. Bu o`lchov asboblari ishchi termometrik suyuqlik bilan to`ldirilgan rezervuar kichik diametrli kapilyar bilan ulangan bo`lib, temperatura oshganda suyuqlik xajmi ortib kapilyar trubka bo`yicha ma’lum bir balandlikga ko`tariladi. Suyuqlikning kapilyar trubkadagi satxi ko`tarilishi bo`yicha temperatura aniqlanadi.
Bu termometrlarda ishchi suyuqlik sifatida simob va organik moddalar (etil spirti, toluol pentan va boshqalar) qo`llaniladi. Simob ba’zi ustunliklarga ega – o`lchash diapozonining kattaligi, -390S dan (rtutning muzlash temperaturasi) 3570S gacha (rtutning qaynash temperaturasi); shishaning rtut bilan xo`llanmasligi; toza rtutni olishning osonligi.
Simobning o`rtacha xajmiy kengayish temperatura koeffitsienti 0,18-10-3 grad-1.
Organik suyuqliklar bilan to`ldirilgan kengayish termometrlari yordamida -190 dan 1000S gacha diapozonda temperaturani o`lchash mumkin. Xajmiy kengayish temperatura koeffitsienti 1,13.10-3 grad-1.
|
|
Rasm.3.2
|
Rasm.3.3
|
Suyuqlikli (simobli) kontakt termometrlari
| Simob termometrlari temperaturani -350C dan 5000C gacha chegarada o`lchashga ishlatiladi. Yuqori temperaturalarni o`lchashda, simob qaynashining oldini olish uchun, kapillyar tepasidagi bo`shliq inert gaz bilan ortiqcha bosimda to`ldiriladi (simob qaynash temperaturasini oshirish maqsadida).
Simob termometrlari ikki turda ishlanadi: o`rnatilgan shkalali va kapillyarli trubkaga chizilgan shkalali (palochnыy).
Kapillyarli trubkaga chizilgan shkalali termometr tashqi diametri 6-8 mmli qalin devorli kapillyar va unga ulangan rezervuardan tashkil topgan bo`ladi. Termometr shkalasi bevosita kapillyarning tashqi yuzasiga chiziladi. O`rnatilgan shkalali termometr ingichka kapillyardan va bo`linmalar chizilgan oq shisha plastinkadan tashkil topgan bo`ladi.
Vazifasiga qarab, simobli termometrlar texnik, namunali va laboratoriya turlariga bo`linadi.
TT tipidagi texnik termometrlar, pastki qismi uzunligi 60 dan 2000 mmgacha va yuqori qismi uzunligi 110, 160 va 220 mm, hamda diametri 18 mm li bo`lib, to`ri va burchakli (90, 1350) qilib tayyorlanadi.
Bu o`lchov asboblarining asosiy xatoligi eng kichik bo`limi qiymatidan oshmaydi va 0,5 dan do 100C gacha qiymatlarda o`zgaradi.
Laboratoriya termometrlari (TL), bo`lim qiymatiga qarab, 4 guruxga bo`linadi (1; 0,5; 0,5 i 0,1).
Temperatura qiymatining oshishi bilan o`lchov asbobining asosiy xatoligi ortadi.
SHuningdek, suyuqlikli (simobli) kontakt termometrlari ham ishlab chiqariladi (rasm 3.2-3.3 ). Ular odatda temperaturani signallash uchun va avtomatik rostlashda ishlatiladi. Bu o`lchov asbobining pastki va yuqori kontaktlari mavjud bo`lib (platinali yoki volьfram simlardan), ular tutashganda elektr zanjiri ulanib, relening boshqarish o`ramidan tok o`tadi va rele ishlab, isitgichni uzadi. Temperatura kamayganda zanjir uziladi. Kontaktli termometrlarning o`zgarmas kontaktli va kontaktni magnitli siljitgich yordamida xolatini o`zgartiruvchi qurilmali turlari mavjud.
Mexanik kengayish termometrlari. Mexanik termometrlarga dilotametrik va bimetallik termometrlar kiradi. Ularning ishlashi xar xil chiziqli kengayish temperatura koeffitsientiga ega bo`lgan ikki qattiq jismning temperatura ta’sirida xar xil kengayishiga asoslangan. Qattiq jism uzunligining L uning temperaturasiga boliqligi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi
L=L0 (1+ t); (3.3)
L0 –00C da jism uzunligi; - jismning o`rtacha chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti, grad-1.
Do'stlaringiz bilan baham: |