5-Ma’ruza. Xaroratni o`lchash usullari va asboblari
1. Temperatura va temperatura shkalalari to`risida umumiy tushunchalar
2.Temperaturani o`lchash usullari va temperaturani o`lchovchi asboblarning tasnifi.
3.Kengayish termometrlari.
4.Manometrik termometrlar.
5.Elektr qarshilik termometrlar. Muvozanat va avtomatik muvozanat ko`priklar. Logometr.
5.Nurlanish pirometrlari.
1.Temperatura va temperatura shkalalari to`risida umumiy tushunchalar. Temperatura deb jismning issiqlik darajasini belgilovchi kattalikga aytiladi. Temperaturani bunday tasavvur qilish issiqlik kontaktida bo`lgan ikki jism orasidagi issiqlik almashinuvi xodisasiga asoslangan. Issiqligini berayotgan, issiqligi yuqori jism, issiqlikni qabul qilib olayotgan jismdan temperaturasi yuqori bo`ladi. Issiqlik almashinishi bo`lmasa, unda jismlar temperaturasi teng bo`ladi.
Molekulyar kinetik nazariyaga asosan, jism temperaturasini ortishiga sabab bo`luvchi unga berilayotgan issiqlik energiyasi, molekulalar xarakatlanishi energiyasiga aylanadi. Ya’ni, temperatura bu jism zarrachalarining o`rtacha kinetik energiyasiga to`ri proportsional kattalikdir.
Temperaturani miqdoriy baholashga o`tish uchun temperatura shkalasini qurish kerak bo`ladi, ya’ni, shkalaning boshlanishini qabul qilish, hamda, temperaturani o`lcham birligini tanlash.
Birinchi temperaturani o`lchash qurilmasi Galiley tomonidan 1597 yilda taklif qilingan bo`lib, bu suv termometrining xali shkalasi bo`lmaganligi sababli uni temperatura indikatori deb atalsa to`ri bo`ladi.
1641 yilda taxminiy bo`linmalarga bo`lingan qurilma yaratildi. Yarim asr o`tgandan so`ng esa, Renalьdini o`zgarmas reper nuqtalardan foydalanishni taklif qildi, ya’ni, muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasi. Ammo, xali temperatura shkalasi yo`q edi.
Birinchi temperatura shkalasi 1724 yilda Farengeyt (Gollandiya) tomonidan taklif qilingan. U shisha asboblarini yasash bilan shuullanar edi. U simob barometrida temperatura o`zgarishi bilan simob ustunining o`zgarishini sezib qolib, temperatura shkalali simob termometrini taklif qildi. Farengeyt o`z temperatura shkalasini qurishda uchta o`zgarmas-reper nuqtalarni asos qilib oldi(3.1-rasm):
1. Yuqori sovuq nuqtasi (absolyu nolь), suv, muz va nashatirning ma’lum proportsiyalarida olinada (00F, TSelьsiy shkalasi bo`yicha -17,80C);
2. Muzning erish nuqtasi (320F, TSelьsiy shkalasi bo`yicha 00C);
3. Insonning normal temperaturasi 960F (+35,60C).
Keyinchalik, suvning qaynash temperaturasi 2120F deb qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |