5-ma’ruza. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi reja


G‘aznaviylar va Qorahoniylar davrida O‘rta Osiyo



Download 0,65 Mb.
bet4/11
Sana24.07.2021
Hajmi0,65 Mb.
#127665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5 ma’ruza IX XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi Ajdodlarimizning

G‘aznaviylar va Qorahoniylar davrida O‘rta Osiyo.

Qoraxoniylar davlati Ettisuv hududidagi Qarluq (756-940) davlati o‘rnida tashkil topdi. Uning asoschisi Sotuq Bug‘roxon (915-955) hisoblanadi. U 942 yili Bolasog‘un hokimini mag‘lub etib, o‘rniga o‘zini xoqon deb atadi. Qoraxoniylar davlatiga ikki qabila-YAg‘mo va CHigil qabilalari birlashdilar. Somoniylar lashkarboshisi Abul Ibrohim Ismoilning (Muntasir) Buxoroni ozod etish yo‘lidagi urinishlari 1005 yilda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Somoniylarning G‘aznadagi noibi Sabuktegin 997 yilda vafot etdi. O‘rniga uning o‘g‘li Mahmud G‘azna hokimi bo‘ldi. Somoniylar amiri Mansur ibn Nuh (997-999) uning ta’sirida edi.

1001 yilda, Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzib, Amudaryoni ikki o‘rtadagi chegara qilib belgiladi. Somoniylar davlati o‘rnida ikki ulkan davlat tashkil topdi: birinchisi-Qoshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan Sharq iy Turkistonning bir qismida, Ettisuv, SHosh, Farg‘onaning qadimgi hududlarini o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati; ikkinchisi – Shimoliy Hindiston sarhadlaridan Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hamda hozirgi Afg‘oniston va Shimoli Sharq iy Eronni o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati edi.

Qoraxoniylarda Qoshg‘ar va Bolasog‘un poytaxt sanalib, ulug‘ xon shu shaharlardan birida qarorgohda o‘tirgan. Ulug‘ hoqon yoki ulug‘ xon ul-hoqon degan nomda yuritilgan. Arab manbalarida mazkur unvon sulton ul-salotin, fors tarix asarlaridagi shahanshohga muvofiq keladi. Aynan yuqoridagi oliy unvon qoraxoniylar davri kitoblarida tamg‘ochxon deb ham yutirilgan.

Qoraxoniylarga qarashli erlar tamg‘ochxon tomonidan uning o‘g‘illari, qarindoshlari o‘rtasida taqsimlangan edi. Shu bois yer-mulk masalasida ota-o‘g‘il, amaki, jiyanlar hamda aka-uka-yu amakivachchalar o‘rtasida doimiy nizolar yuz berib, u siyosiy ahvolga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan.

Yettisuvdan turib Movarounnahrni boshqarish qiyin bo‘lgan. Qoraxoniylar davrida Samarqand elikxoni ancha kuchayib ketgan edi. Saroyda somoniylar davlatida bo‘lganidek vazir, sohibbarid, mustavfiy, hojib, rayis-muhtasib kabi amaldorlar bo‘lgan. Qoraxoniylar davlatida imom, sayyid, shayx, sadrlar mavqei kuchli edi.

Qoraxoniylar davlati boshlig‘i lavozimi, xoqonning taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga bo‘lingan: dargoh va devonga. Xoqonning ulug‘ hojibi xoqon bilan fuqaro o‘rtasida vositachilik qilgan. Xoqon saroyida quyidagi amaldorlar bo‘lgan: og‘ichi-shoyi kiyimlar xazinachisi; biruk-mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha mutasaddi; oshchi-xoqon oshxonasi boshlig‘i (bog‘archi); bitikchi-munshiy; kotib-mirza; qushchi-hoqon ovining tashkilotchisi.

Xoqonning harbiy qo‘shinlari cherik deyilgan, unga suboshi, yoki sipohsolor qo‘mondonlik qilgan. Kichik zobit chovush, sipohiylar to‘dasi qo‘mondoni xaylboshi deyilgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, mingliklarga bo‘lingan. Qoraxoniylar xoqoni qo‘shi (harbiy lager) xonto‘y deyilgan. Xoqon qo‘shida doim 9 ta sariq bayroq xilpirab turgan. Hoqonlikda elchini yalavoch yoki yalafar deb atalgan.

Xoqonlik hududlari el, viloyatlarga bo‘lingan va oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to‘lovchi fuqaro rayiyyat deb atalgan. Qabila boshliqlari bek deyilgan, savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to‘quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), Shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. Shuningdek , qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. SHaharsozlik inshootlari pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan. Xonlikda er egaligining iqta’ shakli keng tarqalgan. Xoqon, vaqf, jamoa mulklari qoraxoniylar tasarrufidagi asosiy er-mulklar hisoblangan.

Iqta’ egasi o‘z mulkida ishlayotgan ziroatkorlardan belgilangan miqdorda qonun bilan qayd etilgan soliqdan boshqa ortiqcha mahsulot yoki haq olishga huquqi bo‘lmagan. Majburiy ravishda biror-bir mahsulot tortib olinsa, bunday vaziyatda iqta’ning ma’lum miqdori qirqib olingan, yoki umuman tortib olingan.

G‘azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. G‘aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo‘lib, bu davlat uning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G‘aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli Shimoliy va shimoli-g‘arbiy Hindistondan Chag‘aniyon va Xorazmgacha cho‘zilgan bo‘lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud G‘aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta’sir ko‘rsatar edi. O‘z davrining iqtidorli sarkardasi va qo‘ttiqqo‘l hukmdori bo‘lgan Mahmud G‘aznaviy 1030 yilda vafot etadi. SHundan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma’sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi.

G‘aznaviylar sultoni Ma’sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko‘p bor jang olib borishga majbur bo‘ldi. Mahmud G‘aznaviyning ruxsati bilan Shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g‘aznaviylar uchun katta xavf tug‘dira boshladi. 1035 yilda saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga etib kelgan g‘aznaviylar qo‘shini saljuqiylarga zarba bergan bo‘lsada, Saljuqiyning nevarasi Tog‘rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi G‘aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g‘alaba qozonadi. 1037 yil aprel oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag‘dodda xalifaga hokimiyat uchun yorliq berishni so‘rab elchi jo‘natadilar. Shu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi.

Keyingi yillar turkmanlar Tog‘rul boshchiligida bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so‘ng Ma’sud katta qo‘shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040 yilda Mari yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo‘lib, bunda Ma’sud qo‘shini qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Jangdan zo‘rg‘a qochib qutulgan Ma’sud tez orada (1040 y.) vafot etdi. Uning vorislari g‘aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la olmadilar.

G‘aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo‘liga o‘tdi. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo‘lib, Tog‘rulbek (1038-1063 y.) saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shimoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo‘histonni ham bosib olishga erishdi. 1055 yilda u katta qo‘shin bilan Bag‘dodga kirib keldi va xalifadan o‘z nomiga xutba o‘qitishni talab etdi. Shundan so‘ng xalifa diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog‘rulbekka topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Tog‘rulbek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi davrida saljo‘qiylar Kavkazda Vizantiya qo‘shinlariga ham katta zarba berdilar. U Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. Lekin, uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Amudaryoning o‘ng sohilidagi erlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Undan keyin taxtga o‘tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089 yilda qoraxoniylar o‘rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o‘lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljo‘qiylarning yarim vassaliga aylandilar.



    1. Download 0,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish