|
5.8-rasm. Quduqlarning xarakterli konstruksiyalari sxemasi
1-konduktor; 2-ishlatish kolonnasi;
3-texnik kolonna
Geologik sharoitlar va burg’ilash sharoitiga qarab quduqda ikkita (a,b-rasm), uchta (v-rasm) yoki undan ortiq mustahkamlovchi kolonnalar bo’lishi mumkin. Shunga qarab tizma boshchasi murakkabligi ham o’zgaradi.
|
Gaz quduqlarining tuzilishi loyiha ko’rsatkichlari asosida qat’iy tarzda olib borilib, asosan quyidagi tartibda olib boriladi:
- Yo’naltiruvchi kolonna – 426 mm li quvurlar 10 m chuqurlikka tushiriladi va sementlanadi. Ushbu kolonnani tushirishdan maqsad yer ustki tog’ jinslarining bushoqligini hisobga olib, quduq ichiga o’pirilib tushmasligini oldini olishga qaratilgan.
- Konduktor – 324 mm li quvurlar 300 m chuqurlikka tushirilib, sementlanadi. Konduktorni tushirishdan maqsad ushbu oraliqlarda mavjud bo’lgan sho’rlangan yer osti qatlam suvlarini quduqqa ta’sirini to’xtatishga qaratilgan.
- Texnik kolonna – 219 mm li quvurlar 2582 m chuqurlikka tushirilib sementlanadi.
Ushbu kalonnalar mahsuldor uyum yuqorigi qismiga tushirilib, asosan mavjud tuz qatlamlarining kolonnalarni qisib qolmasligi maqsad etib qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |