1- variant
5) Marketing — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi.Marketing — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi.
Reklama (lot. reklamo — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. R. marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. R. korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. R.ning asosiy vazifasi — haridorni qiziqtirish, mijoz haridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.
Raqamli (raqamli) marketing - bu har qanday raqamli kanallardan foydalanish orqali tovar yoki mahsulotni targ'ib qilish usuli. Ba'zida raqamli marketingni Internet-marketing bilan aralashtirib yuborishadi. Ammo raqamli marketing quyidagilarni ishlatib, butun dunyo bo'ylab tarmoqdan tashqariga chiqadi.
Social Media Marketing (SMM; Tarjimasi: ,,Ijtimoiy tarmoqlarda marketingʻʻ), mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.[1] Social Media Marketing bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlash ham hisoblanadi. SMM hozirda nafaqat katta kompaniyalar, oʻz bozorlari faollari, balkim, oʻrta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, oʻz mijozlari bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |