5 laboratoriya ishi Uitston ko’prigi yordamida noma’lum qarshiliklarni o’lchash va ularning har xil ulangandagi natijaviy qarshiliklarini aniqlash Kerakli asbob va jihozlar



Download 0,56 Mb.
bet1/4
Sana15.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#802633
  1   2   3   4
Bog'liq
5 laboratoriyauitston koprigi yordamida nomalum qarshiliklarni olchash


5 - laboratoriya ishi
Uitston ko’prigi yordamida noma’lum qarshiliklarni o’lchash va ularning har xil ulangandagi natijaviy
qarshiliklarini aniqlash


Kerakli asbob va jihozlar: o’zgarmas tok manbai, past kuchlanishli to’g’irlagich, galvanometr (ichki qarshiligi 2,3 Ω, sezgirligi 1,6∙10-3 V/b), qarshiliklar magazini (10-100 Ω oraliqda), reoxord, kalit, ulash simlari.
Ishning maqsadi: o’zgarmas tok (Uitston) ko’prigining ishlash tamoyili bilan tanishish, Kirxgof qonunlarining amaldagi tadbiqini o’rganish va sinab ko’rish, Uitston ko’prigi yordamida qarshiliklar va ularning ketma-ket, parallel, aralash ulangan paytdagi natijaviy qarshiliklarini o’lchash usulini o’rganish.
Qisqacha nazariya: biror o’tkazgichning qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida osongina o’lchash mumkin. Agar ampermetr ko’rsatayotgan tok kuchi I amper hisobida, voltmetr bilan o’lchanayotgan o’tkazgich uchlaridagi kuchlanish U volt hisobida bo’lsa, unda o’tkazgichning qarshiligi Ω hisobida bo’lib, R=U/I ga teng.
Bu metodning aniqligi ampermetr va voltmetrning aniqligi bilan belgilanadi va odatda uncha katta bo’lmaydi. Shuning uchun qarshiliklarni aniqroq o’lchash uchun qarshiliklarni taqqoslash metodi ishlatiladi. Bunda tok kuchi va kuchlanishni o’lchash talab qilinmaydi. Bu metod 24-rasmdagi sxemada tasvirlangan o’zgarmas tok (Uitston) ko’prigi yordamida amalga oshiriladi. Ko’prik sezgir galvanometr va to’rtta qarshilikdan iborat bo’lib, qarshiliklardan biri noma’lum. Ko’prik elkalari qarshiliklari shunday tanlanishi lozimki, bunda galvanometr toki nolga teng bo’lsin. Ko’prikning uchta elkasi qarshiliklarini bilgan holda to’rtinchi noma’lum qarshilikni aniqlash mumkin.
Uitston ko’prigining muvozanat sharti: O’tkazgichlarning noma’lum qarshiliklarini Uitston ko’prigi yordamida aniqlash mumkin. Uitston ko’prigi AC reoxorddan, G sezgir galvanometrdan, qarshiliklar magazini va bir nechta noma’lum qarshilikli rezistorlardan (rezistor o’rniga ixtiyoriy qarshilikli o’tkazgich ulash mumkin), hamda tok manbaidan tashkil topgan qurilmadan iborat (24-rasm). Reoxord – uzunligi taxminan 1m, ρ - solishtirma qarshiligi katta bo’lgan bir jinsli va ko’ndalang kesim yuzi butun uzunlik bo’yicha bir xil o’tkazgich (sim)ni masshtabli chizg’ichga mahkamlash yo’li bilan yasaladi (reoxord uchun ko’pincha nixrom, nikelin yoki konstantan kabi solishtirma qarshiligi katta bo’lgan o’tkazgichlar tanlanadi). Reoxord bo’ylab D surilgichni siljitish bilan reoxordning qarshiligini o’zgartirish mumkin.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish