4.1 – jadval.
Korxonada rejalashtirishni tashkil qilishning namunasi.
Muddat
Tadbirlar
Ma’sullar
Mart
–
Iyun
bozorni
va
raqobatchilarni
o’rganish, mavjud bozor holatini
baholash
bozor, assortiment va moliyaviy
strategiyani aniqlashtirish
maqsadlarni, ko’rsatkichlarni va
yo’nalishlarni tasdiqlash
marketing bo’limi
rejalashtirish
bo’limi va yuqori
rahbariyat
yuqori rahbariyat
Iyul
rejalashtirish
bo’yicha
konferensiyani tashkil etish va
o’tkazish
strategiya va rejalarni havola
etish
quyi
bo’inlar
uchun
topshiriqlarni aniqlashtirish va
muxokama qilish
rejalashtirish
bo’limi
yuqori rahbariyat
ishtirokchilar
Avgust
sexlar uchun ko’rsatkichlarni
shakllantirish
iqtisodchilar va sex
boshliqlari
Sentyabr
uchastkalarga
ko’rsatkichlarni
etkazish
korxona
bo’yicha
barcha
ko’rsatkichlarni umumlashtirish
sex boshliqlari
rejalashtirish
va
moliya bo’limi
Oktyabr
sexlar bilan rejani kelishish,
zaruriy o’zgartirishlarni kiritish
va tasdiqlash
korxona rahbari
Noyabr
rejaning
yakuniy
variantini
tasdiqlash
direktorlar soveti
Dekabr
individual
rejalarni
ishlab
chiqish
kadrlarni o’qitish
korxonaning rejani bajarishga
tayyorligini aniqlash
har bir xodim
kadrlar bo’limi
rejalashtirish
bo’limi
va yuqori rahbariyat
Shunday qilib, oqilona tashkil etilgan rejalashtirish jarayoni iqtisodiy
resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish hamda yuqori
iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Qisqacha xulosalar
Korxonaning rivojlantirish rejalari norma va normativlar asosida amalga
oshiriladi. Qo’llaniladigan texnik-iqtisodiy norma va normativlar progressiv bo’lishi,
ya’ni ular zamonaviy ilm–fan yutuqlaridan foydalanishni, texnika va texnologiya,
ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish darajalarini rivojlantirishni ko’zda
tutmog’i lozim.
Norma ishlab chiqarishning mukammal usuli-analitik hisob-kitob usuli
hisoblanadi. Unda norma va normativlar ishlab chiqarish holatini, undagi mumkin
bo’lishi kutilayotgan o’zgarishlarni, turli omillarning ta’sirini o’rganish orqali har
tomonlama tahlil qilish yo’li bilan asoslanadi.
Jonli mehnat sarfi normalari asosan mehnat unumdorligi darajasini, ish
vaqtidan foydalanishni, ish haqi o’lchovini belgilashda xizmat qiladi. Material sarfi
normalari material resurslari sarflarini aniqlashga, mehnat qurollaridan foydalanish
normativlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini hisoblashga imkon
beradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Normalashtirish mohiyati va ahamiyatini ifodalang.
2. Norma tushunchasi va uning turlari?
3. Normativ tushunchasi va uning turlari?
4. Rejalashtirish texnologiyasi qanday bosqichlardan iborat bo’ladi?
5. Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatgichlar turlarini yoriting.
6. Ko’rsatkichlarga qo’yiladigan talablarni yoriting.
7. Reja tuzish texnologiyasi tartibini yoriting.
Test savollari:
1. Analitik - hisoblash uslubi mohiyati – ?
A.
Norma va normativlarni kuzatish asosida belgilash;
B.
Vazifalarni tarkibiy qismga va operatsiyalarga taqsimlash;
C.
Normativlarni ishlab chikish;
D.
Normativlar asosida normani belgilash.
2. Bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda mexnat me’yorlarining
quyidagi turlari qo‘llaniladi – ?
A.
Vaqt me’yori va ishchilar soni;
B.
Mahsulot ishlab chiqarish me’yori va ishchilar soni;
C.
Xizmat ko‘rsatish me’yor, ishchilar soni;
D.
Ishchilar soni, jixozlar soni.
3. Turli xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda mehnat me’yorlarining
quyidagi turlari qo‘llaniladi – ?
A.
Vaqt me’yori va ishchilar soni;
B.
Mahsulot ishlab chiqarish me’yori va ishchilar soni;
C.
Xizmat ko‘rsatish me’yor, ishchilar soni;
D.
Ishchilar soni, jixozlar soni.
4. Ko‘rsatkich – ...
A.
Jarayonning yoki xodisaning ijtimoiy iqtisodiy holatini, mohiyatini hamda
mazmunini tavsiflaydi;
B.
Jarayonning faqat mikdoriy hajmini ifodalaydi;
C.
Jarayon yoki xodisaning moddiy buyuklashgan holatini tavsiflaydi;
D.
Jarayon yoki xodisaning ham miqdor va sifat tomonlarini tavsiflaydi.
5. Ishlab chiqarish faoliyatini ifodalaydi – ?
A.
Umumiy ko‘rsatkich;
B.
Hususiy ko‘rsatkich;
C.
Miqdor ko‘rsatkich;
D.
Natural ko‘rsatkich.
6. Norma yoki me’yor bu – ?
A.
Mahsulot birligini tayyorlash uchun xom ashyo va materiallar sarfi bo‘yicha
ruxsat etilgan kattalik;
B.
Vaqt birligi davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi;
C.
Mahsulot birligini tayyorlash uchun ruxsat etilgan vaqt sarfi;
D.
Bir xodimga biriktirilgan ish hajmi, jixozlar mikdori, ish joyi yoki ish maydoni.
7. Normativ bu – ?
A.
Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasini ifodalaydi;
B.
Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish darajasini ifodalaydi;
C.
Ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi;
D.
Moddiy resurslardan foydalanish darajasini ifodalaydi.
8. Korxona rejasining moddiy buyumlashgan mazmunini ifoda etadi bu– ?
A.
Sifat ko’rsatkichlari;
B.
Miqdor ko’rsatkichlari;
C.
Natural ko’rsatkichlar;
D.
Shartli-natural ko’rsatkichlari.
9. Operatsiyalar, funksiyalar va mahsulotlarga sarflanadigan resurslarning zaruriy
miqdorini hisoblash bu–?
A.
Rejalashtirish;
B.
Me’yorlashtirish;
C.
Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash;
D.
Optimallashtirish.
10. O’tgan davr ma’lumotlari asosida me’yor belgilash bu –?
A.
Analitik tadqiqot uslubi;
B.
Analitik hisoblash uslubi;
C.
Taqqoslash uslubi;
D.
Statisik uslub.
Do'stlaringiz bilan baham: |