yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi;
iqtisodiylik – qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim.
Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
miqdor va sifat;
natural va qiymat.
Miqdor ko’rsatkichlar yalpi, tovar mahsulot, foyda,
ishchilar soni va boshqa
ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi (so’m, tonna, metr, soat va h.k.).
Sifat ko’rsatkichlar – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari
orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni
pasaytirish, samaradorlikni oshirish.
Ta’kidlash lozimki, miqdor ko’rsatkichlar ma’lum bir sifatga,
sifat
ko’rsatkichlar esa ma’lum miqdorga ega bo’ladi.
Natural ko’rsatkichlar korxona rejasining moddiy-buyumlashgan mazmunini
xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos
birliklarda o’lchanadi (metr, kilogramm va h.k.).
Turlicha sifatga ega bo’lgan bir turdagi tovarlarni o’z aro solishtirish uchun
shartli-natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bunda shartli birlik sifatida ushbu
tovarning bir sorti (turi) qabul qilinadi, qolganlari esa unga o’tkazish koeffitsientlari
orqali tenglashtiriladi. Masalan, barcha traktorlar markalari 15-kuch
darajasi bilan,
sovunlar 40% yog’lilik darajasi bilan, yoqilg’i esa 7000 kk bilan o’lchanadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha tovar xizmat yoki ishlarni pul ifodasida o’lchash
imkoniyatini beradi.
Rejalarni ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi:
Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo’linmalari yoki uning alohida
faoliyat yo’nalishlari, umumiy maqsadlarni,
salohiyatni, dastur va harakatlarni
aniqlash.
Reja tuzuvchilarni - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional
xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish
vositalari kalkulyatorlar, kom’yuter
texnikasi va uning dasturli ta’minoti.
Rejalarni tuzish tartibi:
Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki
xususiy rejalarni ketma-ketlikda o’z aro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga
birlashtirish.
Rejalashtirish uslublari – odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy
kom’yuterli maxsus dasturlar;
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o’lchami
va turiga boliq
bo’ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo’llaniladi:
yuqoridan pastga;
pastdan yuqoriga;
aylanma usulda.
Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi.
Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab
chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va
bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi.
So’ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko’rsatkichlar quyi bo’inlarga
harakatlanish
davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda bo’linma
rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot
turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o’z aro muvofiqlashtiriladi.
Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati
tomonidan tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo’yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo’yicha tashkil
etishda rejalashtirish ish o’rinlari va bo’linmalaridan
boshlanib, so’ngra
umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni
birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar
bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bo’inlarda ularni aniqlashtiriladi. So’ngra
rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy
rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq echimlar qo’shib
boriladi.