5-BIOLOGIYA (01)(2020)
1. Abu Rayhon Beruniy «Saydana» asarida nimalar haqida ma’lumot bergan
A. o‘simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida
B. ichki kasalliklar, jarrohlik, dori shunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli ma’lumot
C. o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlari haqida
D. o‘simlik va hayvonlar sistematikasi haqida
2. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida nimalar haqida ma’lumot bergan
A. o‘simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida
B. ichki kasalliklar, jarrohlik, dori shunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli ma’lumot
C. o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlari haqida
D. o‘simlik va hayvonlar sistematikasi haqida
3. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida nimalar haqida ma’lumot bergan
A. o‘simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida
B. ichki kasalliklar, jarrohlik, dori shunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli ma’lumot
C. o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlari haqida
D. o‘simlik va hayvonlar sistematikasi haqida
4. «turli kasalliklar ovqatlanish tartibining buzilishidan kelib chiqadi» degan fikrni bildirgan olimni toping
A. Abu Nasr Forobiy B. Abu Rayhon Beruniy
C. Abu Ali ibn Sino D. Zahiriddin Muhammad Bobur
5. Hozirgi kunda shamollash va asab sistemasi kasalliklarini davolashda mutaxassislar tomonidan qaysi hayvonlar zaharidan foydalaniladi.
A. asalari, qoraqurt, ilon B. asalari, chayon, biy
C. qoraqurt, ilon, zaxkash D. podolariya, ilon, chayon
6. Osh tuziga yod qo‘shish orqali buqoq kasalligini oldini olish usulini ishlab chiqqan va qalqonsimon bez faoliyatini o’rgangan olimni aniqlang.
A. Y. X. To‘raqulov B. J. H. Hamidov
C. J. A. Musayev D. M. N. Valixonov
7. Sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimni aniqlang
A. J. H. Hamidov B. M. E. Mavloniy
C. J. A. Musayev D. M. N. Valixonov
8. Dunyoda birinchi bo‘lib g‘o‘za kolleksiyasini yaratgan olimni aniqlang
A. J. H. Hamidov B. M. E. Mavloniy
C. J. A. Musayev D. M. . Valixonov
9. G‘o‘za fiziologiyasini o’rgangan olimni aniqlang
A. M. N. Valixonov B. J. H. Hamidov
C. M. E. Mavloniy D. J. A. Musayev
10. O‘rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratgan olimni aniqlang
A. M. N. Valixonov B. J. H. Hamidov
C. M. E. Mavloniy D. J. A. Musayev
11. Zoologiya sohasida hayvon parazitlarini o’rgangan olimni aniqlang
A. J. A. Azimov B. J. H. Hamidov
C. T. U. Rahimov D. J. A. Musayev
12. O‘zbekistondagi cho‘l va adir o‘simliklarining ekologiyasini aniqlagan olimni aniqlang
A. J. A. Azimov B. J. H. Hamidov
C. O‘. P. Pratov D. T. U. Rahimova
13. Turon Fanlar akademiyasi akademigi, botanika fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan olimni aniqlang
A. J. A. Azimov B. J. H. Hamidov
C. O‘. P. Pratov D. T. U. Rahimova
14. Quyidagi asboblarni vazifalari bilan juftlab yozing
1. Probirka 2. Pipetka 3. Pinset 4. Petri idishchalari 5. Buyum oynasi va qoplag‘ich oyna 6. Skalpel
a - O‘rganilayotgan obyektni qisib olishda, ko‘chirishda ishlatiladi.
b - suyuqlikni tomizishga yordam beradi.
c - moddalarning xususiyatini o‘rganish uchun ishlatiladigan shisha idish.
d - ikki qismdan iborat shisha idish. Tashqi kattaroq va ichki kichikroq idishlardan iborat. Ko‘pincha bakteriya va zamburug‘larni o‘stirishda qo‘llaniladi.
e - Laboratoriyada tirik obyektlarni kesishda foydalaniladi
f - tirik obyektni mikroskopda ko‘rish uchun ishlatiladi.
A. 1-a, 2-c, 3-b, 4-d, 5-f, 6-e
B. 1-c, 2-b, 3-a, 4-d, 5-f, 6-e
C. 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f
D. 1-a, 2-d, 3-b, 4-f, 5-e, 6-f
15. Metabolizm nima?
A. avtotrof oziqlanish B. geterotrof oziqlanish
C. moddalar almashinuvi D. oqsil biosintezi
16. Moddalar almashinuvi turlarini toping
A. assimilyatsiya – metabolizm
B. dissimilyatsiya – fotoperiodizm
C. assimilyatsiya – dissimilyatsiya
D. biotsenoz – dissimilyatsiya
17. Oziqlanish turlarini toping
A. avtotrof – geterotrof
B. assimilyatsiya – dissimilyatsiya
C. dissimilyatsiya – fotoperiodizm
D. biotsenoz – dissimilyatsiya
18. Uyatchan mimozaning ta’sirlanishini tushuntiring
A. gullarini to’kib yuboradi B. barglari yumiladi
C. barglarini to’kib yuboradi D. shoxlarini to’kib yuboradi
19. Ko‘payish turlarini ayting
A. jinssiz va jinsiy B. spora va zoospore
C. jinsiy, jinssiz, zoospore D. jinsiy, jinssiz, spora
20. Qaysi usulda tabiiy holatga ta’sir etmagan holda ma’lumot to‘playdi.
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
21. Qaysi usulda to‘plangan ma’lumot asosida ikkita organizm o‘zaro solishtiriladi. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlar aniqlanadi.
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
22. Qaysi usulda qadimda mavjud bo‘lgan organizmlar hozirda yashayotganlari bilan solishtiriladi. Ulardagi farqni bilish orqali tirik organizmlarda qaysi darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi aniqlanadi.
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
23. Qaysi usulda organizmlar uchun qulay bo‘lgan muhit yaratib beriladi, shu muhitda ularning o‘sishi va rivojlanishi, organizmning tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishi o‘rganiladi.
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
24. Oq va qo‘ng‘ir ayiqning o‘xshashlik va farqlarini qaysi usulda aniqlash mumkin
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
25. Qaysi usuldan foydalanib otlarning kelib chiqishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
26. Oq gullarga bo‘yoqning ta’sirini qaysi usul yordamida tekshirish mumkin
A. Taqqoslash usuli B. Tarixiy usul
C. Kuzatish usuli D. Tajriba usuli
27. Yorug‘lik mikroskopining tuzilishi birin ketinlikda belgilang
1-buyum stolchasi; 2 -ko‘zgu; 3-makrovint; 4-mikrovint; 5-okulyar; 6-obyektiv; 7-qisqich; 8-tubus; 9-shtativ;
A. 1,2,3,4,5,6,7,8,9, B. 3,2,1,5,6,4,8,9,7
C. 5,3,4,9,1,2,7,6,8 D. 7,8,9,4,5,6,1,2,3
28. Mikraskop stol chetidan qancha ichkarida turishi kerak
A. 3-4 sm B. 5-6 sm
C. 2-3 sm D. 7-8 sm
29. Obyektiv preparatdan qancha balandlikda bo‘lishi kerak
A. 2-3 mm B. 1-2 sm
C. 4–5 mm D. 3-4 mm
30. O’simliklar qaysi vaqtda a) nafas oladi b) fotosintez
A. a) kunduzi b) kunduzi B. a) har doim b) kunduzi
C. a) kechasi b) har doim D. a) har doim b) har doim