Jismning vazni deb Yerga tortilishi natijasida vujudga keladigan va uni erkin tushishdan saklab turgan tayanchga yoki ilgakka ko’rsatadigan bosim kuchiga aytiladi. Jismlarning erkin tushishi — Yerning tortish kuchi maydonida jismlarning nolga teng boshlangʻich tezlikda harakatlanishi. J. e. t. tezligi v Yer markazigacha boʻlgan masofaga va muhit (havo, suv)ning qarshilik kuchiga bogʻliq. Ogʻirlik — Yer tortish kuchi maydonida tinch turgan jismning uning erkin tushishiga toʻsqinlik qiladigan gorizontal tayanch (yoki osma) ga taʼsir kuchi. Nyutonning ikkinchi qonuniga koʻra (qarang Nyutonning mexanika qonunlari), jismning vazni P=m(g — a) =F(h — a/g),
7 Impuls. Izolyatsiya qilingan tizimda impulsning saqlanish qonuni.
Impuls (lot. impulsus — zarba, turt-ki) — 1) mexanikada — mexanik harakat oʻlchovi; moddiy nuqta deb hisoblanishi mumkin boʻlgan jism massasi t ni uning harakat tezligi v ga koʻpaytmasiga teng boʻlgan kattalik : R= mv. Impulsning saqlanish qonuni 10tabiatning asosiy qonunlaridan biridir. Harakatdagi jism massasining uning tеzligiga ko’paytmasi (р=m)ni yuqorida biz jism impulsi dеb atagan edik. Nyutonning birinchi qonuniga asosan, to’g’ri chiziqli tеkis harakatdagi jismga boshqa jismlar (tashqi kuch) ta'sir etmasa, u o’zining to’g’ri chiziqli harakatini davom ettiradi, ya'ni uning tеzligining son qiymati va yo’nalishi o’zgarmaydi. Binobarin, jismga tashqi kuch ta'sir qilmasa, uning impulsi o’zgarmaydi (saqlanadi). Bu xulosa bitta jism uchun impulsning saqlanish qonunini ifodalaydi.
8 Mexanik ish va energiya
Mexanik ish. Kuch yo’nalishi ko’chish yo’nalishi bilan mos tushgan holda kuch modulini ko’chish moduliga ko’paytmasiga teng bo’lgan A skalyar kattalik kuchning ishi deb ataladi. Energiya (yun.— harakat, faoliyat) — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi
11 Tebranma harakat. Mayatnik.
Vaqt o‘tishi bilan takrorlanuvchi harakat yoki fizik jarayonlar tebranishlar deb ataladi.
Tabiatda va texnikada tebranma harakatlar keng tarqalgandir. Misol uchun soat mayatnigining
tebranishi, o‘zgaruvchan elektr toki va boshqalar. Shuning uchun tebranma harakatlarning fizik
tabiatiga qarab ularni mexanik, elektromagnit va boshqa tebranishlarga ajratish mumkin. Ammo
tebranma harakat yoki jarayonlar turli bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi umumiy qonuniyatlar
asosida yuzaga keladi. Mayatnik — tashqaridan taʼsir ettirilgan kuchlar, xususan, tortishish kuchi taʼsirida qoʻzgʻalmas nuqta yoki oʻq atrofida tebranma harakat qiladigan qattiq jism. 1) Matematik M. — biror qoʻzgʻalmas nuqtaga vaznsiz va choʻzilmaydigan ipga osib qoʻyilgan moddiy nuqta M. ogʻirlik kuchi taʼsirida vertikal (tik) tekislikda tebranadi. M. turli asboblarda, soatlarda, i. t. ishlarida qoʻllaniladi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |