Taqsimlangan tizimlarda middleware 4 ta asosiy funksiyani bajaradi:
-
Taqsimlangan tizimlar komponentlarning shaffofligini ta’minlash;
-
Turli apparat va dasturiy ta’minotlarning birga ishlashini ta’minlash;
-
Taqsimlangan tizimlar uchun umumfoydalanish servislarni ta’minlash;
-
Taqsimlangan dasturlash uchun yuqori darajadagi interfeyslar
yoki foydalanuvchi
dasturlash interfeyslarini(API) ta’minlash.
Ta’kidlash joizki,taqsimlangan tizimlarda oraliq muxitlarning asosiy vazifasi
- taqsimlangan tizimlarni dasturlashni osonlashtirish hisoblanadi. U taqsimlangan
tizimlarda ilovalar kodlarining qayta qo‘llash,
rivojlantirish, plotformalararo
ilovalar yaratish, turli ilovalar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash kabi vazifalarni
bajaradi.
Bugungi kunda keng tarqalgan middleware paketlariga
quyidagilarni misol
qilib keltirishimiz mumkin:
-
Sun JVM;
-
CORBA;
-
Microsoft .NET;
-
Sun J2EE / EJB.
Taqsimlangan tizimlardagi ixtiyoriy bir kompyuter uchun uzoq masofada
joylashgan barcha klient kompyuterlarga hisoblash yoki xizmat ko‘rsatish
tizimi
hisoblanadi. Bunda oraliq muhitning asosiy vazifasi ochiq,
kengayuvchan va
barqator taqsimlangan tizimlarni yaratishda ishlab chiqaruvchilarga yordam
berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
•
Bir dasturiy komponent xizmatlarini operatsion
tizim mexanizmiga
bog‘lamagan holda boshqa komponentlarga ham foydalanish imkoniyatini yaratish;
•
Taqsimlangan tizimlarda xavfsizlikni ta’minlash: barcha foydalanuvchilarga
taqdim etilayotgan xizmatlarni va komponentlar orasidagi uzatiladigan axborotlarni
buzilishidan hamda uchinchi tomonni xabar topishidan himoya qilish uchun
autentifikatsiya va avtorizatsiyalaydi;
•
Ma’lumotlarni yaxlitligini ta’minlash: Uzoq
masofada joylashgan tizim
komponentlari orasida taqsimlangan tranzaksiyalarni boshqarish;
•
Dasturiy komponentlardagi va serverdagi yuklanishlarni nazorat qilish;
•
Uzoq masofada joylashgan komponentlarni topish va boshqalar.
Bitta taqsimlangan tizimlar chegarasida bir necha ko‘rinishdagi oraliq
muhitdan foydalanish mumkin.
Umumiy holatda taqsimlangan tizimlar apparat-dasturiy ishlanmalar bo‘lib,
o‘zaro mustaqil bo‘lgan masofadagi turli
fizik tugunlarda joylashgan,
foydalanuvchilarga yagona birlashgan tizimi ko‘rinishida xizmat ko‘rsatishni
ta’minlovchi komponentlardan tashkil topadi. Geterogen tugunlararo o‘zaro aloqada
talab qilinadigan shaffoflik, masshtabi jihatidan kengayuvchanlik, va ochiqlilikni
ta’minlash uchun OSI modelining transport va amaliy pog‘onalari
orasida
joylashgan maxsus oraliq pog‘ona qo‘llaniladi.
9.2-rasm.
OSI modelining transport va amaliy pog‘onalari orasida joylashgan
maxsus oraliq pog‘onaning tavsirlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: