Nazorat savollari
1.
QoS (Quality of service) degandanimanitushunasiz?
2.
SLA (Service level aggrements) va QoS ning o‘zarobogliqligi?
3.
SLAda qanday mezonlar keltiriladi?
6-amaliy mashg‘ulot.
ITU-T, IETF (Internet), IEEE tashkilotlari tomonidan
tavsiya etilgan administrativ boshqaruv tamoyillari.
Ishdan maqsad:
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tamoyillari
(boshqaruv vazifalari va masalalari) doirasida zamonaviy tarmoq va xizmatlarni
boshqarishda qo‘llaniladigan vositalar va yechimlarni o‘rganish.
Ishni bajarish uchun namuna
Tarmoqni boshqarish - tarmoq resurslari, xodimlar, asbob-uskunalar,
muassasalar, kompyuter texnologiyalari, sarmoya, ko‘proq iqtisodiy samarali
foydalanish tarmog‘ini rejalashtirish, qurish va ishga taalluqli barcha faoliyatni zarur
xizmatga bo‘lgan sifatni o‘z ichiga oladi. Bunday samarali foydalanish uchun
zamonaviy tarmoqlarni administratorlari turli vosita va dasturlardan foydalanadilar.
Ishga topshiriq
: Quyida keltirilgan dasturiy ta’minot voistalari yerdamida
(ro‘yxat bo‘yicha vosita tanlanadi) tarmoqda uskunalar, xizmatlar, portlar yeki
protokollarni monitoring qilish va trafikni taxlil qilish imkoniyatlarini o‘rganib
chiqing. Ixtiyoriy tarmoq (tarmoq segmenti) uchun vosita ishlashini ko‘rsatib,
xisobotda keltiring (ikkita turdosh vosita tanlanganda, ularning ishlashini qiyosiy
taxlilini keltirish lozim).
1.
Microsoft Network Monitor
Microsoft Network Monitor - tarmoq trafigini taxlil qiluvchi vosita bo‘lib,
tarmoqdagi muammoli nuqtalarni aniqlashda, tarmoq ishi va xizmatlarni amalga
oshirishda qo‘l keladi. 300dan ortiq tarmoq protokollarni (ommaviy
2.
Nagios
Nagios tarmoq monitoringi vositasi. Tizimlar va xizmatlar ishiga oid xodisalarni
aniqlay oladi. Tashkil etilishi Nagios Core maxsus vositasi va foydalanuvchi
interfeysi orqali amalga oshiriladi. Kichik muxitlarda Nagios XI versiyasi ishlatiladi.
3.
BandwidthD
BandwidthD yordamida TCP/IP tarmog‘ining ishlashi va xolati monitoring qilinadi.
Graflar va jadvallar asosida ma’lumotlarni yig‘ib, taqdim etishi mumkin. Vaqt
oralig‘iga bog‘liq imkoniyatlarni sozlash mumkin.
4.
EasyNetMonitor
EasyNetMonitor – bu dasturiy vosita lokal va uzoqlashgan tugunlarni monitoringini
amalga oshiradi va kerakli oynalarni ishlatgan xolda, server va ishchi stansiyalar
xolati bo‘yicha maxsus ma’lumot beradi.
5.
Capsa Free
Capsa Free – bu tarmoq analizatori xisoblanadi. Paketlarni taxlil qilish imkoniyati
bilan bir qatorda, tarmoq trafigini monitoring qiladi, va nosozliklar mavjudligi xolati
bo‘yicha xabar beradi. Dasturning ishchi oynasi misolda keltirilgan.
6.
Fiddler
Bu dastur “web debugging” imkonini beradi, tanlangan kompyuterlar orasida HTTP
trafigini taxlil qiladi. Bunda kirish, chiqishdagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilishi
mumkin va so‘rovlarga javoblar natijalari keltirilishi nazarda tutilgan. Bu dasturni
o‘rganishda quyidagi modelga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
7.
NetworkMiner
NetworkMiner tarmoq paketlarini aniqlab, ma’lumotlarni fayllar va tasvirlar orqali
muxim xodisalarni tiklash imkonini beradi. Bu vosita Network Forensic Analysis
Tool (NFAT) turkumiga kiradi va zamonaviy tarmoqlarda keng qo‘llaniladigan
dastur xisoblanadi.
8.
ntopng
ntopng (‘ng’ degani ‘next generation’, keyingi avlod) vositasi keng ommalashgan
ntop tarmoq trafigi analizatorining takommilashtirilgan turi xisoblanadi. Tarmoq
trafigini yig‘ib, unga nisbatan kerakli taxliliy axborotni namoen etib bkradi.
9.
Total Network Monitor
Total Network Monitor – tugun (xost)lar va xizmatlarni doimiy tarzda monitoring
qiladi va administrator e’tiboriga loyiq xolatlarni taqdim etadi. Xar bir shunday xolat
turli ranglarda tasvirlanadi va shu orqali muvaffaqiyatli yoki nosoz xolatlarni
belgilab beradi.
10.
WireShark
Bu vosita juda ommalashgan, interaktiv tarmoq protokoli analizatori bo‘lib, uni
ishlashini deyarli to‘liq taxlil qilib, protokollar va platfomalar ishini tekshirishga
imkon beradi. Bu vositani ishlatganda, qulay va keng qamrovli interfeys oynasi
orqali kerakli taxlil imkoniyatlarini tanlab olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |