Masofani bevosita o‘lchash asboblari
Ma’lumki, masofani bevosita o‘lchash asboblariga po‘lat lenta, ruletka, invar simlar va boshqalar kiradi. Topogeodezik ishlarda masofani bevosita o‘lchashda ko‘proq po‘lat lenta va ruletkalardan foydalaniladi.Po‘lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 54 m, qalinligi 0,3-0,5 mm va eni 15 20 mm bo'lgan po‘lat tasmadan iborat. Po‘lat lentalar shtrixli a) yoki shkalali bo‘ladi. Shtrixli lentaning boshlang‘ich (0) shtrixiga ilgak shaklida kesik qilingan, masofa o‘lchanayotganda shpilka (temir qoziqcha) shu kesikka kiritiladi. Har bir po‘lat lentaning 6 yoki 11 ta shpilkasi bo‘ladi . Lentaning har bir metri
tunukachalar bilan, yarim metrli bo‘laklari chegalar bilan, desimetrlari esa teshikchalar bilan belgilangan. Lentaning ikki uchida dastasi bor. Lentannng ikkala tomoni chiziqchalar bilan 20 teng qismga bo‘linib, 0 dan 20 gacha raqamlar bilan ko‘rsatilgan.
Uning bir tomonidagi raqamlar to‘g‘ri io‘nalishda, ikkinchi tomonidagi raqamlar esa unga qarama-qarshi yo‘nalishda yozilgan. Shkalali lentaning ikkala uchida mdllimetrlarga
bo‘lingan shkalasi bor. Shkalali lenta masofani aniqroq o‘lchashda ishlatiladi.
Po‘lat lentani olib yurish oson bo‘lishi uchun u temir xalqa
ustiga o‘ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi .1951 yilda Д, A. Lukerin xloreip izolyatsiyalangan, yetti qavatli telefon simidan tayyorlangan masofa o‘lchash asbobini taklif etdi. Uning uzunligi 24, 50 va 100 m. Bu asbobdan po‘lat lenta o‘mida foydalaniladi.
Ruletka uzunligi 5, 10, 20, 50 va 100 m keladigan tasma yoki po‘lat lentadan iborat bo‘lib, dasta yordamida dumaloq shakldagi quti ichiga o‘raladi. Ruletkaning lentasi chiziqlar bilan metr, santimetr va millimetrlarga bo‘lingan. Tasmali ruletka har gal ishlatilganidan so‘ng quritilishi kerak, aks holda oMchashi
o‘zgarishi va tezda yirtilishi mumkin. Po‘lat lentali ruletka esa ishlatilgandan keyin zanglamasligi uchun artib, moylab qo‘yiladi.
5.1-rasm. Masofa o’lchash qurollari
Po ‘lat lenta: a — shtrixli; b - shkalali;
v - p o‘lat lenta shpilkalari; g - lenta о ‘rami.Masofalami juda aniq o'lchashda
invar lenta va po‘lat yoki invar sim ishlatiladi. Bu lenta va simning ikkala uchida millimetrlarga bo‘lingan shkalasi bor. Masofani o‘lchash paytida lenta yoki sim o‘lchanadigan masofada to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘matilgan shtativ yoki qoziqlar ustidan tortiladi va ikkala uchiga biriktirilgan qadoqtoshlar yoki dinamometr yordamida taranglatib qo‘yiladi . Shtativ yoki qoziqlar oralig‘i bii' necba marta o‘lchanib o‘rtacha uzunlik hisoblab chiqariladi. Bu asboblardan tashqari, masofani aniq o‘lchaydigan bazis asboblari deb
ataladigan BP-1, BP-2 va BP-3 asboblari ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |