Uch tarmoqli elektr uzatish tizimida nol simi mavjud emas va ulardagi elektr qurilmalarini himoyalash esa alohida yerga ulash orqali amalga oshiriladi. Elektr qurilmalarini o’rnatish va foydalanish davrida elektr toki ta’siridan himoyalanishning aniq usuli, qurilmalar joylashgan ishlab chiqarish xonalarining xususiyatiga qarab belgilanadi. “Elektr qurilmalarini o’rnatish qoidalari” (PUE) ga binoan elektr tokidan shikastlanish darajasiga ko’ra ishlab chiqarish xonalari uch guruhga bo’linadi: o’ta xavfli xonalar, xavfli xonalar va xavfsiz xonalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |