O’ta xavfli xonalarga namligi juda yuqori devor, shift, pollarida suv tomchilari bo’lgan, harorati 350 S va undan yuqori, havo tarkibida kimyoviy faol moddalar bor (bular elektr o’tkazgichlarning himoya qobiqlarini yemirish xususiyatiga ega) bo’lgan, shuningdek, xavfli xonalarga xos belgilarga ega bo’lgan sanoat korxonalarining xonalari kiradi. Sanoat korxonalarining sinash stantsiyalari, galvanik tsexlar va ochiq havoda yer qazish ishlarini bajariladigan joylar shular jumlasidandir.
Xavfli xonalarga nisbiy namligi uzoq vaqt 75% va undan yuqori bo’ladigan nam, havo harorati uzoq vaqt 350 S va undan ortiq bo’lgan xonalar, tok o’tkazish mumkin bo’lgan ko’mir va metallarning changlari bo’ladigan, poli tok o’tkazuvchi, metall, temir-beton, yer, g’isht va ishlayotgan ishchi bir vaqtning o’zida bir tomondan yerga ulangan metall konstruktsiyalari bo’lgan, ikkinchi tomondan elektr qurilmalarining metall korpuslariga tegib ketishi mumkin bo’lgan sanoat korxonalarining xonalari kiradi.
Xavfsiz xonalar deganda nisbiy namligi va havo harorati me’yorida bo’lgan va elektr toki o’tmaydigan poli yog’ochli xonalar tushiniladi. Bunga misol tariqasida ma’muriy binolar xonalari, laboratoriyalar, asboblar saqlanadigan omborxonalarni keltirish mumkin.
Qurilish maydonidagi sharoit xavfliligi jihatidan o’ta xavfli xonalarga yoki ayrim holatlarda xavfli xonalar jumlasiga kiritiladi (masalan, namlik darajasi katta bo’lgan sharoitda elektr uzatish tarmoqlariga yaqin joylarda yer qazish ishlari olib borilganda).
Elektr qurilmalaridan foydalanishda elektr xavfsizligining asosiy vositalariga quyidagilar kiradi: qurilmaning tok o’tkazuvchi qismlariga tegib ketishdan himoyalash; o’ta xavfli xonalar va xavfli xonalarda past kuchlanishli toklarni qo’llash; qurilmalarni o’rab turgan muhit sharoitiga mos keluvchi mashinalar, apparatlar, asboblar, o’tkazgichlar va kabellar bilan ta’minlash; yerga ulash va muhofazalovchi o’chirish qurilmalarini qo’llash.
SHnurlar, o’tkazgichlar, shinalar va kabellarning himoya qobiqlari insonlarni tok o’tkazuvchi simlarga tegib ketishi xavfsizligini ta’minlashning asosiy choralaridan biridir, chunki himoya qobig’i yordamida odamdan yerga o’tadigan tok keskin kamaytiriladi. Himoya qobig’ining qarshiligi o’tkazgich kuchlanshidan ming barobar katta bo’lishi talab qilinadi (masalan, 380 V kuchlanishli sim uchun himoya qobig’ining qarshiligi 380·1000 =380000 Om bo’lishi kerak).
Qurilmaning tok o’tkazuvchi qismlariga tegib ketishdan himoyalash maqsadida to’siq vositalarni, xabarlov vositalari va blokirovka qurilmalarini o’rnatish oqali amalga oshiriladi. To’siq vositalari bilan qurilmalarning himoya qobig’i bilan o’ralmagan qismlari (o’tkazgichlar, shinalar, uzgich kontatlari, saqlagichlar, mashinalar va apparatlarning qisqichlari) ta’minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |