___________________________________________________________________

X. Lirik chekinish. ( )
XI.MUSTAHKAMLASH:
Baholash:_______________________________________________________
XII. Darsning yakuni:
Uyga vazifa: -mashq
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. (Siyosiy daqiqa)
II.Darsning mavzusi: MORFOLOGIYA BO’YICHA TAKRORLASH
III.Takrorlash: O‘tilgan mavzuni takrorlash
IV.Darsning maqsadi:
So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari o’rganilgan 94-98-darslardagi mavzular 99-mustahkamlash darsida takrorlanganligi uchun bu uch darsda berilgan mashqlar mustaqil va yordamchi so’zlarni takrorlashga qaratilgan.
Agar o’qituvchiga ma'qul kelgan bo’Isa, biz 60-64-takrorlash darslari uchun tavsiya etgan usullardan foydalanish mumkin. Shuningdek, ona tili
darslarida muntazam qo’llash lozim bo’lgan tarqatma materiallarni unutmaslik kerak. Ularning rang-barang bo’lishi, o’qituvchi tarqatmalarga almashtirib berilishi takrorlash darslarini ham shakl, ham mazmun jihatidan boyitadi.
Tarqatma materiallar quyidagicha bo’lishi va qo’Ilanishi mumkin:
1. Turli jurnal va gazetalardan olingan ma'rifiy xarakterdagi rasmlar.
2. 2-3 ta test topshirig'i yozilgan kartochkalar.
3. Grammatik topshiriqlar berilgan kartochkalar.
4. Kichik hajmli estetik talabga javob beruvchi narsa-buyumlar.
O’qituvchi ijod qilib yana boshqalarini qo’shishi mumkin.
Dars avvalida yoki darslikdagi mashqlar orasida 4-5 o’quvchiga suratlarni, ayrimlariga test topshirig'ini, yetguncha yana boshqa tarqatmalar ulashiladi. O’quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
1. Qo’lingizdagi rasmga qarab kichik matn tuzing. Unda mustaqil va yordamchi so’zlarni qo’shma, juft hamda takroriy shaklda qo’llang.
2. Testlarda mavzuga oid topshiriqlar bo’ladi.
3. Uchinchi tur tarqatma materialda quyidagicha topshiriq bo’lishi mumkin: Gaplarni o’qing. Mustaqil va yordamchi so’zlarni ajrating. Ularga savol bering.
4. Sizga berilgan narsaga (barg, olma, gugurt, qalam...) qarab matn (gaplar) tuzing, ularda yordamchi so’zlar ishtirok etsin.
Tarqatma yetmagan o’quvchilar darslikdagi mashqlardan birini bajarib turadilar. Tarqatmalar, mashqlar o’quvchining iqtidoriga qarab beriladi. Bu o’rganuvchilar bilan individual ishlashning samarali usullaridan hisoblanadi. O’quvchi iqtidorini o’stirish, individual yondashib baholash orqali ruhlantirib, fanga qiziqishini oshirishda bu usul ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |