X. Lirik chekinish.(hikoya)
XI.MUSTAHKAMLASH: Savol-javob.
1.Gap deb nimaga aytiladi?
2.Gapning so’z va so’z birikmasidan farqi nimada?
3.Bitta so’zni gapga aylantiring.
Baholash:_______________________________________________________
XII. Darsning yakuni:
Uyga vazifa
Sinf:5 sana:_________________
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. (Siyosiy daqiqa)
II.Darsning mavzusi: DARAK GAP
III.Takrorlash.O’tilgan mavzuni so’rab, baholash
IV.Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - darak gap haqida to’liq tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad - ijobiy axloqiy fazilatlarni rivojlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilarning yozma va og'zaki
savodxonligini o’stirish.
V.Darsning jihozi: «Tarbiyali o’g'il» matniga chizilgan surat.
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi:
1. Darak gap va unda tinish belgisi.
2. Darak gapning boshqa gap turlaridan farqi.
Darak gap haqida oldingi darslarda ma'lumot berilgani uchun o’quvchilar bu mavzuni yangilik emas, balki takrorlash sifatida qabul qiladilar. O’qituvchi ham asosiy e'tiborni o’quvchilarning yozma va og'zaki nutqini o’stirishga, gap tuzish malakasini rivojlantirishga qaratishi kerak. Buning uchun, avvalo, 83-mashqda berilgan matn mazmuniga chizilgan «Tarbiyali o’g'il» surati asosida suhbat o‘tkazsa bo’ladi. Agar bu surat sizda yo’q bo‘lsa, uni chizdirish mumkin. Matn va surat bo’lganligi uchun rasm asosida hikoya tuzish, uni gapirib berish qiyinchilik tug'dirmaydi. Shu imkoniyatdan foydalanib, uncha faol bo’lmagan, nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchilarni darsga jalb qilish kerak. Bunday bolalar sekin fikrlashi, biroz jur'atsizroq bo’lishlari bilan ravon gapira olmasliklari mumkin. Shuning uchun o’qituvchi ularni sabr bilan tinglashi, sinfdoshlarini ham tinglashga undashi, vaqti-vaqti bilan rag'batlantirib turishi kerak.
85-mashqdagi boshqotirmani sinf taxtasiga chizib, birgalikda o’quvchilar bilan javobni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Harflarni yo’nalgan chiziq bilan birlashtirib, maqol o’qiladi: Kitob-bilim manbai.
O’quvchilar topshiriqni bajarishib bo’lgach, quyidagi uch qo’shimcha savol va topshiriq o’rtaga tashlanadi:
1. Alohida so’zlardan gap hosil qilish uchun nima qildingiz?
Javob: Qo’shimchalar qo’shib so’zlarni bog'ladik.
2. Qanday tinish belgisini qo’ydingiz? Nuqta.
3. Hosil bo’Igan maqolning ma'nosini sharhlab bering.
O’qituvchi yana boshqa savol va topshiriqlarni qo’shishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |