Stabistorlar yarim o’tkazgich diodi bo’lib, stabilitronlardan farqli ular to’g’ri kuchlanishda ishlaydi. Stabistorlar to’g’ri kuchlanishda ma’lum bir diopazonda to’g’ri tokka kuchsiz bog’liq bo’lib, ular kuchlanishni stabilizatsiya qilishda qo’llaniladi.
Stabistorlarda stabilizatsiya kuchlanish 0,7V atrofida. Stabistorlarning toki 1mA-10mA gacha. Bir nechta stabistorlarni ketma-ket ulash bilan stabilizatsiya kuchlanishi orttiriladi.
Stabistorlar kuchlanishining manfiy st temperatura koeffitsientiga ega bo’lib, stabilizatsiya kuchlanishi temperatura ortishi bilan kamayadi. SHuning uchun stabistorlardan stabilitronlarning temperaturasini muvozanatlovchi elementi sifatida foydalaniladi.
Stabistorlar asosan kremniy materialidan tayyorlanadi.
5.8-rasm. Kremniyli stabilitronning konstruktsiyasi (a) va VAT (b);1, – tashqi chiqiq, 2 – izolyator, 3 – korpus, 4 – ichki chiqiq,5 – kristall, 6 – kristall tutqich.
5.5. Varikaplar
Varikaplar–yarim o’tkazgichli diod bo’lib, sig’imi teskari yo’nalishidagi kuchlanishga bog’liq bo’ladi. Teskari kuchlanish ortishi bilan p-n o’tish sig’imining kamayishi quyidagicha:
(5.2)
Bu yerda k–kontakt potentsiallar ayirmasi; Cu-kuchlanish u qiymatga teng bo’lgandagi sig’im; S0–diodga kuchlanish berilmagan holdagi sig’imi; n-varikapning turiga bog’liq bo’lgan koeffitsent (n= 2,3,4…n).
Bundan teskari kuchlanishning ortishi bilan p-no’tishning kengligi ortadi va sig’im kichrayadi. Bu bog’lanish varikapning volt-farada tavsifi deyiladi.
Varikaplar ko’pincha galliy arsenid yarim o’tkazgichdan tayyorlanib, asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi kam bo’ladi. Teskari yo’nalishdagi differentsial qarshiligi katta bo’ladi.
5.9-rasmda varikapning konstruktsiyasi (a) va volt-farada tavsifi (VFT) keltirilgan (b).
Varikaplar zanjirdagi chastotani avtomatik sozlashda, chastota ko’paytirgichlarda, gibridli mikrosexemalarda va h.k. qo’laniladi. Ularning asosiy parametrlari quyidagilar:
Sig’imning nominal qiymati -Snom;
Sig’imning maksimal (Smax) va minimal (Smin) qiymati;
Sig’imning harorat koeffitsienti (SXK)
(5.3)
Assillik– Q
5. Berkitish koeffitsienti
5.9 - rasm. Varikap konstruktsiyasi:
Varikapning tuzilishi (a) va VFT (b); 1–chiqiqlar, 2–ichki chiqiqlar,
3–korpus, 4–ichki kontakt, 5–kristall, 6–supma oltin qotishmasi,
7–kristall tutqich.
TEST
1.Yoruglik diodlari qaysi xarf bilan markalanadi?
A) D B) V C) A D) U Ye) TS
2. Svetodiodning shartli belgisi qaysi qatorda to’gri ko’rsatilgan?
A )
B )
C)
D)
3.Diodlarning markalanishida uning birinchi elementi 1 yoki G bo’lsa uning asosi qanday bo’ladi?
A) Germaniy. B) Kremniy. S) Galiy. D) Arsenit.
Do'stlaringiz bilan baham: |